JCH-2018. Bugun birinchi finalchi nomi ma'lum bo'ladi
Narzulla Saydullayev
10 iyul 2018, 08:32
Bugun Rossiyada o'tayotgan mundialda birinchi yarim final bahsi o'tkaziladi.
Sankt-Peterburg shahridagi muhtasham stadionda Fransiya hamda Belgiya terma jamoalari final yo'llanmasi uchun maydonga tushishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.