So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

JCH-2010ning eng yaxshi o'yinchisi Diego Forlan Fergyusonni g'azablantirgani va MYUdan ketishiga sabab bo'lgan omil haqida gapirdi Yangiliklar

JCH-2010ning eng yaxshi o'yinchisi Diego Forlan Fergyusonni g'azablantirgani va MYUdan ketishiga sabab bo'lgan omil haqida gapirdi

"Manchester Yunayted" va Urugvay terma jamoasining sobiq hujumchisi, JCH-2010 ning eng yaxshi o'yinchisi Diego Forlan bir paytlar MYUdan ketishiga sabab bo'lgan so'nggi omil nima bo'lgani haqida gapirib o'tdi.

"Ser Aleks Fergyuson "Chelsi" bilan o'yinimizda maydon namligi sabab yomg'irga mo'ljallangan butsalarni kiyishni maslahat berdi. Lekin men boshqa butsa kiyishga qaror qildim va unga: "Mendan nima xohlasangiz, hammasini qilaman", - dedim.

O'yin davomida men bir nechta qulay vaziyatlarni qo'ldan chiqardim va butsalarim tufayli sirpanib ketdim. Shundan keyin oyoq kiyimlarimni tezda almashtirib olish uchun maydon chetiga bordim, lekin ser Aleks barcha butsalarni olib qo'ydi va menga maydonga qaytishimni aytdi. Bu mening "Manchester Yunayted" safidagi so'nggi o'yinim bo'ldi...

Fergyusonning "Yunayted"da uzoq vaqt muvaffaqiyat qozonishining sabablaridan biri uning mayda detallarga ham etibor qaratishi edi", - deya so'zlab berdi Forlan.


Eslatib o'tamiz, Diego Forlanning MYU safidagi so'nggi o'yini 2004 yilning 15 avgust sanasida "Chelsi"ga qarshi "Stemford Bridj" stadionida bo'lib o'tgan. O'shanda Joze Mourinyu boshchiligidagi "aristokratlar" Eydur Gudyonsenning yagona goli evaziga g'alaba qozonishgan. Forlan esa "qizil iblislar" safida 73-daqiqada Erik Jemba-Jembaning o'rniga maydonga tushgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика