So’nggi yangiliklar

13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  1 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  4 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   19 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  20 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3

Jasurbek Yaxshiboev: "BATE, "Dinamo-Brest" klublaridan taklif bo'ldi, lekin men "SHaxtyor"da o'ynashni xohladim" Yangiliklar

Jasurbek Yaxshiboev: "BATE, "Dinamo-Brest" klublaridan taklif bo'ldi, lekin men "SHaxtyor"da o'ynashni xohladim"

"Energetik-BGU"dan "SHaxtyor" (Soligorsk) klubiga o'tgan hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev yangi klubi rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

Ko'plab Belarus klublaridan taklif tushgani haqida xabarlar chiqqandi. Siz "SHaxtyor" (Soligorsk)ni tanladingiz. Bu qanday sodir bo'ldi?

BATE, "Dinamo-Brest" klublaridan taklif bo'ldi, lekin men "SHaxtyor"da o'ynashni xohladim.


Belarusda ekanligingizga yarim yil bo'ldi. Yangi jamoa("Energetik-BGU")ga kirishib ketish qiyin bo'lmaganmidi?

Ha, albatta, qiyin bo'lgan. Jamoa haqida hech narsani bilmaysan. Qanday bo'ladi, nima bo'ladi, degan o'ylar qiynaydi.


"SHaxtyor"ga o'tish siz uchun ijobiymi yoki salbiymi? Sizga katta shaharlar yoqadimi yoki kichik va sokin shaharmi? Masalan, Soligorsk kabi.

Hozirsha shahar bilan tanish emasman. Ko'ramiz, hayot ko'rsatadi.


Evropa Ligasida o'ynash imkoniyati borligi, jamoaga o'tishingizga qo'shimcha fakt sifatida xizmat qildimi?

Ha, albatta. Har bir futbolchi futbolchi CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasida o'ynashni istaydi. Bular yuqori darajadagi musobaqalar hisoblanadi.


Bu yilgi Evropa Ligasi o'yinlari bir bosqichli bitta o'yindan iborat bo'ladi. Bu yaxshimi, yomonmi?

Hammasini bitta o'yin hal qiladi. Bitta o'yinni yutsang, keyingi bosqichga yo'l olasan. Yutqazsang, barchasi tugadi, degani.


12-turda "Energetik-BGU" tarkibida "SHaxtyor"(Soligorsk)ga qarshi o'ynashga ulgurdingiz. Qanday vaziyatlarni eslay olasiz?

Qiyin o'yin bo'lgandi. "SHaxtyor" bizga ancha qiyinchilik tug'dirgandi. 1-bo'limda bizga umuman o'ynashga berishmagan, "SHaxtyor" bu o'yinda kuchli edi.


Vitaliy Lisakovich bilan to'purarlik poygasida kurashayotgandingiz, endi esa bir jamoadasiz. Kim eng yaxshi to'purar bo'ladi?

Bilmadim. Vaziyatlarda bir-birimizga pas berishimiz kerak, u menga, men unga. Lekin avvalo, jamoani, keyin shaxsiy natijalarni o'ylashimiz lozim.


Yangi jamoada sizga aynan qanday vazifalar yuklatildi?

O'ylaymanki, birinchi o'rinda "SHaxtyor"(Soligorsk)ga yordam berishim kerak. Asosiy vazifam shu.


Bu mavsumda chempion bo'lishga umid qilyapsizmi?

Ha, albatta.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика