Jasur Hasanov: "Jizzaxda anchadan beri bunday muxlislikni ko'rmagan edim"
06 sen 2022 20:44
Yangiliklar
Jasur Hasanov: "Jizzaxda anchadan beri bunday muxlislikni ko'rmagan edim"
"So'g'diyona" yarim himoyachisi Jasur Hasanov OFK kubogidan o'rin olgan "Istern" (1:0) qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalambor butun O'zbekiston va Jizzax xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'lishini kutgandik. Omad biz tomonda ekan oxirgi daqiqalarda gol urib ketdik.
To'g'risini aytsam, hozir har 3 kunda o'ynamoqdamiz. Bu ham jismoniy jihatdan o'z tasirini o'tkazadi. Lekin oldimizda katta vazifa bor. Yana 2ta qadam qoldi. Umid qilamanki, OFK kubogini O'zbekistonda olib qolamiz. "So'g'diyona"ga kelganimga 4 yil bo'ldi. Lekin bunday muxlislikni ko'rmagan edim. Hamma yurakdan muxlislik qildi va dalda berishdi, deb o'ylayman",- deydi Jasur Hasanov.
Fikrlar