So’nggi yangiliklar

19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  1 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  3 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   11 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  11 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  10 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  23

Jasur Hakimov: “Kubokda guruhdan keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz” Yangiliklar

Jasur Hakimov: “Kubokda guruhdan keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz”

Teglar :  Jasur HakimovTuron
Xabaringiz bor, kecha Yaypanda vodiy derbisi bo'lib o'tdi

 O'zbekiston Coca Cola Kubogining “A” guruhida o'rin olgan “Turon” – “Andijon” (1:0) o'yinida mezbonlar g'olib bo'lib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mazkur uchrashuvda yagona golga mualliflik qilgan Jasur Hakimov o'yindan keyin saytimizga intervyu berdi. 

- Jasur, avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Tabrik uchun rahmat.  O'yin kutilganidek qiyin bo'ldi. Vodiy jamoalari o'rtasidagi kurash doimo keskin va murosasiz tarzda o'tib keladi. “Andijon” ham g'alaba uchun jiddiy kurashdi. Ob-havoning issiqligi ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. SHunga qaramay guruhdan keyingi bosqichga chiqishimiz uchun g'alaba qozonishimiz zarur edi. SHu bois astoydil xarakat qilib, maqsadimizga erishdik. Bundan xursandmiz.

- Uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildingiz. Ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Bilasizmi shaxsiy natijadan ham ko'ra ko'proq jamoamning muvaffaqiyati men uchun muhim sanaladi. CHunki futbol jamoaviy o'yin. Jamoa yutsa, hamma mukofot oladi. SHuning uchun ham kecha men asosan g'alabani o'ylab, qo'limdan kelganicha jamoamga yordam berdim. 

- Bungacha chempionat o'yinlarida sizni asosiy tarkibda kam uchratayotgandik. Bu nima bilan bog'liq?

- Tarkibda mendan tashqari yana ikki nafar tajribali hujumchilar bor. Murabbiylar ayrim omadsiz uchrashuvlardan keyin o'zgarish qilib, hammaga imkoniyat berishni afzal ko'ryapti. Barqarorlikka erisha olmayotganimga eng avvalo o'zim sababchiman. Extimol bilan murabbiyning ko'rsatmasini to'liq bajara olmayotgandirman. Yoki kutilgan o'yinni ko'rsata olmaganim uchun zaxirada qolib ketayotgandirman. Nasib qilsa keyingi bahslarda ham gollarim bilan jamoamga foyda keltirishga xarakat qilaman.

- “Turon” chempionatda haligacha g'alaba qozona olmayapti. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?  

- Jamoamiz bu yil Superligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Tarkib yangitdan tuzilgan. Mahoratli o'yinchilar taklif etilgan bo'lsada, bir-birimizni to'liq tushunib o'ynab ketishimiz uchun ozgina vaqt kerak edi. Menimcha o'yindan-o'yinga jamoaviy o'yinimiz yaxshi chiqyapti. O'ylaymanki “Turon” uchun hali hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Oldindan “Paxtakor”, AGMK va “Qizilqum”ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Bo'lajak uchrashuvlar oldidan jamoangizning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Har uchchala raqibimiz ham jiddiy sanaladi. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq. Lekin oldindan taslim bo'lish niyatimiz yo'q. Maydonga chiqib, muxlislarimizni xursan qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Oldindan g'alabaga bo'lgan imkoniyatlar haqida gapirish qiyin. CHunki bu futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Masalan AGMKning OCHLdagi ishtirokidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, unda biz uchun kutilmagan natijalar yuz berdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика