So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  5 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Jasur Abduraimov: "Ispaniya o'z o'yinini ko'rsatgani yo'q" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Ispaniya o'z o'yinini ko'rsatgani yo'q"

Luis Enrike murabbiyligidagi Ispaniya terma jamoasi SHveciyaga qarshi o'yin bilan Evropa chempionatidagi yurishini boshladi.

Murosasiz kechgan uchrashuvda "qizil furiya" shvedlar darvozasiga yo'l topa olmadi. Garchi o'yin davomida ispanlar katta ustunlikka ega bo'lgan bo'lsada, yakunda 0:0 hisobidagi durangga rozi bo'lishdan boshqa chora topa olmadi. Biz esa mazkur bahs haqida "Metallurg" bosh murabbiy Jasur Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik. Esingizda bo'lsa musobaqadan oldin mutaxassis Ispaniyaga muxlislik qilishini aytgandi. 

"Ispaniya hozircha o'z o'yinini ko'rsatgani yo'q. Bugungi zamonaviy futbolda faqat to'pni nazorat qilish bilan biror narsaga erishish qiyin. Kim tez hujumga o'tsa va vaziyatlardan samara chiqara olsa o'sha yutmoqda. Balki guruhda o'ynayotgani uchun kuchini ishlatib qo'ymaslikni o'ylayotgandir. Birinchi turdagi natijalar aldamchimi? Menimcha hammasi joyida. Imkoniyati past baholangan CHexiya, Slovakiya qanday o'ynayotganini qarang. Ispaniya guruhdan chiqishi kerak. Lekin bu - futbol. Unda hamma narsaga tayyor turish kerak. Polsha ham keyingi turlarda bor kuchini ishga solishi aniq.",- deydi Jasur Abduraimov. 

 Evro-2020. Ispaniya SHveciya bilan durang o'ynagan bahsdan GALEREYA

Evro-2020. Ispaniya – SHveciya. "Uchrashuv yulduzi" kim bo'ldi?

Evro-2020. SHveciya Ispaniyani "qo'yib yubormadi", Slovakiya — etakchi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика