So’nggi yangiliklar

17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  0 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2

Jarima zarbasi top-ijrochilari Yangiliklar

Jarima zarbasi top-ijrochilari

Sanat va individual mohirlik haqida gap ketganda, jarima zarbasi orqali yo'llanadigan dahshatli zarbalardan ziyodi yo'q. SHunday emasmi?

Angliya futboli jarima zarbalarini ijro etish bobida Devid Bekxem, Krishtianu Ronaldu, Terri Anri kabi yorqin shaxslarga guvoh bo'lgan. 

Keling, bu borada APLda o'z o'rnini topgan mahoratli futbolchilarni sanab o'tamiz.

14. Xuan Mata (8 ta gol)

U xoh ko'k libosda bo'lsin, xoh qizil, "CHelsi" va "Manchester Yunayted" uchun juda muhim jarima zarbalarini amalga oshirdi.

Ispaniyalik hisobida sakkizta samarali "o'q" bor. Uning aniq ijro etilishi raqiblarining qo'polliklariga munosib javobdir.

13. Kristian Eriksen (8 ta gol)

Kristian "Tottenxem"ga kelganida, "shporlar" ularda haqiqiy marvarid borligini bilishardi. Daniyalik nafaqat Premer-liganing eng yaxshi pleymeykerlaridan biriga aylandi, balki "o'lik to'p" mutaxassisi sifatida ham shuhrat qozondi.

U "Tottenxem"dagi faoliyati davomida sakkizta gol urdi. Bundan tashqari, jarima orqali bir o'yinning o'zida ikkita to'p kiritdi, bunga kamdan kam odam erisha oladi.

12. Nolberto Solano (9 ta gol)

"Nyukasl" va "Aston Villa" muxlislarining sobiq yoqimtoyi Premer-ligada to'qqiz bor muvaffaqiyat qozondi. Hozir 47 yoshni qarshilagan Nolberto raqiblar uchun "qotil" edi.

Perulik kamdan-kam hollarda mo'ljalda adashar va tengdoshi Loran Rober bilan birgalikda standartlar bo'yicha eng zo'r duetlardan birini hosil qilishgandi.

11. Jeymi Rednapp (9 ta gol)

Jeymi Rednapp 1990 yillarning oxirida Liverpulning "Spice Boys" jamoasining bir qismi bo'lgani va jarohatni "yaxshi ko'rgani" bilan yaxshi eslanadi. Uning standartlardan foydalanish bo'yicha qobiliyati ko'pchilikning yodida qolmagan. 

Rednapp butun faoliyati davomida jarima zarbalaridan 9 ta gol urdi, shu jumladan, 1994/1995 yilgi mavsumning so'nggi o'yinida "Blekbern" darvozasiga. Rednappning o'sha goli "Manchester Yunayted"ga APL chempionligini olib kelishiga oz qolgan. Jeymining 90-daqiqadagi zarbasi evaziga "Liverpul" "Blekbern"ni mag'lub etgan (2:1). Ammo MYU safarda "Vest Xem"ni yuta olmagani tufayli (88 ochko) chempionlikni "Blekbern" (89 ochko)ga boy bergan.

10. Frenk Lempard (9 gol)

Ko'pchilik jarima to'pini tepadiganlar zarbasining aniqligi bilan tanilgan bo'lsa-da, Lempardning o'yini ham kuchli edi.

"CHelsi" afsonasi jarima orqali 9 ta gol urgan. SHu sababdan ham uning "Stemford Brij"dagi faoliyati hech qachon unutilmaydi.

9. Ian Xart (10 ta gol)

Jarima zarbasining mohir ijrochisi kamdan-kam hollarda qanot himoyachi bo'ladi. Aynan "Lids"da bu vazifani chap qanot himoyachisi bajarardi. 

Aksariyat mutaxassislar Ianni Premer-liga tarixidagi jarima zarbasini eng yaxshi amalga oshiruvchi himoyachi deb biladi.

8. Morten Gamst Pedersen (10 ta gol)

Norvegiyalik yarim himoyachi "Blekbern" futbolchisi sifatida uzoq masofadan jarima zarbalari orqali qoyilmaqom gollarni urgan. U sehrli chap oyog'i bilan Lankashirda chinakam afsonaga aylandi.

Bundan tashqari, Pedersen har doim o'zining soch turmagi bilan ajralib turardi.

7. Loran Rober (11 ta gol)

Esingizda bo'lsa, biz Loran Robertni yuqorida aytib o'tgan edik. Endi uni eslash vaqti keldi. Ko'pchilikning fikricha, u Premer-liga tarixidagi eng kuchli chap oyoq egasi bo'lgan.

Franciyalik futbolchi "Nyukasl"da o'ynagan vaqtida jarima zarbasidan 11 ta gol urgan. Loran agar jarima to'plarini Solano bilan baham ko'rmaganida, qancha gol urardi, eh-xe...

6. Krishtianu Ronaldu (11 ta gol)

Krishtianu Ronalduni ko'p-ko'p-ko'p yillar davomida eslab qolishadi. Biroq uning ishtirokidagi bir lahza doimo ajralib turadi. Bu uning "Portsmut"ga qarshi o'yindagi ajoyib zarbasi.

To'p tepish sanatida inqilob qilib, u o'yinchilar avlodini erkin zarbalarga yondashuvni butunlay o'zgartirishga ilhomlantirdi. U "Manchester Yunayted" uchun 11 ta jarima to'pini kiritdi va 2008 yilda "Stok"ga qarshi o'yinda "bittada ikkita" klubining yana bir azosiga aylandi.

5. Sebastyan Larsson (11 ta gol)

Tarixan APL "Sanderlend" muxlislari uchun bir oz omadsiz joy bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Albatta, ularning sevimlilari o'zlarining yaxshi tomonlariga ega edilar, lekin ko'p qulashlar ko'pincha yaxshi damlardan ustun keldi.

Larsson misolida "qora mushuklar"da hammasi joyida edi. Uning nafaqat "Sanderlend", balki "Birmingem" safida jarima zarbasidan urgan gollari 11 taga etadi.

4. Janfranko Zola (12 ta gol)

Darvozaning yuqori burchagi nishonga olinadigan Janfrankoning jarima zarbasidan ko'ra chiroyliroq narsa yo'q.

Italiyalik futbolchi "CHelsi"dagi 8 yil davomida jarima zarbasidan 12 ta gol urgan. U bu orqali o'zini Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida namoyon qilgan.

3. Terri Anri (12 ta gol)

Terri qanchalik ajoyib to'purar bo'lganini hisobga olsak, uning jarima zarbalarini tepish qobiliyatini unutish oson.

Aql bovar qilmas texnika va kuch bilan u hamisha Premer-liga tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoladi.

2. Jeyms Uord-Prouz (12 ta gol)

Uord-Prouz "Sautgempton" afsonasiga aylanishi aniq, u allaqachon "avliyolar" yorqin vakili Mettyu Le Tissening mavqeiga chiqdi.

2020 yil 1 noyabr kuni “Aston Villa”ga qarshi o'yinda u bitta o'yinda jarima zarbasi orqali ikkita gol urgan Premer-ligadagi to'qqizinchi futbolchiga aylandi. Har ikki safar ham u to'pni "sherlar" jonli devori ustidan oshirib qo'ygan va yuqori burchakni nishonga olgan.

1. Devid Bekxem (18 ta gol)

"Qizil iblislar"ning afsonaviy yarim himoyachisi keyingi o'rinda borayotgan futbolchilardan kamida 6 ta gol oldinda. Hech qachon jarima zarbasini Bekxemdan ko'ra muvaffaqiyatliroq bajargan futbolchi bo'lmagan. U standart vaziyatlarning haqiqiy superyulduzi edi. 

Devid o'zining qayishqoqligi va to'p bilan ishlashda ustasi farangligi bilan dunyo bo'ylab shuhrat qozondi. Uning ijro etish texnikasi nafis go'zalligi bilan ajralib turardi.

Devid Bekxem haligacha jarima zarbasini tepishdan oldin hamma taqlid qilishga harakat qiladigan ijrochi bo'lib qolmoqda.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика