So’nggi yangiliklar

13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  0 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  5 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi: "Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi manoda hayratlandim" Yangiliklar

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi: "Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi manoda hayratlandim"

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi Yong Jun Kim O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan yarim final bahsidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savoliga javob berdi.

- Afsuski bugun jamoangiz finalga chiqa olmadi. Bugungi o'yin haqidagi fikringiz?

- Birinchi navbatda O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Biz bugun qo'limizdan kelgan eng yaxshi o'yinni ko'rsatdik, afsuski bugun bizga omad kulib boqmadi.

- Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan tarkib bugungi o'yinda biroz o'zgartirildi. Amalga oshirgan o'zgarishlaringiz uchrashuvga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Men o'tgan o'yingi tarkibni biroz o'zgartirdim, chunki ular 120 daqiqa o'ynagan edi. Men yangi o'yinchilarni maydonga tushirishga qaror qildim. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinchilar ham yaxshi harakat qilishdi va men ulardan minnatdorman.

- Penaltitlar seriyasida birinchi ikkita imkoniyatdan foydalana olmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi? To'liq stadionmi yoki o'yinchilaringiz penaltilar seriyasigacha o'yinni hal etib qo'yishmoqchi edimi?

- O'tgan matbuot anjumanida aytib o'tganimdek, ko'p o'yinchilar muhlislar bilan to'lib toshgan stadiondan o'ynashmagan va shu sabab ularda biroz hayajon bor edi. Ular hali juda yosh va o'ylaymanki, ular bugungi o'yindan saboq olishadi.

- O'zbekiston terma jamoasi bugun ko'proq xujum qildi va ko'proq imkoniyatlar yaratishdi. Jamoangiz ko'rsatgan bugungi o'yin g'alabaga loyiq edimi?

- Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz v bugungi uchrashuv ham bundan istisno emas.

- Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqani tark etmoqda, musobaqa tashkiliy ishlaridan qoniqdingizmi?

- Ovqatlanish, mehmonhona, maydonlar va transport juda yaxshi tashkil etilgan. Men noliydigan narsa ko'rmadim. Mashg'ulot maydonlarining sifatini yaxshilasa bo'ldi deb o'ylayman. Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi manoda hayratlandim.

- Jahon chempionatidagi daraja bilan Osiyo kubogidagi o'yin darajasini qanday baholaysiz?

- Osiyo mintaqasidagi terma jamoalar deyarli bir hil darajada, jahon chempionatida esa bunday emas. Biz dunyo birinchiligida yaxshi o'yin namoyish etib, Koreya shanini himoya qilishimiz kerak.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика