So’nggi yangiliklar

20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  0 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  20 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  7 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон 0:4 (матнли трансляция)  4 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  27 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston OTJ mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston OTJ mag'lubiyatga uchradi

Janubiy Koreya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi.

Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23 3:1

Gollar: Jae Vu 37, Se Xun 72, Kim Jin Kyu 75 - Yaxshiboev 20.

Bosh hakam: SHen Yin Hao (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Lav Ming Leong (Gonkong), So Kai Man (Gonkong).  

Zaxira hakami: Hyung Jin Ko (Janubiy Koreya).  

Janubiy Koreya U23: Son Bom Kyon, Kan YU Sun, CHon Tae Vuk, Kim Don Xyun, Xan CHon Vu, Um Von San, Ox Se Xun, Yun Jon Gyu, Men Syon Gun, Jan Min Gyu.

O'zbekiston U23: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Dilshod Saitov, Nurillo To'xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Bobir Abdiholiqov, Mirjahon Mirahmadov, SHerzod Nasrullaev, Abror Ismoilov, Oybek Rustamov, Husniddin Aliqulov.

Zaxira: Nizomiddin Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo'ldoshev, Ilhom Alijonov, SHaxboz Jo'rabekov, Abdulla Abdullaev, Oybek Bozorov, Islom Rashidxonov, Doston Ibragimov, Asad Sobirjonov, Azizbek Amonov.

CHetlatish: Oybek Rustamov 40.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. Sariq kartochka. Koreyalik futbolchi qarshi hujumga o'tayotgan o'yinchimizni to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

82. Xavfli vaziyat! Ox Se Xun yaqin masofadan darvozamizga zarba berdi, biroq posbon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

79. Mezbonlar hujumlarni kamaytirishmayapti. Har bir hujum avvalgisidan xavfliroq yakun topmoqda.

77. Nematov raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi. Posbonimiz zarbadan so'ng to'pni egallab oldi.

75. Yana gol o'tkazib yubordik! 3:1. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar golning muallifi va assistenti bo'lishdi. Kim Jin Kyu uchinchi golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

72. GOL! 2:1! Ox Se Xun burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga burib, o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

66. To'p qaytarildi, biroq hujumning ikkinchi to'lqini burchak zarbasi bilan yakunlandi.

65. Yana bir qoidabuzarlik. Koreyalik futbolchi Mirjahon Mirahmadovni to'xtatib qoldi. Raqib jarima maydonchasi oldida standart vaziyat.

64. Futbolchilarimiz hujumga o'tishdi. Biroq zonalar yopiqligi tufayli to'p darvozabonimizgacha qaytdi.

63. Kan Yun Sun sariq kartochka bilan jazolandi. U Jasur Yaxshiboevni qarshi hujumga o'tishiga yo'l qo'ymay, qo'pollik ishlatdi.

61. Koreyaliklardan yana bir xavfli hujum. Burchak zarbasidan so'ng mezbon jamoa vakili darvoza to'sinini nishonga oldi.

57. QARSHI HUJUM! Koreyaliklar markazda to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga o'tishdi. Um Von Sang jamoadoshining uzatmasidan so'ng darvozabonimizni aldab o'tdi, biroq darvozamizni ishg'ol qila olmadi. To'p ustunga tegdi.

54. OTJmiz bir kishi kamligi tufayli himoyadan hujumga o'tishda muammolar yuzaga kelmoqda. 

52. Koreyaliklar jarima maydonchamizga kirishga muvaffaq bo'lishdi, ammo pas berishdagi xato hujum yakunlanishiga olib keldi.

49. Yaxshiboev yana uzoqroqdan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq zarbaga biroz kuch etishmadi.

48. Yana hamyurtlarimiz tomonidan qoida buzildi. Bu safar Abror Ismoilov qoida buzdi, biroq uning ustidan o'tib ketayotganda behosdan raqibining oyog'ini bosib oldi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'limga start berildi.

TANAFFUS

45+1. Yaxshiboev raqib jarima maydonchasiga yaqin joydan koreyaliklar darvozasiga zarba berdi. Zarba to'g'ri darvozabon qo'liga borib tushdi.

45. Birinchi bo'limga daqiqa qo'shib berildi.

43. Jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich endi o'zgarishlarda xato qilmasligi lozim.

40. QIZIL KARTOCHKA! Oybek Rustamov raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi. 

37. GOL! 1:1 Burchakdan uzatilgan to'p darvozaning yaqin burchagidagi futbolchiga tegib, darvozaga burildi. Posbonimiz to'pni qaytardi, ammo qaytgan to'p 15-raqamdagi Kim Jae Vuga tushdi va u hisobni tenglashtirdi.

35. Yaxshiboev yana o'z jarima maydonchasiga yaqin hududda qoida buzdi. Hakamga bu elka ekanligi haqida tushuntirmoqchi bo'ldi, biroq referi qarorini o'zgartirmadi. Kim Don Xyunning uzatmasi juda noaniqligi tufayli to'p maydonni tark etdi.

33. Nurillo To'xtasinov markazda to'pni Bobir Abdiholiqov uchun yutib bergandi, ammo koreyalik futbolchi sirpanish yordamida to'pni Bobirdan olib qo'ydi.

31. Keyingi burchak zarbasi ham omadsiz chiqdi. 

30. Koreyaliklar navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirishdi. Bu safar ham himoyachilarimiz ishonchli o'ynashdi, biroq mezbonlar endi narigi burchakdan to'pni o'yinga kiritishadi.

26. Husniddin Aliqulov raqib futbolchisining uzatmasini yopishga erishdi, biroq koreyaliklar burchak zarbasi ishlab olishdi. Standart vaziyatdan foyda chiqmadi.

24. Koreyaliklar endi ko'pchilik bo'lib O'zbekiston OTJ yarim maydoniga o'tib olishdi va hisobni tenglashtirish uchun turli kombinaciyalar o'ylab topishmoqda.

20. GOOOOOOOOLLLL! YAXSHIBOEEEV! Jasur o'ng qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirdi va o'ng oyog'i bilan zarba berib, hisobni ochdi! Barakalla!

GOLNI TELEGRAM kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.

19. Bobir Abdiholiqov murabbiylar turadigan joyga yaqin hududda qoida buzdi, hakam og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

18. Burchak zarba qaytarildi, ammo futbolchilarimiz hali ham raqib maydonchasi atrofida to'p bilan harakat qilishmoqda.

17. Jasur Yaxshiboev o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo so'nggi uzatmani berishga ulgurmadi. Burchak zarbasi.

16. Hamyurtlarimiz mehmonda o'ynayotgani bois biroz hayajonlanishyapti, shu sababli paslarda aniqlik etishmayapti.

13. Jasur Yaxshiboev o'z jarima maydonchasi yaqinida Kan YU Sunga nisbatan qo'pol o'ynab, qoida buzdi. Koreyaliklar chap burchak yonidan to'pni o'yinga kiritishdi, ammo uzatmadan naf chiqmadi.

12. Bobir Abdiholiqov chap qanotda to'pni qabul qildi va raqib jarima maydonchasiga uzatishga harakat qildi. Bobir chapaqay bo'lmagani tufayli uzatma muvaffaqiyatsiz chiqdi va to'p maydonni tark etdi.

11. Futbolchilarimiz raqib jarima maydonchasiga yaqinlashishgandi, ammo mezbonlar tezlik bilan to'pni uzoqlashtirishdi.

10. Janubiy Koreya terma jamoasi chap qanotdan hujumga o'tdi. Yun Jon Gyuning jarima maydonchasiga tashlagan to'pini uning jamoadoshi o'ziga to'g'irlay olmay, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

8. To'p burchakdan o'yinga kiritilganda darvozabonimiz erga noqulay yiqilgan ko'rinadi. SHifokorlar Abduvohid Nematovga tibbiy yordam ko'rsatishdi.

7. Husniddin Aliqulov raqibning xavfli hujumini to'pni maydondan chiqarib yuborish orqali to'xtatib qoldi. Burchakdan uzatilgan to'pni posbonimiz urib yubordi, qaytgan to'pga koreyaliklar zarba berdi, biroq bu safar ham zarba qaytarildi.

6. Markazda qoida buzildi. CHon Tae Vuk Nurillo To'xtasinovni yiqitdi.

4. Koreyaliklar kuchli pressing orqali olimpiyachilarimizni markazga yo'latmay, to'pni faqat himoyada olib yurishga majbur qilmoqda.

2. Bahsning ilk daqiqalarida mezbonlar juda faol harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz o'quvchilari. Toshkent vaqti bilan 16:35da Janubiy Koreya OTJ hamda O'zbekiston OTJ o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi start oladi. Championat.asia foydalanuvchilari uchun ushbu bahsni matnli translyaciya ko'rinishida taqdim etamiz.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика