Janubiy Koreya K2 liga. Rustam Ashurmatov yil ramziy terma jamoasida
09 dek 2019 09:39
Yangiliklar


Janubiy Koreya K2 liga. Rustam Ashurmatov yil ramziy terma jamoasida
Janubiy Koreya K2 ligasida 2019 yilgi mavsum tugaganidan xabaringiz bor.
Quvonarlisi ushbu mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasidan o'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov ham o'rin oldi. Umuman olganda ramziy terma jamoaga "Gvangju"ning uch nafar futbolchisi (darvozabon va ikki himoyachi) kiritildi. "Gvangju" ustozi Park Jin Sub yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Eslatib o'tamiz, "Gvangju" bu yil K2 ligasida chempionlikni qo'lga kiritdi va kelgusi yil Janubiy Koreya oliy ligasi hisoblangan K ligaga yo'llanma oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar