So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Biz jahon chempionatiga tayyormiz" Yangiliklar

Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Biz jahon chempionatiga tayyormiz"

JCH-2018 bahslari boshlanishiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda. Janubiy Koreya bosh murabbiyi SHin Tae Yong mundial oldidan jamoasi tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

Tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Avstriyada olib borgan koreyaliklar ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozona olishmadi. SHunga qaramay, bosh murabbiy yig'indan ko'ngli to'lganini aytib o'tdi.

J.Koreya terma jamoasi 23 nafar futbolchi bilan 3 iyundan Avstriyada o'quv-mashg'ulotlarni boshladi. Ular avvaliga Boliviya bilan 0:0 o'ynagan bo'lsa, keyinroq Senegalga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Jamoa ustozi SHin Tae Yong shunday dedi:

- "Biz uchun yig'in yaxshi kechdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etilgan natijalarga etibor bermasligingizni so'rayman. Hammasi jahon chempionatida malum bo'ladi. Men hozir bor etiborni jamoaning taktikasi hamda asosiy tarkibni aniqlab olishga qaratganman".

- "Guruh o'yinlarini SHveciya, Meksika va amaldagi chempion Germaniyaga qarshi o'tkazamiz. Men SHveciyaning 10tacha o'yinini ko'rdim va ularni yaxshi o'rgandik. Agar imkoniyatlardan foydalana olsak, shvedlar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, biz mundialga tayyormiz".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика