Janubiy amerikalik snayperlar Evropani “zabt etganda”
13 sen 2017 17:46
Yangiliklar
Janubiy amerikalik snayperlar Evropani “zabt etganda”
Messi, Dibala, Kavani jamoalarining yutuqlariga nazar tashlasak. Axir ularning barchasi ilk yutuqlarining o'zida to'xtab qolmasliklariga asos bor.
- Edinson Kavani va Radamel Falkao - mavsum boshidagi top-5 talikning eng samarali harakat qiluvchi futbolchilaridir. Har ikkisi ham 5ta o'yin o'zida 7tadan gol urishga muyassar bo'lgan.
- Lionel Messi saralash bosqichidagi hamkasblari Dibala va Ikardidan farqli o'laroq, 3 o'yinda 5 marta gol urib, o'zini tanitdi. O'rtacha natijaga erishgan futbolchilardan birinchi o'rinni Dibala egalladi. “Yuventus” hujumchisi har 43 daqiqada darvozaga ajoyib tarzda gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
- Messi La Ligada “Barselona” gollarining 9tadan 5tasini o'z hisobiga yozib qo'ydi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, birgina avtogolni hisobga olmasa, barcha gollarning 63% aynan Leo urishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi o'rinni “Selta”ning barcha gollarini urayotgan urugvaylik Maksi Gomes egallab turibdi. SHu ismni eslab qoling! Mabodo, u o'yindan chiqqan taqdirda ham, boshqa bir urugvaylik katta sahnaga chiqish ehtimoli yuqori. Gap Luis Suares haqida ketayotganini “Barca” muxlislari tushunib ulgirishdi.
- APL da janubiy amerikaliklarning tasiri Franciya, Italiya, Ispaniya kabi unchalik sezilarli darajada emas. Ammo, shuni aytib o'tish joizki, Serxio Agueroning tarixiy yutug'i shundaki, u Yorkdan o'tib ketdi.
Anri APLda 124ta gol urgan, “Liverpul” darvozasiga urilgan gol Serxioga nafaqat Yorkdan o'tib ketish, balki Drogbani ham ortda qoldirish imkonini berdi. Faqatgina shu uch futbolchi hisobida APL doirasida 100 va undan ko'p gol mavjud.
Angliya ananalarining hurmatga sazovor tomoni tarixda eng yaxshi o'nta snayperlar ligasida birgina chet ellik bo'lgan Anrini aytib o'tish joiz. Aguero ham birinchi o'ntalikdan uncha yiroqda emas. U Teddi SHeringemdan o'zib ketishi uchun bor yo'g'i 23ta gol ursa kifoya.
SHuningdek, so'nggi paytlarda Keynning yutuqlariga qaramasdan iloj yo'q. Bundan tashqari, avvalroq Teves janubiy amerikaliklarni APLda yaxshi reklama qilgandi.
APLning yangi mavsumida dastlabki pog'onani evropa saralashida ham o'zini ko'rsatayotgan hujumchi Lukaku band etib turibdi. Lekin braziliyaliklardan Jezus va Firminoning Janubiy Amerika nomidan zarba berish imkoniyati ham yo'q emas. Hozirda ular Lukakudan ortda qolmagan holda 2- va 3-o'rinlarni egallab turibdi.
- A Seriyasida ikki argentinalik ajoyib gollar urmoqda, hattoki, Immobile yosh posbon Donnarumma darvozasiga 3ta gol urishi ham “Inter” sardori Ikardining poziciyasini o'zgartira olmadi. Hozirgi kunda Dibala “Yuventus”ning eng samarali hujumchisi (har ikki golning biri unga tegishli) hisoblanadi.
SHuningdek, Iguainanni ham yoddan chiqarmang. Gonsalo o'tgan yilda Italiya chempionatining bir mavsumida darvozaga 36 ta gol kiritib, Nordalning 66 yillik rekordini yangiladi.
Iguain “Yuventus”da o'ynab, albatta, Krespo va Batistuta natijalariga yaqin kela oladi. Uning hozirga qadar A Seriyasida 97ta gollari mavjud. Demak, ha demay, yubiley ham nishonlanadi. Krespoga etishiga esa yana 53 ta gol bor. Gonsalo ham bu afsonaviy futbolchidan o'zib keca ajab emas.
Germaniya chempionati birinchi beshtalikda bitta ham janubiy amerikalik nomi uchramaydigan yagona top-5 talik hisoblanadi. Biroq, hozir u erda bir avstraliyalik bor. CHunki chet ellik futbolchilarsiz o'ynashning iloji bo'lmayapti.
Bundesligada xuddi avvalgidek, bosh toreadorlik mavqeiga afrikalik va evropaliklar sazovor bo'lib kelmoqda. “Rubin” sobiq hujumchisi Jonatas “Gannover”ning birinchi o'yinidayoq gol urdi. Balki shu orqali u o'zini namoyon etib, nemislarni ham xursand qilsa ajab emas.
Bundesligada braziliyaliklar ketma-ket 4 marotaba eng yaxshi snayperlar bo'lib keldi va Amoroso, Grafite, Elber va Ailton yutuqlarga erishib, rekord natijani qayd etishdi.
Gerd Myuller tarixda darvozani to'g'ri nishonga olish bo'yicha 1-o'rinni egallab, Bundesligada 365 ta gol urgan.
Bundes ligadan farqli ravishda, hozirgi kunda Liga 1 dagi eng yaxshi futbolchilar janubiy amerikalik - Neymar, Kavani, Alves, “Bordo”da to'p suradigan braziliyalik Malkom ham bor. Aynan Neymar futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchi hisoblanadi.
Tajribali Falkao Franciya chempionatida ikkinchi yoshligini o'tkazmoqda.
Franciya chempionati tarixida o'nta ketma-ket mavsumiy o'yin bor. Snayperlar reytingida birinchi o'rinni argentinaliklar egalladi. Buni 5 marotaba Karlos Byanka, 4 marotaba esa Delio Onnis qayd etgan. Liga 1 tarixidagi oxirgi eng yaxshi snayper 449 ta o'yinda 299 ta gol urgan.
Ko'rib turganingizdek, janubiy amerikaliklarning hujumda faol ishtiroki Fransiya klublarida normal holat hisoblanadi. Braziliyalik Sonni Anderson “Lion” tarkibida 3 marotaba eng yaxshi to'purar deb topildi. O'tgan yilgi mavsumda 35 ta gol urgan urugvaylik Edinson Kavani endi faxriylar ro'yxatini zabt etdi.
Agar top-5 chegarasidan chiqsangiz, Portugaliyada braziliyalik Jonasni ko'rasiz. U 5 ta o'yinda 6 ta gol urdi. SHunday qilib, yana Janubiy Amerika bu erda hammadan o'zib ketmoqda.
Rossiya chempionati. Umuman olganda, Vitino, Luis Adriano va “Axmat”dagi Leoga ham ko'proq gol urishni hech kim taqiqlab qo'ymagan. Ko'rinib turibdiki, top-5 dan boshqa mamlakatlarda ham Janubiy Amerika vakillari, mayli ular Braziliya hamda Argentina termasida o'ynamasin, o'zlarini erkin his qilmoqda.
O'z jamoasi g'alabalarida muhim rol o'ynayotgan Neymar, Messi, Dibala, Vidal va Kavanining barchasi o'sha Lotin Amerikasida futbol sirlarini o'rgangan. Bularning qatoriga Ikardini ham qo'shish mumkin. Natijada top-5 to'p urarlarining barchasi o'sha taraflardan, Vidal esa “Bavariya”da o'zini ko'rsatmoqda.
Bunday startni etirof etmay iloj yo'q. “Barselona”ni tajribali Messi qutqarmoqda. PSJ hujumida Neymar va Kavani (ularga Mbappe yordam bermoqda) bosh rollarda. Dibala va Ikardi A Seriyasida faollik ko'rsatmoqda. Luis Suares, Jezus, Aguero va Aleksis Sanches uyg'onganda Janubiy Amerikaning mutloq ustunligini kuzatishimiz mumkin.
Keyn, Levandovski, Lukaku, Immobile, Vardi, Belotti va Morata ularga qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Ammo hozircha Messi, Kavani, Ikardi, Dibalu va Falkaoni to'xtatish qiyin bo'lmoqda.
O'z-o'zidan savol tug'iladi, nega bunday bo'lmoqda? Balki bu futbolchilarni yoshligida ortiqcha taqiqlab tashlanmagani tufaylidir. Inglizlardan tortib, italiyaliklargacha, deyarli butun Evropa, hattoki o'zimizning O'zbekistonda ham yosh futbolchilarni xato qilsa urushib, qo'rqitmay, ijodiy fikrlashiga qo'yib berish zarurdir? Messi axir futboldagi dastlabki qadamlarini Argentinada tashlagan va texnikasi kuchli futbolchilarni qadrlaydigan Ispaniyada faoliyatini davom ettirdi.
Neymar Braziliyada o'sib, dribling bilan Evropaning ko'plab hujumchilaridan yaqinroq do'stligi sir emas. SHu sababli ham PSJ bu tarkibi bilan CHempionlar Ligasida g'olib chiqishni orzu qilmoqda.
Fergyuson o'z vaqtida Ronalduga maydonda erkinlik yaratib bergani, aldamchi harakatlarni bajarishda cheklab qo'ymaganini futbol muxlislari yaxshi eslashsa ajab emas. Natijada, evropalik Ronalduga oxirgi 11 mavsumda “Oltin to'p” uchun kurashda faqat uch futbolchi raqobatchilik qildi. Ularning barchasi Janubiy Amerikalik - Forlan, Messi va Suares.
Nozima Zaripova tayyorladi
Fikrlar