So’nggi yangiliklar

13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  0 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  2 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  1 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  0 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  4 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   5 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  10 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  27

Janni Infantino Bob Marli deb atagan, 2018 yilgi Jahon chempionligini Franciya bilan stadionda nishonlagan efiopiyalik jurnalist bilan suhbat Yangiliklar

Janni Infantino Bob Marli deb atagan, 2018 yilgi Jahon chempionligini Franciya bilan stadionda nishonlagan efiopiyalik jurnalist bilan suhbat

Ayni damda dunyo nigohi Qatardagi Jahon chempionatida bo'lib turibdi.

Jahon chempionati nafaqat maydondagi o'yinlar, balki maydon ortidagi qiziqarli voqealar bilan ham muxlislar uchun qiziq. Hozirda Qatar shahrida bo'lib turgan Championat.asia hodimlari efiopiyalik jurnalist Girum Seyfu bilan kichik suhbat uyushtirishdi. Girum Seyfu o'zining ajoyib ko'rinishi va soch turmagi bilan ko'pchilikning etiborini tortgan. Uni ko'pincha mashhur qo'shiqchi Bob Marliga o'xshatishadi. FIFA prezidenti Janni Infantino ham Girum Seyfuni matbuot anjumanlarining birida Bob Marli deb atagan. Qahramonimiz 2018 yilgi Jahon chempionati finalini Franciya terma jamoasi bilan birga stadionda nishonlagan. Samuel Umtiti va Blez Matyuidi qahramonimizning bosh kiyimini kiyib olib Jahon chempionligini tantana qilishgan. Quyida efiopiyalik jurnalist Girum Seyfu bilan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Birinchi navbatda Jahon chempionati haqida fikrlaring haqida so'ramoqchi edim. Qaysi jamoa seni bu turnirda hayron qoldirdi?

- O'tgan hafta sakkizta o'yinni tomosha qildim. Ularning to'rttasi Afrika jamoalari o'yini edi. Men ijtimoiy tarmoqlardagi hamma narsani kuzatib bormoqdaman. Bu Jahon chempionati avvalgi ikki mundialdan ko'ra qiziqroq bo'lmoqda deya olaman. Oldingi ikki Jahon chempionatida guruh bosqichida kurash deyarli bo'lmagandi. Qatarda esa kichikroq terma jamoalar ham grand jamoalarga bosh og'riq bo'lishmoqda. Men ushbu mundialdan o'zimga olgan yangilik aynan shu. 

- Sen Afrika jamoalarini kuzatib borasan. Afrikaning qaysi jamoasi ushbu Jahon chempionatida uzoqroqqa boradi deb o'ylaysan? Deylik, yarim final...

- Bugun men Gana murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashdim. Murabbiy Afrika jamoalaridan ko'p narsa kutilayotgani, aslida esa Jahon chempionatida beshtagina Afrika jamoasi qatnashayotganini takidladi. SHunday holatda Afrika jamoalaridan yarim final yo'llanmasini kutish adolatdan emas, fikrimcha. Biroq, Gana va Marokashning g'alabalaridan so'ng barchaning fikri o'zgardi. Bugun Kamerun termasi ham qitadoshlaridan ilhomlanishi mumkin. Senegal muxlislariga etibor qaratdingizmi? Ular shu qadar dildan muxlislik qilishadiki, o'yinchilar bundan albatta o'zlariga kuch olishadi. Raqsga tushib, qo'shiqlar kuylab o'z jamoalarini olqishlashadi. Marokashlik muxlislarni-ku gapirmasa ham bo'ladi, ular Belgiyani mag'lub qilganlaridan so'ng o'zlarini qo'yarga joy topa olishmadi. Men bunaqasini oldin ko'rmaganman. Stadionni ham deyarli Marokashliklar egallashgandi. Ular o'z madhiyalarini kuylaganlarida stadioni titrab ketdi. Aytmoqchimanki, Afrika jamoalarining ijobiy natijalarida muxlislarning hissasi borligi aniq. Afrikaning har bir jamoasi bir-birini ilhomlantiryapti. Menimcha, bu Jahon chempionatida biz Afrika jamoalaridan biri yarim finalgacha etib borishini ko'rishimiz mumkin.

Qahramonimiz 2018 yilgi mundial g'olibligini Franciya bilan birga stadionda nishonlagan. Samuel Umtiti va Blez Matyuidi Girumning bosh kiyimini kiyib olib, xursandchilikni avjiga chiqarishgan: 

- Umuman Jahon chempionatida qaysi jamoani favorit deb o'ylayapsan?

- Braziliya. Ularning birinchi o'yinidan ko'nglim to'ldi. Ispaniya ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Argentina ham birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham keyingi ikki o'yinda masalani hal qildi. Aynan ularni favorit deb bilaman. Jahon chempioni Janubiy Amerika jamoasi bo'lsa kerak. Evropa jamoalari u qadar yaxshi o'yin ko'rsatishmayapti. Aynan bir jamoani tanlash kerak bo'lsa, men Argentinani tanlayman. Argentinaning esa o'yini ochilib bormoqda, pley-off bosqichida ular yana qo'shishadi, jamoa ham yosh.

- Afrikalik qaysi futbolchini Jahon chempionatida porlab, kelajakda yulduzga aylanadi deb o'ylaysan?

- Aynan bir ismni ayta olmayman. Lekin Gana tarkibida zaxiradan maydonga tushib, o'yinni o'zgartirib yuborgan yosh futbolchi Muhammad Quddusni aytishim mumkin. U juda yosh, uning o'yinga qo'shilishi umumiy kartinani o'zgartirib yubordi. Aynan shu futbolchini kelajakda yulduz futbolchi bo'lishiga ishonaman. Marokashda ham bir yigit bor ekan, u ikkinchi golni urdi. Zakariyo edi esmi, adashmasam. Umuman olganda marokashlik futbolchilarning ko'pi Evropa darajasidagi o'yinchilar va mundialdan so'ng ular Evropa chempionatlariga yo'l olishsa kerak.

- Men muxlislar haqida so'ramoqchi edim. Afrika jamoalarining barchasida fantastik muxlislar bor. Afrika termalari muxlislarining bu qadar ajralib turishiga sabab nima?

- Albatta, masalan Senegal muxlislariga nazar solsak, stadionda xuddi biror musiqiy guruh chiqish qilayotganga o'xshaydi. Futbolchilar ham bu energiyani his qilishlari aniq. Ular raqisga tushishadi, kimdir musiqiy asbob chaladi va hakazo. O'yinchilar bazida muxlislarga qarab qo'yishadi, shunda ular yaxshi atmosferani ko'rsalar, o'yinlari ham ochilib ketadi. Xuddi shuning teskarisi ham bo'lishi mumkin. Agar futbolchilar muxlislar stadionni tark etishayotganini ko'rishsa, o'yinlari tushib ketadi. Men buni Qatar terma jamoasining o'yinlarida o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bu futbol uchun yaxshi emas. Hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar, muxlislar oxirigacha o'z jamoalarin qo'llab-quvvatlashlari kerak. 

- Seni bu erda yaxshi tanishadi, ancha mashhursan. Infantino bilan bo'lgan qiziq voqea haqida aytib bera olasanmi?

- Juda ajoyib bo'lgandi o'shanda. Rossiyaga borganimda hamma mening imidjim va soch turmagimni ko'rib Bob Marliga o'xshatishdi. Meni kim ko'rsa "Bob Marli, Bob Marli" deb chaqiradigan bo'lishdi. Men Efiopiyada sport jurnalistikasidan tashqari, radioda boshlovchilik ham qilaman va faoliyatim musiqa bilan bevosita bog'liq. SHu sababdan menga bu yoqdi. Jahon chempionatida esa Infantino bilan juda qiziq voqea bo'lgandi. Musobaqadagi so'nggi matbuot anjumani va Janni Infantino savollarga javob beryapti. Men ham qo'limni ko'tardim va savol berish imkoniyatiga ega bo'ldim. Savol berayotganimda u meni qaerda ekanligimni qidirdi. Meni topishi bilan yuziga tabassum yugurdi va tashqi ko'rinishim va soch turmagimni ko'rib "Bob Marli?" dedi. Zalda hamma kulib yubordi. Matbuot anjumanidan keyin juda katta jurnalistlar yonimga kelishdi va Infantinoning gaplaridan hafa bo'lmadingmi deb so'rashdi. Ular  FIFA prezidenti seni ustingdan kuldi deya, bundan xabar yasab yuborishmoqchi edi. Rossiyada meni ko'rgan hamma Bob Marli deb atayotgandi, nega Infantinoga bu mumkin emas? (kuladi)

Janni Infantining qahramonizni Bob Marli deb atagan vaziyati:



- O'zbekiston haqida eshitganmisan?

- To'g'risini aytsam, yo'q. Sen tufayli endi O'zbekiston haqida bilaman. Jahon chempionatining asosiy falsafasi ham shunda. Mundial hammani birlashtiradi. Agar adashmayotgan bo'lsam, Rossiyaga borganimda o'zbekistonliklarni uchratgandim, ammo menda bu mamlakat haqida aniq malumot yo'q edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика