So’nggi yangiliklar

21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  0 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  0 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  1 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  9 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  81 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  3 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  3

Yangi mavsumga tayyorgarlik, legionerlar masalasi, vazifalar borasida SHerali Boboqulov bilan suhbat Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlik, legionerlar masalasi, vazifalar borasida SHerali Boboqulov bilan suhbat

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “So'g'diyona” ayollar jamoasi mamlakat chempioni va kubogi sohibiga aylandi.

2022 yilda ushbu jamoa xalqaro maydonda to'p tepadi hamda ichki chempionatda g'oliblikni saqlab qolishga intiladi. Biz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan jizzaxliklar bosh murabbiyi SHerali Boboqulov bilan suhbatlashdik. 

TAYYORGARLIK JARAYONI BORASIDA

- 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 5 yanvar kunidan Jizzaxda boshladik. Dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarimiz 16 yanvar kuniga qadar davom etadi. Keyingi tayyorgarlik rejalarimizni ham ishlab chiqqanmiz. Unga ko'ra, 19 -30 yanvar hamda 3 - 14 fevral kunlari Jizzaxda yig'in olib boramiz. So'ngra o'quv-yig'inimizni 16-26 fevralda Toshkentda davom ettiramiz. Mana shu yig'inda 3 ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirganmiz.  

SHuningdek, 1-9 mart kunlari Turkiya davlatida klublar o'rtasida xalqaro turnirda ishtirok etish uchun taklif olganmiz. Biroq mana bu musobaqada ishtirok etish yoki etmasligimiz OFKning bu yilgi o'tkaziladigan Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasini o'tkazish rejasiga bog'liq bo'lib turibdi. Yaqin orada bu masalaga oydinlik kiritamiz.

TARKIBDAGI O'ZGARISHLAR TO'G'RISIDA

- Jamoadan ketganlar bo'yicha malumot beradigan bo'lsam, Maxliyo Sarikova, Yulduz SHodieva, Maxliyo Nazarqulova va Nasiba Xojieva bilan xayrlashdik. Ketganlarning o'rnini to'ldirish bo'yicha selekciya ishlarini olib bormoqdamiz va tez orada kimlar bilan kelishuvga erishganimiz bo'yicha rasmiy malumotlarni taqdim qilamiz.

LEGIONERLAR XUSUSIDA

- Bu borada ayni vaqtda muzokaralar olib boryapmiz, chunki o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan so'ng legionerlarimizning talablari oshgan. SHunga monand takliflari ham bo'lsa kerak. Balki yangi legioner qizlarni taklif qilishimiz ham mumkin. 

YANGI MAVSUMDAGI VAZIFALAR HAQIDA

- Maqsadimiz hamisha yuqori bo'lib kelgan, chunki jamoa bosqichma-bosqich o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelmoqda. Bu yil ichki chempionatda ham, xalqaro maydonda ham munosib ishtirok etib, yuqori o'rinlarni egallamoqchimiz. Bunga jamoani ichki imkoniyati va salohiyati etadi. SHu darajaga chiqa oldikmi, demak, ortga yo'l yo'q. SHu o'rinda bizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliev, jamoamiz rahbariyati va asosiy homiymiz bo'lgan “Silverleafe” kompaniyasi bosh direktori janob Den Pettersonga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 

Maqsadimiz – xalqaro va ichki maydonda muvaffaqiyatga erishish. Bu yo'lda allaqachon tayyorgarlikni boshlab yubordik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика