So’nggi yangiliklar

02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  0 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  21 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  0 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  0 00:35Файзуллаев гол урди, бироқ ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:33Эрон. Машарипов гол урган баҳсда "Истиқлол" ғалабага эришди  1 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  7 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  8 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  15 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  22 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  11 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  12

4-3-3 sxemasi, bolalarga 11 ga 11 o'ynashning taqiqlanishi, maktablarga yo'naltirilgan pullar - Belgiya qanday qilib eng yaxshi terma jamoaga aylandi? Yangiliklar

4-3-3 sxemasi, bolalarga 11 ga 11 o'ynashning taqiqlanishi, maktablarga yo'naltirilgan pullar - Belgiya qanday qilib eng yaxshi terma jamoaga aylandi?

Bundan atigi 20 yil oldin belgiyaliklar futbolda rossiyaliklardan ham yomonroq edi.

Hozir Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi, uning “oltin avlodi” esa qatorasiga to'rtinchi yirik xalqaro turnirda g'olib chiqishga davogarlik qilmoqda. Unutmaslik kerakki, mamlakat aholisi bor-yo'g'i 12 million kishi(!)ni tashkil qiladi. 

Belgiyaliklar har doim ham yaxshi holatda bo'lishmagan. Bundan 20 yil avval Belgiya futboli inqirozga yuz tutgan, ularning jamoasi reytingda Rossiyadan pastroqda, 28-o'rinda edi. 

Yoshlar futbolini modernizaciya qilishga qaratilgan irodali qarorlar tufayli vaziyat tezda o'nglandi.

"BELGIYA FUTBOLI DARAJASIDAN HAYRATDA QOLDIK"

1986 yilda Belgiya terma jamoasi Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatining yarim finaliga qadar etib bordi va unda musobaqaning bo'lajak g'olibi Argentinaga yutqazdi (Diego Maradonada dubl) va uchinchi o'rin uchun bahsda Franciyaga mag'lub bo'ldi. Undan olti yil burun belgiyaliklar Italiyada bo'lib o'tgan Evropa chempionati finaliga qadar etib borib, GFRga mag'lub bo'lgandi. Ammo jamoaning jahon chempionatidagi katta muvaffaqiyati eng katta samara berdi.

Biroq shundan so'ng Belgiya futboli inqirozga yuz tutdi. Jamoa ketma-ket ikkita Evropa chempionatini o'tkazib yubordi, 1994 yil AQSHda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 1/8 finalda to'xtadi, Franciyadagi JCHda guruhdan chiqolmadi. Vaziyat 2000 yilda Belgiya Niderlandiya bilan birgalikda mezbonlik qilgan Evropa chempionatida avj pallasiga etib keldi. Belgiyaliklar guruhdan chiqishni uddalay olishmadi. O'z maydonidagi qo'llab-quvvatlashlarga qaramasdan, ularning Turkiyaga kuchlari etmadi. SHunday qilib, Belgiya jahon va Evropa chempionatlari tarixida turnirni guruh bosqichidayoq yakunlagan birinchi mezbon davlatga aylandi.

O'z ona jamoasining sharmandali natijalarini Bryusseldagi stadion tribunasida 1986 yildan 1994 yilgacha Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan Mishel Sablon bevosita kuzatib bordi. Ko'p o'tmay, unga futbol assosiasiyasi prezidenti va FIFA ijroiya qo'mitasining amaldagi azosi Mishel D'Xug qo'ng'iroq qilib, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishni va unga associaciyaning texnik direktori lavozimini taklif qildi. Sablon rozilik berdi.

"Belgiya futboli darajasidan hayratda edik.  U-17, U-18 va U-19 jamoalari ko'rib chiqilganda ham nimadir tubdan noto'g'ri ekanligi ko'rinib turardi. Gap nafaqat natijalar, balki o'yin sifati haqida edi. Bu futbolimizda o'zgarishlar qilish zarurlidan dalolat berardi. SHundan keyin deyarli hamma narsani o'zgartirdik", – deb eslaydi Sablon.

"BIZDA DALILLAR, RAQAMLAR BOR EDI"

Sablon sobiq futbolchi, ikkinchi divizion murabbiyi, shuningdek, Lyoven universiteti professori – Verner Xelsen bilan uchrashdi. Xelsenga Belgiyadagi eng yaxshi o'yin modelini aniqlash uchun bolalar futboli bo'yicha keng ko'lamli tadqiqot o'tkazish taklif qilindi.

Professor olti talaba bilan birgalikda turli yosh guruhlari o'yinlarining 1500 soatlik videoyozuvlarini tahlil qildi. Qisqa va uzun paslar, har bir futbolchining to'pga teginishlari soni, maydondagi joylashuv kabi jihatlarga alohida etibor qaratildi. 

"Natijalar odamni esankiratib qo'yadigan darajada bo'ldi. Mana nima uchun hammasini ilmiy tahlildan boshlagandik. Sakkiz yoshli bola yarim soatlik o'yinda bor-yo'g'i ikki marta to'pga tegishi haqidagi statistik malumotlarni klublarga ko'rsatsak, hech kim buni yaxshi hol demasligi aniq. Bizda bunga dalillar, raqamlar bor edi", – deydi Sablon.

Xelsenning o'rganishlari chuqurroq yondashuvni talab qildi. Sablon 70 dan ortiq kishidan iborat ishchi guruh (futbol mutaxassislari, murabbiylar, akademiyalar direktorlari, jismoniy rivojlanish bilan shug'ullanuvchi olimlar, psixologlar)ni bir maqsad yo'lida birlashtirdi. Asta-sekin Mishel Belgiya futbolini jonlantirish uchun harakat rejasini tuzdi.

4-3-3 SXEMASIGA OMAMIY RAVISHDA O'TISH

Sablon bilan birgalikda yoshlar murabbiylari Bob Braueys, Erik Abrams, Mark van Girs va Belgiya qirollik futbol associaciyasi murabbiylar tayyorlash direktori Kris van der Xegen inqilob yaratishga kirishdilar. Ular birinchi muammoni foydalanilgan sxema va o'yin uslubida ko'rdilar. Avvalroq Belgiya ko'proq himoyalanib, qarshi hujumga o'tib, 4-4-2 yoki hatto 3-5-2 sxemasida o'ynagan. "Belgiya eski va ibtidoiy futbol o'ynardi. 4-4-2 yoki 3-5-2 bilan siz yuguruvchilar va ishchi otlarni yaratishga moyil bo'lasiz", – deydi Braueys.

Ishchi guruh Niderlandiya, Franciya, Ispaniya, shuningdek, “Barselona” va “Ayaks” jamoalarining mashg'ulot uslublarini o'rganib chiqdi va u erdagi barcha yoshlar jamoalari 4-3-3 sxemasida o'ynaganiga guvoh bo'ldi. SHundan so'ng Belgiya terma jamoasining barcha yosh toifalarida xuddi shu narsani joriy etishga qaror qilindi. Zamonaviyroq sxemaga o'tish yangi turdagi o'yinchilarni kashf qilishni va ijobiy natijalarga erishishni ham nazarda tutgan. "4-3-3 kelajak futbolchisini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega edi. Turli o'yin tizimlarini baholab chiqilgach, u eng samaralisi bo'lib chiqdi. Sizda orqada to'rtta himoyachi, himoya va hujumga ixtisoslashgan yarim himoya uchburchagi, markaziy hujumchi va dribling qilish muhim ahamiyat kasb etuvchi ikki qanot hujumchisi bo'ladi", – deydi Sablon.

Ular uchun 4-3-3 hududiy futbol bilan uzviy bog'liq edi – bu koncepciya maydonning oxirgi uchdan bir qismida raqib ustidan ustunlikni, himoyadan hujumga tez o'tishni va barcha o'yinchilar o'rtasida yuk(og'irlik)ni bir xil taqsimlashni nazarda tutadi. 

"Bu istiqbolli qaror edi. 4-3-3 o'yinchilarning individual mahoratini rivojlantirish uchun barcha talablarga javob beradi. Agar yosh futbolchilar shaxsiy qo'riqlash (opeka)dan foydalansa, bu taktik jihatdan nimani anglatadi? U faqat bitta o'yinchini butun o'yin davomida kuzatadi. Hududlar bo'yicha o'ynasangiz, raqibga va o'yin holatiga nisbatan o'zingizni qanday qilib to'g'ri joylashtirish haqida ko'proq o'ylashingizga to'g'ri keladi", – deydi Braueys.

Ishchi guruh maxsus risola yaratdi va u nafaqat milliy terma jamoalar murabbiylariga, balki butun mamlakat bo'ylab boshqa yoshlar jamoalariga ham yuborildi. Risolada har bir o'yinchi tizim bilan tanish bo'lishi uchun yangi sxemani qanday joriy etish kerakligi ko'rsatib o'tilgan. Biroq barcha murabbiylarni birdaniga qayta o'rganishga majbur qilish oson bo'lmadi. Yangi sxema joriy etilgandan so'ng yoshlar jamoasi dastlabki o'yinlaridan birini 1:6 hisobida yutqazdi. "Hatto associaciyada bazilar buni falokat deb aytishdi. Lekin biz etiroz bildirdik: "Yo'q, shoshilmang. Mana ko'rasiz, siz taraqqiyotning guvohi bo'lasiz". To'rt yil o'tgach, biz Evropaning U-17 va U-19 jamoalari o'ntaligiga kirdik, garchi biz bunday maqsadni o'z oldimizga qo'ymagan bo'lsak ham", – deb eslaydi oxir-oqibat haq bo'lib chiqqan Sablon.

Yana bitta princip bo'lmasa, kuchli beshlikka kirishlari mumkin edi. 2009 yili U-17 terma jamoasi Eden Azar saviyasidagi futbolchilar U-19 ga o'tib ketgani bois Evropa chempionati finaliga chiqa olmadi. Agar futbolchi yoshi kattaroq jamoaga o'tsa, u boshqa tengdoshlari safiga qaytmaydi. Ularga ortga qaytish yo'qligi haqida tushuncha berildi. 

"O'yinchi yuqori saviyadagi musobaqaga tayyor bo'lishi bilan biz uni unga undaymiz. Biz uning orqaga qaytishiga yo'l qo'ymaymiz, chunki yuqori darajadagi jamoada uning muvaffaqiyati sezilarli bo'ladi. Aks holda, u hech narsani o'rganmagan bo'lardi. Barcha darajadagi asosiy maqsadimiz – sifatli katta o'yinchini yaratish", – deydi Sablon. 

Barcha maktablar ham sxemadan foydalangani yo'q. Masalan, "Anderlext"dashilar 3-4-3 da o'ynaydi, lekin o'z poziciyasini tushuntirib beradi. Klub akademiyasi o'yinchilari o'yin davomida 70% to'pga egalik qilshini istaydi. Balki to'rt nafar himoyachi bilan o'ynashsa, o'z shogirdlariga erta yoshda qulay sharoit yaratib berishardi. Uchta himoyachi bilan o'ynash vazifani murakkablashtiradi. SHuningdek, "Anderlext"da 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga to'p olib qo'yish taqiqlanadi. Ularga raqibning hujumlarini faqat to'g'ri joylashuv va to'p yo'liga g'ov bo'lish orqaligina uni to'xtatishga ruxsat beriladi. Bu o'yinchilarning texnikasini rivojlantirishga yordam beradi.

BOR E'TIBOR BIR ONLIK NATIJAGA EMAS, MAHORATNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILADI

Ilmiy tadqiqot natijalaridan biri sifatida manosiz o'yinlar va turnirlardagi bir lahzalik g'alabalarga juda ko'p urg'u berilganligi takidlangan. Yosh futbolchilarning rivojlanishi esa etarli darajada emas. Sablon butun mamlakat bo'ylab murabbiylar va maktab rahbarlari bilan har biri to'rt soat davom etgan 200 dan ortiq uchrashuvlar tashkil qildi. Ularda mutaxassis taqdimotlar yordamida yangi usullar haqida gapirdi, keyin esa maydonda hammasini ko'rsatib berdi. Va har gal Mishel shunday degan edi: "Agar siz har bir o'yinda qayta-qayta g'alaba qozonishni maqsad qilib qo'ysangiz, unda bolalar futbolidagi faoliyatingizni yakunlang. Borib, baliq ovidan zavqlaning".

Uchrashuvlarning birida u 7-8 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida bo'lib o'tayotgan musobaqa jadvalidagi holatni ko'rib, g'azablandi. U ushbu yosh bosqichida jadvallar xato ekanligini tushuntirmaguncha taqdimotni boshlashdan bosh tortdi. Yangi dasturga ko'ra, futbolchilar birinchi navbatda texnik, keyin esa taktik asoslarga ega bo'lishlari, shundan keyingina jamoaviy taktikani o'zlashtirishlari lozim edi.

SHuningdek, yangi istedodlarni izlash uchun olti yo'nalishdan iborat ro'yxat ishlab chiqilgan. "Men skautlik qilganimda, g'alabaga chanqoqlik, ruhiy barqarorlik, individuallik, "portlash" xislati, o'yinni tushunish, to'p va tanani boshqarish kabi xususiyatlarni inobatga olaman", – deb tushuntiradi Abrams. Mutaxassis g'oliblik mentalitetini asosiy mezon deb ataydi. O'yinchi kuchayish uchun harakat qilyaptimi yoki yo'qligi muhim.

“Futbolchi nihoyatda iqtidorli bo'lishi mumkin, lekin u bu sifatsiz elitaga kira olmaydi. Bu bilan u jamoaning eng yaxshi futbolchisi ham bo'lmasligi mumkin. Hammasi o'yinlar natijalarida emas, balki potencial va harakatda", – deydi Abrams. 

U birinchilardan bo'lib hozirda Belgiya terma jamoasining asosiy yulduzi va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan – Kevin de Bryuynening fantastik salohiyatini payqagan. "16 yoshida u o'yinni boshqalarga qaraganda uch barobar tezroq o'qirdi", – deb tushuntirdi Abrams.

11 GA 11 O'YNASHDAN VOZ KECHISH

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 11 ga 11 o'yinlarda yosh futbolchilar butun o'yinda faqat ikki marta to'pga tegishi mumkin. Yani, futbolchi aslida futbol o'ynamaydi, 90 daqiqa davomida maydon bo'ylab maqsadsiz kezib yuradi. Buni ham tuzatish shart edi.

Sakkiz yoshgacha bo'lgan bolalar 5 ga 5, keyin 8 ga 8 o'ynashni boshladilar va 12 yoshga to'lgandan keyingina – 11 ga 11. SHunday qilib, ular dribling, zarba va diagonal pasni yaxshi rivojlantirdilar. "Futbolchilarimiz to'rt-besh yoshdan o'ynay boshlaydi. Ularga erkinlik berib, bemalol o'ynashlariga imkon yaratish juda muhim. Birinchidan, futbol ular uchun doimiy mashg'ulotlar bo'lib qolmasligi va qiziqarli bo'lishi kerak. Keyin driblingni o'rgatishni boshlaymiz. Ular pas berish ko'nikmasini eshallashdan oldin, avvalo, to'p bilan harakatlanishni o'zlashtirishlari kerak. Va shundan keyingina ular ikki tomonlama o'ynashni boshlashadi", – deydi Sablon.

2014 yilda 6-7 yoshli bolalarga 2 ga 2 o'ynash taklif qilingan edi. Mutaxassislar 5 ga 5 o'ynalganda, endigina futbol o'ynay boshlagan bola futbolni yaxshiroq o'ynaydigan tengquri orasida o'zini ko'rsata olmasligi mumkinligini tushunishgan. Unga hali zarur ko'nikmalarni egallash uchun vaqt kerak bo'ladi. SHu sababli oraliq bosqich ixtiro qilindi, bu esa o'yinchilarni futbolga emas, aksincha, futbolni o'yinchilarga moslashtirishga imkon berdi.

"Bu yoshda ular o'zlashtirishga tayyor bo'lgan mahoratlar – bu dribling va zarba", – deydi van Xagen. "Bu yosh bolalarning psixologik va aqliy imkoniyatlariga mos keladi, chunki bu yoshda ular o'zini o'zi o'ylaydilar. Ular qachon dribling qilish, qachon pas berishni bilish uchun zarur bo'lgan murakkab qarorlarni qabul qila olishmaydi.

Bazi ota-onalar dastlab g'azablanishdi va bizni aqldan ozgan deb o'ylashdi. Ular futbol jamoaviy o'yin, deb baqirishdi. Bir necha oy o'tgach, ulardan biri menga SMS yubordi: "Kris, endi men hammasini tushundim. Bugun o'g'lim 4 ta gol urdi. O'tgan yili u butun mavsum davomida birorta ham gol ura olmagandi".

HUKUMAT YORDAMI

Belgiya futboli yangi usullardan tashqari davlatdan ham yordam oldi. Axir, mamlakat Evroni o'zida o'tkazish hisobiga yaxshi daromadga ega bo'ldi. Sablon bu pulning bir qismini yoshlar rivojlanishiga sarflashni talab qildi. Tyubize shahrida yangi milliy futbol markazi qurildi. Federaciya buni bepul qilganidan so'ng murabbiylik kurslariga hujjat topshirganlar soni o'n barobar oshdi.

Florida universiteti psixologi Anders Eriksson Berlin musiqa akademiyasining eng yaxshi musiqachilari xalqaro sahnaga chiqishdan oldin necha soat mashq qilganliklarini o'rganib chiqdi. U 10 000 soatlik qoidani ishlab chiqdi va Sablon birinchi bo'lib uni futbolga moslashtirdi.

"10 ming soat minimal raqam ekanligi aniq. Ammo buni klublardagi mashg'ulotlarga qiyoslasangiz, yosh futbolchilar haftasiga atigi 10-12 soat mashg'ulot o'tkazganliklarini tushunasiz. Istalgan natijaga erishish uchun siz haftasiga kamida 20 soat mashq qilishingiz kerak", – deydi Mishel.

Belgiya hukumati butun mamlakat bo'ylab sakkizta markazlashtirilgan futbol maktablarini qurish uchun millionlab sarmoya kiritdi. Mashg'ulotlar dasturi doirasida ular 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan eng iqtidorli sportchilarga haftasiga to'rt marta ikki soatdan qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazishdi. Masalan, de Bryuyne, Tibo Kurtua, Aksel Vitsel, Dris Mertens, Simon Minole, Naser SHadli shunday maktablar imtihonidan o'tgan – ularning barchasi terma jamoaning bo'lajak Evro uchun qaydnomasida.

Biroq boshqa misollar ham bor. "Anderlext" 2007 yilda shunga o'xshash loyiha masalasida Bryusseldagi ikkita maktab bilan hamkorlik qilishni boshlagan. Hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri – Romelu Lukaku ulardan birining bitiruvchisi. SHu bilan birga, "Anderlext" o'quvchilarning umumiy bilimiga, talimiga ham etibor beradi. Futbolchilar o'z baholarini yaxshilamaguncha mashg'ulotlarga kirishishlari mumkin emas.

"Bizda 6 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan 220 nafar yigit professional faoliyatlarini yo'lga qo'yishni orzu qilishadi.

Ulardan qanchasi haqiqatan ham professional bo'ladi? Maksimum 10 foizi. Biz ularga bu sodir bo'lmagan taqdirda ular maktabda olgan bilimlari bilan ish topishlari mumkinligini va inlettektual rivojlangan shaxs bo'lishlarini tushuntiramiz", – deydi "Anderlext"ning bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha direktori Jan Kindermans.

2012 yilda o'z vazifasini bajarib bo'lgan Sablon Belgiya futbolini tark etdi. U olti yil davomida Singapur futbol federaciyasida ishladi, hozir esa nafaqada. Belgiyaliklarning hozirgi “oltin avlodi” hozircha JCH-2018 "bronza medali"ni qo'lga kiritdi. Yangi de Bryuyne va Azarlar hali ufqda ko'rinish bermadi. Ammo shubhasiz, bunday yuqori sifatli tizim orqali hali ko'p iqtidorlar kashf etiladi.

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика