So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  1 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Musobaqaga tayyorgarlik, raqiblardan ishtirok eta olmasligi, asosiy maqsad borasida “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov bilan suhbat Yangiliklar

Musobaqaga tayyorgarlik, raqiblardan ishtirok eta olmasligi, asosiy maqsad borasida “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov bilan suhbat

Xabaringiz bor, Jizzaxning “So'g'diyona” ayollar jamoasi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.

Kutilmaganda, Hindiston klubiga qo'yilgan taqiq sabab ular ishtirok etmasligi oydinlashdi. Endilikda jizzaxliklar Eronning “Bam Xatun” klubi bilan ikki bahsda maydonga tushadi. Mazkur o'yinlar oldidan “So'g'diyona-W” jamoasi bosh murabbiyi SHerali Babakulov fikrlariga quloq tutdik. 

- SHerali aka, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ishlari qay tariqa ketmoqda?

- Bu musobaqaga tayyorgarlik o'tgan yildan boshlangan desam bo'ladi. CHunki Osiyo chempionatida ishtirok etishimiz aniq bo'lgach, tayyorgarlikni chempionat bahslari orqali davom ettirib kelyapmiz. Mamlakatimizdagi eng yaxshi ayol futbolchilarini jamoaga jalb qildik. O'tgan yili jamoada o'ynagan legionerlarga javob berdik. CHunki ayrimlaridan ko'nglimiz to'ldi, ayrimlaridan esa yo'q. Qolaversa, moliyaviy talablari ham borligini inobatga olib, ko'proq mahalliy ayollarga etibor berdik. Tayyorgarligimiz rejadagidek o'tdi. Milliy chempionatda o'ynab kelyapmiz. Xorijda yig'in tashkil qilishimiz lozim edi. Afsuski, o'xshamay qoldi. SHunga qaramay, mazkur o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 16 avgust kuni Qarshiga etib keldik va bu erdagi mashg'ulotlarga astoydil kirishdik. 20 va 23 avgust kuni o'tkaziladigan o'yinlarga yaxshi holatda bo'lishga intilmoqdamiz. 

- O'yinlar Jizzaxda emas, Qarshida bo'lishi qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- OFK musobaqani O'zbekistonga o'tkazishini takidlaganidan keyin, mezbonlikni Jizzaxda o'tkazish bo'yicha taklif bilan chiqqan edik. Bilasiz, OFKning ham o'ziga yarasha talablari bor. Yani, maydon, mashg'ulot o'tkazish uchun qo'shimcha maydonlar, mehmonxona va boshqa jihatlari hisobga olinadi. Balki, bu kabi jihatlar Jizzaxda kamroq bo'lgani sabab, Qarshida bo'lishi aytildi. Jizzaxda o'tkazilganida, balki  muxlislarimiz daldasi muhim o'rin tutgan bo'lardi. Lekin biz bundan hafa emasmiz, qiyinchilik tug'dirmaydi. Har holda o'yinlar yurtimizda o'tadi. TV orqali bahslar olib ko'rsatiladi degan umiddaman. Bu esa futbolchi qizlarimizga yanada dalda bo'ladi. 

- Bu qarorga kelinishi sizni hafa qilmadimi?

- Klub rahbariyati mezbonlikni o'zimizda o'tkazish bo'yicha qattiq ishladi. Lekin buni imkoniyati bo'lmadi. Qolaversa, Iordaniya va Hindiston klublari musobaqada ishtirok eta olmasligini vaqtliroq bilganimizda, balki Eron klubiga qarshi kechadigan bellashuvlarni Jizzaxda o'tkazishimiz mumkin edi. Mayli, nima bo'lsa ham, ijobiy natija ko'rsatishimiz lozim. Muxlislarimiz qarshisida o'ynash yaxshi bo'lishini aytib o'tdim. SHunga qaramay, Qarshida muxlislarni quvontiradigan natija ko'rsatishimiz va keyingi bosqichga chiqishimiz shart. 

- Hindiston klubini musobaqada ishtirok eta olmasligi, sizni rejalaringizni qay darajada o'zgartirdi?

- Musobaqada kimlarga qarshi o'ynashimiz aniq bo'lganidan keyin, raqiblarni o'rganishni boshlagandik. SHunga monand rejalar qilgandik. CHindan ham Hindiston klubida yaxshi futbolchilar to'plagandi. Tarkibida 4 nafar legioner bo'lib, ular o'tgan yili “Bunyodkor” ayollari ustidan ham g'alaba qozongandi. Bir so'z bilan aytganda, guruhdagi eng kuchli raqiblardan biri edi. Ularning ishtirok etmasligi, rejalarimizga qattiq tasir qilmagan bo'lsa-da, kayfiyatni tushishiga to'g'ri keldi. Biz oxirgi kunga qadar FIFA tomonidan qo'yilgan cheklov bekor bo'lishi va “Gokulam”ning ishtirok etishini kutgandik. Afsuski, baribir qaror o'zgarishsiz qoldi. Tan olish kerakki, Iordaniya, Eron va Hindiston klublari bilan o'yinlar orqali xalqaro maydondagi holatimizni tekshirib olishni maqsad qilgandik. 

- Eronning “Bam Xatun” klubi haqida fikringiz qanday?

- To'g'risi, bu jamoa haqida ko'p malumotga ega emasmiz. Bilganimiz shuki, ular musobaqa oldidan Qozog'istonda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazgan. Ikki o'rtoqlik bahsida bir g'alaba, bir mag'lubiyatga uchragan. Tarkibda tajribali futbolchilari bor. Eron ayollar futbolining falsafasidan kelib chiqib, raqibni o'rgandik. Ikki o'yin ham qiyin kechadi, biz esa ularda ijobiy natijaga erishishni maqsad qilganmiz. 

- “So'g'diyona-W” jamoasi o'z oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Bilasizmi, musobaqada ishtirok etishimiz aniq bo'lganidan keyin rahbariyat aniq maqsadlar belgiladi. O'zim ham murabbiy sifatida guruhni peshqadam sifatida yakunlanshi istayman. Agar biz uni uddalasak, oktyabr oyida boshqa guruhdagi jamoaga qarshi bahsda maydonga chiqamiz. Davralar oralig'ida biz tarkibga yaponiyalik va gruziyalik legionerlarni qo'shib oldik. Xalqaro maydonda ko'rsatadigan natijalarimiz orqali O'zbekistonda ayollar futboliga etibor qay darajada ekanini ko'rsatishni istaymiz. Bu orqali yurtimizda ayollar futboli ham rivojlanishiga yordam bergan bo'lamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика