So’nggi yangiliklar

10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  2 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  29 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  14 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  3 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1

SHerali Boboqulov: "Oldimizda katta maqsadlar turibdi, ishlashda davom etamiz" Yangiliklar

SHerali Boboqulov: "Oldimizda katta maqsadlar turibdi, ishlashda davom etamiz"

“So'g'diyona-W” klubi bosh murabbiyi SHerali Boboqulov O'zbekiston klubi finalidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor “So'g'diyona” futbol klubi muhlislarini, butun Jizzax xalqini, viloyatimiz rahbarini, homiylarimizni bu yilgi muvaffaqiyatli mavsum bilan tabriklayman. 

“Bunyodkor-W” bejizga chempion jamoa emasligini isbotladi. Bu mavsumda uch marta to'qnash keldik, ular mag'lubiyatga uchramadi. Futbolchilarimda o'ziga bo'lgan ishonch katta edi, g'alabaga chanqoqlik bor edi. Ohirgi o'yinimiz ham Oliy liga doirasida “qaldirg'ochlar”ga qarshi kechdi. 4 kun tayyorgarlik ko'rdik: ham jismonan, ham ruhan. Bor kuchimizni berdik, maksimumimizni ko'rsatdik. O'yinda jamoamiz juda katta ustunlikka ega bo'ldi. Ko'p golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Barchasini ruhiyat bilan bog'layman. 

Oldimizda katta maqsadlar turibdi, ishlashda davom etamiz. 

Mumuni qanchalik iqtidorli futbolchi bo'lmasin, unga kubok finali ekanligi bosim o'tkazdi. 

Karachikning yo'qligi, Nozimovaning qizil kartochka olib, jamoasiga yordam bera olmaganligi balki raqibimizga kuch bermagandir. Lekin uydagi o'yinimizda “Bunyodkor-W”ga qarshi bizda ham beshta asosiy o'yinchimiz o'ynamadi, Mahliyo Sarikova va Iroda Turdalieva bugun jarohat bilan maydonga tushdi. Bu futbol, jarohatlar kutilgan holat. Jamoa bir tan bo'lib harakat qilishi lozim. 

Rejamizda dekabrning so'nggi kunlarida bir haftalik yig'in o'tkazamiz. Jamoani o'zagini saqlab qolish niyatidamiz. Kimdirlar bilan hayrlashishga to'g'ri keladi. 80% qizlarning shartnoma muddati tugagani yo'q. Selekciya ishlarini olib boramiz. Nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham munosib ishtirok etishimiz lozim. 

Legionerlarimiz bilan shartnoma muddati tugagan. Albatta ular bilan muzokaralar olib boramiz. Klub rahbariyati bilan gaplashib, ohirgi to'xtamga kelamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика