Jamshid Saidov: "Juda yomon o'ynadik"
29 okt 2020 17:47
Yangiliklar


Jamshid Saidov: "Juda yomon o'ynadik"
O'zbekiston Superligasi 21-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Sug'diyona"(2:5) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nima deyishni ham bilmayman. Ko'p gol o'tkazib yubordik. O'yinni tahlil qilib chiqamiz va xatolar ustida ishlaymiz.
Aziz Ibragimov va Maksimilyan Fominda jarohat bor. SHu sababli ular biz bilan birga emas. Umid qilamanki keyingi turga qadar safimizga qaytishadi. Tabiiyki, bugun himoyada yomon o'ynadik. Birinchi goldan so'ng yana o'tkazib yubordik. Umuman olganda yomon o'ynadik.
Odatda himoyaga etibor berib qarshi hujumda o'ynayotgandik. Bugun esa ochiq futbol ko'rdik",- deydi Jamshid Saidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar