So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Jamshid Saidov: "Dinamo"da xavfli futbolchi faqat Kojo emas" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Dinamo"da xavfli futbolchi faqat Kojo emas"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinni ko'rdinglar, jamoamiz qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qildi. Tezkor gol, ikkita penalti natijaga bevosita tasir ko'rsatdi. Navoiydan kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman va uzr so'rayman.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni qay darajada kuchaytirishdi?

- SHahboz Jo'rabekov jarohat oldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar harakat qilishdi. Biroq, yosh futbolchilarga ayrim vaziyatlarda tajriba etmagan bo'lishi mumkin.

- "Dinamo" ketma-ket durang natijalar qayd etayotgandi. Jamoani o'yindan oldin o'rganib chiqilganmidi?

- Albatta o'rganamiz. "Dinamo" himoyada yaxshi o'yin ko'rsatadi. SHuningdek, jamoa qarshi hujumlarda ham xavfli. Hozir barcha jamoalar kim qanday o'ynashini yaxshi biladi.

- "Dinamo" to'purari Kojo uchun kimnidir personal biriktirganmidingiz?

- "Dinamo"da faqat Kojo emas, Hojimirzaev ham xavfli. Bizda ularni yopish uchun rejalar bor edi, o'xshamadi. Ikkita penalti o'yin natijasiga tasir ko'rsatmay qolishi qiyin.

- "Qizilqum" ham "Dinamo" kabi o'z maydonida o'ynamayapti. Bu holat natijaga tasir ko'rsatadimi?

- Ha, bu biz uchun qiyinchilik tug'dirayapti. Uzoq yo'l bosib kelib, o'ynashga majburmiz. Har bitta o'yinga safar uchrashuvi sifatida qaralsa ham bo'laveradi. Muxlislar uchun ham bu holat qiyinchilik tug'dirayapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика