So’nggi yangiliklar

13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  3 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  1 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  6 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  1 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  2 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0

Jamshid Saidov: "Bizni elitadan chiqarib yuborishga shoshilmang" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Bizni elitadan chiqarib yuborishga shoshilmang"

“Buxoro”-“Andijon” (2:1) uchrashuvi yakunlangach, matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Uning ikkinchi qismida “Buxoro” bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi.

“O'yinimiz yomon chiqmadi. Juda hayajonli uchrashuv guvohiga aylandik. Afsus yana o'sha holat, imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmayapmiz. SHuncha golli vaziyatlarni vujudga keltirib, faqatgina ikkita gol bilan cheklanib qoldik. Futboldagi “sen urmasang, senga urishadi” naqli bugun yana isbotini topishiga oz qoldi. Xudoga shukr, g'alaba qozona oldik, nasib qilsa bu so'nggi g'alaba bo'lib qolmaydi. Futbolchilar endi-endi o'zlariga ishonishni boshlashdi. SHuncha mag'lubiyatlardan so'ng, “Nasaf” bilan durang o'yin oz bo'lsada, futbolchilarni ruhan tetiklashtirdi. Bugungi g'alabadan so'ng o'ylayman-ki, futbolchilarimiz hali bundan-da ko'proq narsalarga qodir ekanliklarini tushunib etishadi. Futbolchilarimiz har bir o'yinga, so'nggi o'yinga tushganday tayyorgarlik ko'rishsa agar hammasi yaxshi bo'ladi. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimdan minnatdorman.

Afsus, jamoamiz mana necha yildir-ki, faqat oliy ligada jon saqlash uchun kurashmoqda. Bu achinarli holat. Mendan oldin nimalar ro'y bergani menga qorong'u, nasib qilsa biz shu mavsumda maqsadimizga erishsak, kelasi mavsumda bunaqa holatlar bo'lmasligi, jamoaning faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishi uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz.

Ikkinchi davrada jamoaga taklif etilgan barcha futbolchilardan ko'nglimiz to'lmoqda. Asosiysi, futbolchilarimiz bizga ishonishda davom etishsin, biz esa futbolchilarimizga ishonamiz”-dedi Saidov.

-Edgar Gess agan bugun “Buxoro” hatto durang qayd etsa, birinchi ligaga tushib ketadi degan bo'lar edim dedi. Siz bunga qo'shilasizmi?

-Qisman qo'shilar edim. Lekin, bizni muddatdan oldin elitadan chiqarib borishga shoshilmagan bo'lar edim. Hali 10 ta uchrashuv bor. Biz har bir ochko uchun, har bir qarich futbol maydoni uchun “tish-tirnog'imiz” bilan kurashamiz. Bir qarich joyni jangsiz bermaymiz.

-Sizningcha Sardor Qobuljonov to'pga chiqishga xatoga yo'l qo'ymayaptimi?

-O'yin bor joyda xato bo'ladi. Xatoni biz, zahira o'rindig'ida o'tirib qilmaymiz. O'yin paytida har bir futbolchining xatoga yo'l qo'yishi tabiiy.

-Bugun ikkita legionerlarimiz o'ynashmadi.

-Afsus, Georgiev va Antonyuk bir necha uchrashuvlardan beri jamoaga yordam bera olishmayaptilar. Ularda jarohat bor. Keyingi uchrashuvgacha ular tuzalitb ketishlariga umiz qilyapmiz.

-Mahalliy futbolchilar asosiy tarkibga qachon jalb qilinadi?

-Mahaliy futbolchilarimizdan bugungi kunda Suxrob Nematov va Jamoliddin Ubaydullaev asosiy tarkibdan muqim joy egallab bo'lishdi. Yana ikita umidli futbolchilarimiz Jamshid Hasanov va Nozim Umurov tibbiy ko'rikdan yaqindagina qayta o'tishdi va ularga ruxsat endi berildi. Tabiiy-ki, ular asosiy tarkibga kirishga hali tayyor emas. Barcha yig'inda qatnashib mashq olib borgan pallada, ular davolanish bilan band edilar. Endi sekin-sekin ular ham sport formalarini tiklab, tarkibga qo'shilishadi.

"Buxoro" PFK matbuot kotibi Aziz Salixov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика