K-liga. "Seongnam Ilva" mag'lubiyatga uchradi. Iskanderov zaxiradan maydonga tushdi
04 avg 2021 20:05
Yangiliklar
K-liga. "Seongnam Ilva" mag'lubiyatga uchradi. Iskanderov zaxiradan maydonga tushdi
Koreya K-ligasining 16-tur uchrashuvlari doirasida "Poxang Stilers" hamda "Seongnam Ilva" jamoalari bahs olib bordi.
Murosasiz kechga uchrashuvda birgina gol o'yin taqdirini hal qildi. 72-daqiqada Ki-Pyo Kvon mezbonlarga g'alaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
O'zbekistonlik futbolchi Jamshid Iskanderov "Seongnam Ilva" tarkibida 76-daqiqada maydonga tushdi, biroq u ham jamoasiga yordam bera olmadi.
Ayni damda Iskanderov jamoasi Janubiy Koreya chempionatining so'nggi pog'onasida bormoqda.
Pohang Steelers Ki-Pyo Kwon - 72' |
K-League 1 . 16-tur 04/08/2021, 16:30 0
:
1
Tugadi
|
Seongnam FC |
Stadion: Steelyard Stadium, 978 tomoshabin
45'
90'
Fikrlar