Jamshid Iskanderov BAA haqida nimalar dedi?
29 may 15:36
Yangiliklar


Jamshid Iskanderov BAA haqida nimalar dedi?
"90minutuz" podkastining navbatdagi mehmoni O'zbekiston terma jamoasi va "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bo'ldi.
Podkast mualliflaridan biri Mirkomil Musaev tajribali futbolchidan Birlashgan Arab Amirliklari haqidagi tassurotlarini so'radi.
"Birlashgan Arab Amirliklari texnik futbolni yaxshi ko'radi. To'p bilan o'ynab, kombinaciyalar yaratishga urinadi. To'g'ri, safarda bizga oson bo'ladi deb aytolmayman. Biroq biz faqat g'alabani ko'zlab, shundan keyingina natija uchun boramiz.
Hammasini BAAda hal qilib kelganimiz maqul. Ularni yaxshi bilamiz, ammo raqib qandaydir yangilik va ishlanmalar qilib ko'radi. Ular ham bizni yaxshi biladi va shunga qarab tayyorlanadi", – dedi terma jamoa xavbeki Iskanderov.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar