So’nggi yangiliklar

01:25Ўртоқлик ўйини. Боливия U-17 - Ўзбекистон U-17 0:0 (онлайн ҳисоб)  7 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  0 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1

Jamoliddin SHaripov: “Muxlislarimizga katta rahmat” Yangiliklar

Jamoliddin SHaripov: “Muxlislarimizga katta rahmat”

Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionati yarim final bahsida O'zbekiston va Tailand terma jamoalari to'qnash kelishadi.

Biz O'zbekiston terma jamoasi futzalchisi Jamoliddin SHaripovdan o'yindan oldin intervyu oldik.

-  Avvalambor JCHga chiqqaninglar bilan tabriklayman. Bugun Tailand terma jamoasiga qarshi yarim final bahsini o'tkazasizlar. O'yin haqida qanday fikr bildirasiz. Raqib jamoa o'yinini o'rganib chiqtinglarmi?
-  Tailand terma jamoasini yaxshi bilamiz. Murabbiyimiz Xose Mariya Mendez ushbu terma jamoada olti yil faoliyat olib borgan. Qanday o'yin namoyish etishadi, qanday kuchga ega, qaerda qanday harakat qiladi barchasini murabbiyimiz bizga o'rgatib kelyaptilar. Bizning bitta minus tarafimiz Tailand ham bizning murabbiyimizning o'yin uslubini yaxshi biladi. Ular bilan o'yinimiz bir biriga o'xshash deb o'layman. Ularning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Bugungi o'yinga barchamiz tayyormiz.

-  Bugungi o'yindan nimalarni kutyapsiz?
-  Menimcha yarim finalda hech qanday zerikarli o'yin bo'lmaydi. Bugun  jangovar ruhda o'ynaymiz. Muxlislarimizni oldida qarzdormiz desam ham bo'ladi. SHuning uchun bugungi o'yinda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarimizni oltinchi emas, balki ettinchi, sakkizinchi o'yinchi desak ham arziydi. Ular bizga ruhan dalda berishmoqda. Ular bizni qanchalik qo'llab – quvvatlab turishsa biz shunchalik chiroyli o'yin namoyish etamiz. Jamoadoshlarimiz bilan o'zaro kichik majlis o'tkazib bugungi o'yinga xar tomonlama tayyorlanyapmiz. Biz faqat muxlislar uchun maydonga chiqamiz va g'alaba qozonamiz.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика