So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  3 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  28 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  12 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  97 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  13 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

Jamoliddin SHaripov: "Jahon chempionatiga birga chiqamiz va birga boramiz" Yangiliklar

Jamoliddin SHaripov: "Jahon chempionatiga birga chiqamiz va birga boramiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi fevralda Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz 22 va 23 yanvar kunlari Olma-Ota shahrida Qozog'iston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va har ikki bahsda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ana shu ikki uchrashuvdan so'ng terma jamoa hujumchisi Jamoliddin SHaripovdan intervyu oldik.

- Yanvar oyidagi Toshkentda o'tgan yig'in haqida nima deya olasiz? Murabbiylar nimalarga ko'proq ahamiyat berishdi?
- Yanvardagi yig'inda ko'proq taktika, pressing qilish va pressingdan chiqish ustida ishladik. SHuningdek, standartlardan qanday foydalanish borasida ham shug'ullandik.

- Osiyo chempionati guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Hozirgi paytda Osiyoda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q, futzal tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Guruhimizdagi raqiblarga kelsak, Livan terma jamoasi bizga noqulay raqib hisoblanadi, Qirg'iziston esa tayyorgarlikni chet davlatlarda olib bormoqda. Arablarni esa hali yaxshi bilmaymiz, shuning uchun ham ularni kuchsiz deb ayta olmayman.

- Ularni qanchalik o'rgandinglar?
- Hozir raqiblarimizni o'rganib chiqmoqdamiz. Livanda individual jihattan kuchli o'yinchilar ko'p, qo'shnilarimiz esa jamoaviy o'yin ko'rsatishadi. Biz shularga qarshi tayyorgarlik ko'rayapmiz.

- CHempionatni Toshkentda o'tishi sizlarga qanchalik yordam beradi?
- O'z uyimizda o'ynaganimizda muxlislar juda katta yordam beradi. Buni 2010 yilgi Osiyo chempionatida ham ko'rganmiz, bu safar ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini xohlaymiz.

- Qozog'istonga qarshi ikkita o'yin o'tkazildi. Bu o'yinlar jamoamizga qanchalik foydali bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Qozog'iston kuchli terma jamoa, ularning tarkibida mahalliylashtirilgan braziliyaliklar bor. Ayni paytda ular yaxshi formada, bizga ana shunday kuchli jamoalar bilan o'yinlar kerak. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar orqali xatolarimizni ko'rib, ularni to'g'rilashga g'arakat qilamiz.

- Jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezga qanday tarif bera olasiz? Uning o'zgacha jihatlari bormi?
- Mendez juda kuchli mutaxassis, har bir narsaga ahamiyat beradi.  Mashg'ulotlarda oxirgi kuchimiz qolguncha ishlatishga harakat qiladi, o'yin paytida kim qaerda o'ynashi kerakligini biladi.

- Toshkentdagi chempionatdan oldin muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Muxlislar hamma o'yinlarimizga kelib bizni qo'llab turishlarini istardim. O'z navbatida biz ham muxlislar ishonchini oqlashga intilamiz.
Nasib qilsa, Kolumbiyada o'tadigan Jahon chempionatiga birga chiqamiz va birga boramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика