So’nggi yangiliklar

17:13“Хоразм” мураббийи Сергей Токов: “Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири”  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

​Jaloliddin Masharipov: "Nechta gol urishimizning farqi yo'q, muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi" Yangiliklar

​Jaloliddin Masharipov: "Nechta gol urishimizning farqi yo'q, muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi"

Terma jamoamiz etakchisi Jaloliddin Masharipov bugungi bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

"Oson o'yin bo'lmadi. Qirg'iziston himoyaviy o'yin namoyish etgani uchun, himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi. Masalan, Eronga qarshi o'ynash osonroq bo'lar edi. Raqibimiz butun jamoa bo'lib himoyalandi. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo to'p darvozaga kirmadi" - dedi Jaloliddin Masharipov bugungi bahs haqida.

- Muxlislar bugun ko'proq gol kutishgan edi. Ko'proq gol ura olmaganimizga nima sabab bo'ldi?

- O'yindan oldin yigitlar bilan qanday o'yin bo'lishidan qati nazar, g'alaba qozonishimiz va uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Hisob 1:0 bo'lsa ham, g'alaba qozonishimiz kerak edi. To'g'ri, muxlislar ko'proq gol ko'rishni istashadi, biroq muhimi g'alaba qozonish edi. Nechta gol urishimizning farqi yo'q, muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi.

- Sariq kartochka ishlab olgan vaziyatingiz haqida gapirib o'tsangiz...

- Yiqilayotgan chog'imda shu ishni bekor qildim, degan xayol keldi. Balki, bu ham yaxshilikkadir.

- Bo'lajak raqibimiz Eron haqida gapirib o'tsangiz...

- Biz Eron bilan tengma-teng o'ynay olamiz. So'nggi uch-to'rt yil davomida buni isbotlab kelyapmiz. Avvalroq aytib o'tganimdek, Eronga qarshi o'ynash osonroq, sababi ular ham ko'proq hujum qilishadi. Qirg'iziston esa faqatgina himoyalandi. Eronga qarshi juda yaxshi uchrashuv bo'ladi, deb taxmin qilmoqdaman.

- Eron bugun BAAga qarshi o'yin o'tkazdi. O'yin davomida chiroq o'chib qolgani sababli bahs ancha muddatga to'xtatildi. Eron chempionatida ham bunday holatlar uchrab turadimi?

- Yo'q. Bunday holat ro'y bergani haqida birinchi marotaba eshityapman. Eron chempionatida bunday holatlar hozirgi kungacha ro'y bermadi.




Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика