So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Jaloliddin Masharipov 2021 yilda legionerga aylanadimi? Uning o'zi javob berdi Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov 2021 yilda legionerga aylanadimi? Uning o'zi javob berdi

"Tezkor Studiya"ning O'zbekiston kubogi yarim finaliga bag'ishlangan sonida "Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipovga qo'ng'iroq qilindi va fikrlari tinglandi.

"Yarim final bitta o'yindan iborat edi. SHu sababli ikki jamoa ham ishtiyoq bilan harakat qildi. O'yin "Qo'qon-1912"ning maydonida o'tdi. Lekin, bir narsani aytib o'tishim kerak maydon holati juda ham yomon edi. O'yinni nazorat qilishimizga halaqit qildi. Maydon holatin yaxshi tomonga o'zgarsa o'zbek futboli uchun ham foyda bo'lardi. SHunga qaramasdan rejalarimizni amalga oshira oldik. Tezkor gol urdik, buning natijasida raqibning himoya va yarim himoyasida bo'shliqlar paydo bo'ldi. Murabbiyimizning taktikasini to'g'ri amalga oshira oldik deb o'ylayman.

Sariq kartochkalarim bor ekanligini, bugun ham olsam finalga tasir qilishini maydonda Dragan CHeran aytdi. SHundan so'ng biroz xotirjamroq qizishib ketmasdan o'ynadim.

Farrux Sayfiev sariq kartochka olib finalda bizga yordam bera olmaydigan bo'ldi. U bilan uch yildan beri qanotda birga o'ynab kelmoqdamiz. Bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Gapirmasdan ham sezamiz. Uning o'rnida harakat qiladigan Akrom Komilov bor. Komilov bilan ham yaxshi chiqishamiz. Bu tomondan katta muammoga uchramaymiz deb o'ylayman.

2021 yilda muxlislar meni xorij klubida ko'rishlarini istayman. CHunki, bu narsa ko'pchilik tomonidan qachon xorijga ketishim so'ralmoqda, ota-onam ham qaerga borishsa shuni so'rashadi.

Osiyoda "Paxtakor"dan har tomonlama kuchli jamoa bo'lsa, OCHLda ishtirok etsa o'taman. Baribir "Paxtakor" bilan solishtirib ko'raman. Jamoamdan kuchsiz jamoa bo'lsa kirishib ketishim uchun ham vaqt kerak bo'ladi. Jamoada kuchli futbolchilar ko'p bo'lsa ular bilan chiqishib ketish osonroq bo'ladi",- deydi Jaloliddin Masharipov. 



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика