So’nggi yangiliklar

09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  0 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  2 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  1 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  0 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  29 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  2 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  4 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  4 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  7 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  11 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2

Jaloliddin Jumaboev: "Lokomotiv"da har doim raqobat kuchli bo'lgan" Yangiliklar

Jaloliddin Jumaboev: "Lokomotiv"da har doim raqobat kuchli bo'lgan"

"Temiryo'lchilar"ning yosh himoyachisi Jaloliddin Jumaboev intervyu berdi.

O'tgan yildan beri "Loko" asosiy tarkibida o'ynab kelayotgan Jumaboev o'z intervyusida Turkiya yig'ini, yangi murabbiy va jamoadagi raqobat haqida to'xtaldi. 


Xorij yig'ini haqida

- Turkiyaga kelganimizdan beri har bir mashg'ulot yaxshi va qiziqarli o'tyapti. Mashg'ulot paytida ko'proq o'yin va taktika bilan bog'liq mashqlarni bajaryapmiz. Yig'in jamoadagi hammaga yoqyapti deb o'ylayman. O'z navbatida jismoniy tayyorgarlikka ham katta etibor qaratyapmiz. 


Yangi murabbiy haqida

- Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra qo'l ostida ko'p narsalarni o'rganyapmiz. Mashg'ulotlarda uncha qiynalayotganimiz yo'q. Murabbiy nima desa shuni bajarishga harakat qilyapmiz. Mashg'ulotda bajarilayotgan mashqlar juda foydali ekanini ko'ryapmiz.


"Desna" bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvi haqida

- Bu bizning Turkiyadagi birinchi o'yinimiz bo'ldi. Uchrashuv o'ziga yarasha og'ir, shu bilan birga qiziq kechdi. Ko'plab hujumlar uyushtirdik, ammo to'p kirita olmadik. Bizda yangi jamoa shakllanyapti, shu bois murabbiyning taktikasiga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.


Jamoadagi raqobat haqida

- "Lokomotiv"da har doim raqobat kuchli bo'lgan. Hozir himoya chizig'imizda ham raqobat kuchli. Mana, "Bunyodkor"dan Islom Qobilov keldi, ispaniyalik legioner Diego Bardanka jamoamizga qo'shildi. Men ham bor kuchim bilan ishlab asosiy tarkibdan o'rin egallashga harakat qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика