So’nggi yangiliklar

15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  0 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  2 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  6 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  12 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  14 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  9

Jahongir Mehmonov: “Surxon” shaniga dog' tushirmoqchi emasman, lekin etibor past. Mavsum boshida vadalar boshqacha edi" Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Surxon” shaniga dog' tushirmoqchi emasman, lekin etibor past. Mavsum boshida vadalar boshqacha edi"

Termizning “Surxon” klubi o'tgan mavsum jamoada to'p tepgan futbolchi Jahongir Mehmonovning yurtimizdagi OAVlardan biriga bergan intervyusi bo'yicha raddiya bildirdi.

 Unda keltirilishicha klub tomonidan shartnoma bandlari buzilmagan, jamoa Toshkentda va Termizda barcha sharoitlarga ega mehmonxonalarda istiqomat qilgan. Biz esa barchasiga oydinlik kiritish maqsadida Mehmonovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Klub rasmiy telegram kanalining malum qilishicha 2020 yilning 6 yanvar kuni 1 yillik shartnoma imzolangan, ushbu shartnomaning 7.2 bandida "Ish beruvchi chempionat o'yinlarining dastlabki 1-6 o'rinlarda yakunlasa ishchiga o'zi bilan kelishilgan summani olishi haqida aytib o'tilgan. Lekin Surxon 12 o'rinni oldi va bu o'z o'zidan anglatadiki futbolchiga hech qanday rag'batlantirish puli berilmaydi deb malum qilgan. Bu erda shartnoma bandlari kim tomonidan buzilgan? SHartnoma tuzilayotganida qanday kelishuv bo'lgan edi?

- O'tgan yilning boshida kelishuv, vadalar boshqacha edi. Jamoada o'ynagan aksariyat futbolchilar norozi bo'lgan. SHartnoma men tomondan buzilmagan. Agar hammasi yaxshi bo'lsa nega Bubanya sudlashib yuribdi? Barcha futbolchilar buni juda yaxshi biladi, istalgan futbolchi javob bera oladi. 

- Ikkinchidan “Surxon” klubi sizni mehnat shartnomasini qo'pol ravishda buzdi deb aytgan.  Yani raddiyada shartnoma 30 noyabr kuni nihosiga etishini kutmasdan turib aniqrog'i 25-turdan o'rin olgan “Metallurg” bilan uchrashuvdan so'ng Termizga qaytmasdan ketib qolgan degan jumlalar keltirilgan. Aslidachi?

- Biz 29 noyabr kuni “Metallurg”ga qarshi maydonga chiqqanmiz. Ushbu uchrashuvdan so'ng klub Toshkentga qaytgan. Men esa bahs yakunlangach uyga ketganman. SHartnoma esa 30 noyabr kuni tugagan. Hamma inson ham ish vaqti nihoyasiga etgach oilasi davrasiga yo'l oladi. Boz ustiga bahsdan keyin bir kun dam berilgan. 

- SHaroitlar va futbolga etibor klubda qay darajada edi? Bilishimizcha jamoa Toshkentda va Termizda barcha sharoitlarga ega mehmonhonada istiqomat qilgan...

- Jamoa yashagandan keyin mehmonhonada joy bo'ladi. Futbolchi sifatida jamoaning shaniga dog' tushirmoqchi emasman. Uchrashuvdan ikki kun oldin jamoa bazaga yig'ilishi va tayyorgarlik ko'rishi kerak. Bu erda esa klubda Toshkentda o'tadigan o'yinlarda futbolchilar Toshkentga, vodiyda bo'ladigan o'yinlarga esa vodiydagilar uyiga ketadi. O'yindan 1-2 kun oldin jamoaga yig'ilmaydi. Buni qanday tushunish lozim? Umuman futbolga bo'lgan etibor past deb ayta olaman.

- “Neftchi”dan taklif tushgani haqiqatga yaqinmi?

- Ha, taklif tushdi.

- “Turon”ga o'tishingiz qay tariqa yuz berdi?

- Bu erda sharoitlar hammasi alo darajada. Barcha qilingan ishlar futbol uchundir. SHuning hisobiga “Turon”ga o'tdim.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика