So’nggi yangiliklar

22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  69 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  9 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  5 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3

Jahon chempionlarining qadri nega bunchalik past? Yangiliklar

Jahon chempionlarining qadri nega bunchalik past?

Aslida O'zbekistonda Mehribonlik uylari o'rtasidagi futbolga etibor yuqori darajada bo'lgan deb ayta olmaymiz.

Biroq shu yilning may oyida O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada o'tgan Mehribonlik uyi bolalari o'rtasidagi Jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgach barchasi o'zgaradi deb kutagandik.

Afsuski o'sha chempionlikdan keyin ham hech qanday o'zgarish kuzatilmadi, etibor past darajada bo'lib qolaverdi.

“CHempion bo'ldinglar, rahmat, bu yog'iga yana o'zinglar davom etaveringlar degandek munosabat kuzatildi. CHempion bo'lgan bolalar erishgan natijasiga yarasha hech narsa qilinmadi, hech bo'lmaganda oliy o'quv yurtiga imtiyozli yo'llanma taqdim etilsa bo'lardiku. Jahon chempionligi xuddiki norasmiy turnir yoki qandaydir shoudek qabul qilindi”, - deydi biz bilan suhbatda Mehribonlik uyi terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov.
 
Albatta har bir g'alabaga rag'bat bo'lishi kerak, endi keyingi Jahon chempionatida qatnashadigan bolalarga qanday qilib motivaciya bersa bo'larkin? CHunki ular chempionlikka erishish hech qanday ahamiyat kasb etmasligini ko'rib bo'lishdi-ku.

O'FA qishda U-23 Osiyo chempionlarini munosib taqdirlagan edi. Ular bunga haqli edilar gap yo'q, lekin bizningcha Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionatining nufuzi Osiyo chempionatidan hech bir jabhada kam emas edi. Ko'ngli yarim bo'lgan bolalar Mehribonlik uyining o'zidabir oy davomida yig'in o'tkazib, Jahon chempioni bo'lishdi lekin ularga etibor bo'lmadi.

“Jahon chempionatida foydalangan formani “Lokomotiv” futbol klubi tayyorlab berdi, bundan tashqari Jahon chempioni bo'lganimizdan keyin “temiryo'lchilar” sovg'a tariqasida Mehribonlik uyidagi minifutbol maydonini kapital tamirdan chiqarib berishdi. Tayyorgarlik jarayonida xatto o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishda ham “Lokomotiv” jamoasi o'z yordamini ko'rsatdi.  Bundan tashqari “Paxtakor” futbol klubi va Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan sovg'alar taqdim etildi. Tamom”, - deydi suhbatdoshimiz.

Munosib rag'batlantirish kelajakdagi musobaqalarda katta motivaciya bo'ladi-ku.  Bu terma jamoa azolaridan hech kim nimadir so'rab hech qatga borgani yo'q va bormaydi ham. Lekin bu bolalar ham O'zbekiston bayrog'i ostida Jahon chempionatida qatnashdi va yurt bayrog'ini yuqoriga ko'tardi. Bu bolalar ham O'zbekiston farzandi. Ularning aybi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo'lganimi yoki O'FAga azo bo'lmaganimi? Qancha etibor bo'lsa shu bolalarga bo'lishi kerak emasmidi aslida. Ular velosiped uchadigan yoshdan o'tgan...



“Bitta savol tug'iladi: Agar shu yoshdagi terma jamoamiz Jahon chempioni bo'lsa, bunga ishonish qiyin albatta, ularga qanday etibor bo'lardi?”, - deydi Jamshid Asadov.  

Xo'sh O'zbekistonda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi futbolni rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirishi kerak? Bu savolimizga bosh murabbiy quyidagicha javob berdi:

“Mehribonlik uylari terma jamoasi tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish kerak. Terma jamoamizni Mehribonlik uylari o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash. Mehribonlik uylari o'rtasida har yili o'tkaziladigan Respublika musobaqasini tashkil qilish. Xalqaro musobaqalarda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni munosib rag'batlantirish va futbol akademiyalariga joylashishini taminlash.

SHularning barchasi yo'lga qo'yilsa ishonamizki kelajakda Mehribonlik uyi bolalari orasidan ham O'zbekiston terma jamoasi azolari etishib chiqadi”.

Murabbiydan Jahon chempioni bo'lgan yigitlarga OAVning etibor qanday bo'ldi deb so'radik. Asadov xo'rsinib quyidagi voqeani so'zlab berdi.

“Bunyodkor”da Olimpiya kuni futbol shousiga taklif etishganidan yigitlar juda xursand bo'lishgandi. SHouga bordik, stadionda ajoyib tarzda elon qilib bolalarni tanishtirishdi, lekin ming afsuski televizorda ko'rsatganda negadir biz chiqqan joyini to'lig'icha kesib tashlabdi. Bolalar TVda o'sha vaziyatni ko'rib, bizni ustimizdan shunchalik ham kuladimi deb yuborishdi. Bizni kesib tashlashar ekan nima uchun tadbirga chaqirishdi deb xonadan chiqib ketishdi”.

Xulosa qilib aytganda agar biz Jahon chempioni bo'lgan bolalarga bunchalik beetibor bo'lsak, shu ketishda yaqin kelajakda yurtimizdan Jahon chempionlari etishib chiqmaydi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика