Jahon chempionati ishtirokchisi bosh murabbiy bilan xayrlashdi
12 avg 2022 19:10
Yangiliklar
Jahon chempionati ishtirokchisi bosh murabbiy bilan xayrlashdi
Marokash terma jamoasi bosh murabbiy Vohid Halilxojich bilan Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga uch oy qolganda xayrlashdi.
Mamlakat futbol federaciyasi bu qaror jamoani final bosqichiga tayyorlash borasidagi kelishmovchiliklar tufayli qabul qilinganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 69 yoshli Halilxojich 2019 yilning avgustidan buyon shimoliy afrikaliklarni boshqarib kelayotgandi.
Mutaxassis joriy yil Kamerunda bo'lib o'tgan Afrika Millatlar kubogida jamoani chorak finalgacha olib chiqdi, qolaversa, mart oyida o'tkazilgan saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasi ustidan umumiy 5:2 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
20:52
Qodirqulov va Abdurasulov "Dinamo"da, "Paxtakor" futbolchisi "Andijon"da va boshqa transferlar 10
Fikrlar