So’nggi yangiliklar

10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  1 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  7 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  6 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  5 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  12 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  13 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0

Jafar Irismetov: "Yaxshi niyatlar bilan "Obod"da ish boshladim" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Yaxshi niyatlar bilan "Obod"da ish boshladim"

Teglar :  Jafar IrismetovObod
O'tgan yili 1-ligada mavsumning kichik oltin medallarini qo'lga kiritish barobarida oliy liga chiptasiga ham ega bo'lgan "Obod" mashg'ulotlarga zo'r bergan.

Tarkibga yangi futbolchilar jalb etilyapti. Ko'rikdan o'tayotganlar orasida oliy liga havosini olgan o'yinchilar ham bor. “Obod” bosh direktori Farhod Sobirovning aytishicha, jamoa oliy ligadagi ishtirokini rasman tasdiqlagan. Bu borada PFLga yillik ishtirok uchun badal pullari ham birinchilardan bo'lib to'langan. Uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun “Jar” stadioniga ijaraga olingan. Xullas, yangi mavsumda “Obod” kuchlilar safida debyutini nishonlaydi. Biz mashg'ulotlarida bo'lib, jamoa murabbiyi Jafar Irismetovdan intervyu oldik.

- Jafar aka, “Obod” jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladingiz. Siz uchun bu yangi chorlov. Umuman, bu taklifni qanday qabul qildingiz?
- Albatta, xursandchilik bilan qabul qildim. Ikki yil avval “NBU-Osiyo” klubida ishlagandim. Orada bir yil katta futbolda yiroqda bo'lishga to'g'ri keldi. Oliy liga jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida taklif qilishdi. Ortiqcha o'ylab o'tirmay, bu taklifni qabul qildim. 


- Yangi ish joyingizdagi ilk taassurotlar qanday?   
- Taassurotlar yaxshi. Lekin “Obod” jamoasida hali qiladigan ishlar juda ko'p. Oliy ligada ilk bor ishtirok etadi. Elit liganing o'ziga yarasha talablari bor. Endi shunga qarab, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

- Jamoa tarkib jihatdan kuchlilar safida qatnashishga, kuchli raqobatga tayyormi?
- Ayni paytda jamoamiz asosan 1-ligada o'ynagan futbolchilardan tarkib topgan. Lekin ular ham yomon taassurot qoldirishmadi. “Mashal” va “Neftchi” jamoalariga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvlarida yosh futbolchilar yaxshi taassurot qoldirishdi. Lekin baribir tarkibimizga oliy liga havosini olgan 3-4 nafar tajribali futbolchilarni qo'shib olishimiz kerak. Har bir chiziqqa kamida bir nafardan tajribali o'yinchilar etishmayapti. Oldinda hali vaqt bor. SHu muddat ichida yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib, maqul kelganlari bilan shartnoma imzolaymiz. Birinchi navbatda jamoamiz o'yin uslubi va murabbiylar falsafasiga to'g'ri keladigan o'yinchilarni tarkibga qo'shib olamiz.

- Futbolchilik faoliyatingizda hujum chizig'ida to'p tepgansiz. SHu manoda jamoada hujumchilar bilan ko'proq ishlasangiz kerak? Hujum chizig'ida Alisher Azizovning o'zi yolg'izlanib qolmayaptimi?
- Darhaqiqat, Alisher ayni paytda jamoamizning yagona markaziy hujumchisi bo'lib turibdi. Unga sherik topishimiz kerak. Mavsum uzoq davom etadi. Bir o'zi og'ir yukni ko'tara olmaydi. Endi qanot hujumchilarimiz bor. Lekin baribir markaziy hujumchiga muhtojmiz.

- Ko'z ostingizga olib qo'ygan hujumchilar bormi?
- Bor edi, lekin ular boshqa klublar bilan shartnoma imzolab bo'lishdi. Qidiruv davom etadi (kuladi). O'ylaymanki, bu hujumchini albatta topamiz. CHunki, oliy liga klublarimizning deyarli barchasi bitta hujumchi bilan o'ynaydi. Etakchi jamoalarning zaxirasida navbati kelishini kutib o'tirishni istamaydigan hujumchilar hali topiladi. Masalan, Bahodir Pardaevga o'xshab hujumni xush ko'radigan, golni xis qiladigan o'yinchilar bo'lsa, safimizga qo'shib olishga harakat qilib ko'ramiz.

- Hujumchilar muammosi nafaqat klublarimizning, balki o'zbek futbolining eng katta muammolaridan biri. Tajribali hujumchi sifatida bu muammoning asl sababini nimada deb o'ylaysiz?
- Har bitta jamoada alohida hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiy bo'lishi shart. Men bu haqida avval ham ko'p bor aytganman, yana takrorlashdan erinmayman. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” kabi har tomonlama baquvvat jamoalarimiz hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylarni taklif etishga qodir. Bu narsani klublarimizga majburiy qilib qo'yish kerak. Uzoqqa bormaylik, olimpiya terma jamoamizning Qatardagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etishiga hujumdagi muammolar ham sabab bo'ldi. Eng ishongan hujumchimiz Igor Sergeev deyarli ko'rinmadi. To'g'ri, hujumchini to'p bilan yarim himoyachilar taminlaydi. Ammo bu holat bahona bo'la olmaydi. Istedodli hujumchi yarimta imkoniyatni ham golga aylantira olishi kerak. 


- Menimcha, yaqin orada Jafar Irismetovning bundan 15 yil avval oliy ligada kiritgan 45ta golini hech kim zabt eta olmasa kerak?
- (kuladi) Nega endi. Nasib qilsa, bizdan ham istedodli hujumchilar chiqadi. Rekordim uzoq muddat saqlanib qolmasligi tarafdoriman. Agar shunday hujumchilar etishib chiqsa, bu birinchi galda milliy terma jamoamizga katta foyda keltiradi.

- O'sha yili nimaning hisobiga 45ta gol kiritgansiz? Faqat istedod, tajriba, golni xis qila olish qobiliyati kamlik qilsa kerak?
- Agar to'p bilan o'z vaqtida taminlashmaganida, shuncha gol kirita olmasdim. Baxtimga yarim himoya chizig'ida o'z ishining ustalari – No'mon Hasanov, Muxtor Qurbonov kabi kuchli yarim himoyachilar o'ynashgan. Aynan ularning aniq qa qulay to'p uzatishlari tufayli sermahsullikka erishganman. Jamoadoshlarim bo'lmasa, bu natijaga erisha olmasdim.

- “Obod” jamoasi kuchlilar safida o'z o'rniga ega bo'la olarmikan? Yoki aksariyat quyi ligadan elitaga chiqqan jamoalar singari bir yilning o'zida safari qarirmikan?
- Bunday bo'lmasligiga umid qilib qolaman. Yaxshi niyatlar bilan ish boshladik. Agar tarkibimizni o'zimiz istagandek shakllantirib olsak, oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolish barobarida muxlislarga maqul keladigan o'yin namoyish etamiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика