So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  2 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  15 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Izzatilla Abdullaev: "Boshqa jamoalardan taklif? "Neftchi" rahbariyati jamoamizni yaxshi qo'llab-quvvatlab kelmoqda" Yangiliklar

Izzatilla Abdullaev: "Boshqa jamoalardan taklif? "Neftchi" rahbariyati jamoamizni yaxshi qo'llab-quvvatlab kelmoqda"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Coca Cola Superligasi 25-turida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi.

CHempionlik uchun kurashayotgan maydon egalari shu kuni har qancha urinishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Aksincha, "Neftchi" so'nggi daqiqalarda gol urib, safardan g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu uchrashuv qahramoni va uch ochko keltirgan gol muallifi Izzatilla Abdullaev bu boradagi fikrlari bilan bo'lishdi. 



"Nasaf" bilan uchrashuvga faqat g'alaba ilinjida borgan edik. Muhim bahs hisoblanardi. Garchi Superligada qolish masalasini hal qilgan bo'lsak-da, bo'shashmadik. Bu bizga ruhiy tomondan yordam berdi, deb o'ylayman. Maqsadimiz o'zgarmadi, faqat g'alaba uchun o'ynadik.

CHempionlik uchun kurash hali davom etadi. Barchasi so'nggi turda aniq bo'ladi. "Nasaf" – kuchli jamoa. Oltin medallarga ega chiqish uchun 3 ta jamoada ham imkoniyat bor. 

O'yinning ikki jamoa uchun muhimlilik darajasi yuqori edi. Mukofot masalasiga kelsak, boshqa jamoalardan bu borada qandaydir taklif bo'lganidan xabarimiz yo'q. "Neftchi" rahbariyati jamoamizni yaxshi qo'llab-quvvatlab kelmoqda. 

O'ylaymanki, kerakli natijaga erishish uchun mehmondagi o'yinlarga har tomonlama tayyor bo'lib borish kerak. Deylik, "Nasaf" o'z maydonida birinchi raqam ostida hujumkor futbol ko'rsatadi. Buni bilgan holda taktika tanladik. Jamoam uchun muhim golni urganimdan xursandman. Ochig'i, u vaziyatdagi hissiyotni til bilan tariflash qiyin. 

Ortda qolayotgan joriy mavsum haqida aytadigan bo'lsam, chempionlik va Superligada qolish uchun kurash oxirgi turgacha davom etayotgani bilan ko'proq yodda qolmoqda. Avvalgi mavsumlardan farqi shunda bo'lyapti, deya olaman.

Qaysi jabhada o'sish sezildi? Sifatli o'yin ko'rsatadigan jamoalar ko'paydi. OCHLda kvotalarimiz ko'paydi. SHuni o'zi ligamiz kuchayganini anglatadi", – dedi Abdullaev.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика