So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  1 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  10 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  190 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  2 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  25

Iyun va iyul oylarining umumiy laureatlari malum bo'ldi Yangiliklar

Iyun va iyul oylarining umumiy laureatlari malum bo'ldi

O'zbekiston CHempionatining iyun va iyul oylaridagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan va Qizilqum himoyachisi Akmal Rustamov g'olib chiqdi.
O'zbekiston chempionatining iyun va iyul oylaridagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 1-5 avgust kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 7 nafar murabbiy va 15 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi bahsda Samvel Babayan uchinchi marta g'olib chiqdi. Paxtakor bosh menejeri bungacha mart va aprel oylarida ham tengsiz deb topilgandi. May oyida eng yaxshi murabbiy sifatida tan olingan Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramov bu safar ikkinchi bo'ldi – Abramov mart va aprel oyi so'rovnomalarida to'rtinchi bo'lgandi. Eng yaxshi murabbiylarning kuchli beshligidan, shuningdek, Istiqlol bosh murabbiyi Kamol Jo'nashev, Qizilqum bosh murabbiyi Yuriy Lukin, shuningdek, Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va Orol ustozi Nematulla Qutiboev o'rin oldi.

Futbolchilar orasida Qizilqum himoyachisi Akmal Rustamov iyun va iyul oylarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, Mashal vakili Zohir Qo'ziboev, SHo'rtan darvozaboni Eldor Tojiboev NBU-Osiyo futbolchisi Abdulatif Abduqodirov va Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov o'rin oldi. Malumot uchun, mart va may oylarida Paxtakor vakili Jamshid Iskanderov, aprel oyida esa aynan shu jamoa himoyachisi Egor Krimec O'zbekiston chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Iyun va iyul oylarining eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasining kuchli beshligi:
1. Akmal Rustamov (Qizilqum) – 50 ball.
 2. Zohir Qo'ziboev (Mashal) – 40 ball.
 3. Eldor Tojiboev (SHo'rtan) – 30 ball.
 4. Abdulatif Abduqodirov (NBU-Osiyo) – 20 ball.
 5. Jamshid Iskanderov (Paxtakor) – 18 ball.

Iyun va iyul oylarining eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasining kuchli beshligi:
1. Samvel Babayan (Paxtakor) – 58 ball.
 2. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 44 ball.
 3. Kamol Jo'nashev (Istiqlol) – 40 ball.
 4. Yuriy Lukin (Qizilqum) – 28 ball.
 5. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf), Nematulla Qutiboev (Orol) – 10 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика