So’nggi yangiliklar

23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  8 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  7 21:30"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  3 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  168 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   12 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  3 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  3 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  10 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  3 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  7 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  9 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  1

Ivan Rakitich: Hatto, o'rtoqlik ham jonu dilim Yangiliklar

Ivan Rakitich: Hatto, o'rtoqlik ham jonu dilim

Barselonaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich bir qarashda, ancha kamtar yigitdek taassurot uyg'otadi.

Lekin hozirgi klubi haqida so'z ochilsa, kamtarlikni bir chetga surib, dangal-dangal gapiradi.  Deylik, Ivan yaqinda Diario Sport nashriga intervyu berdi va suhbat jarayonida shunday fikr bildirdi: Agarda har yili CHL kubogini yutishga qodir biror klub bo'lsa, u aynan Barselonadir. Rakitichning yana nimalar xususida gapirganiga qiziqsangiz, marhamat, quyidagi muloqotga nigoh tashlang...

- Aytingchi, Seltadan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng jamoangizdagi ichki muhit qanday?

- Menimcha, omadsizlikning tasiri bilinmayapti va hammasi yaxshi. CHunonchi to'g'ri yo'ldan borayotganimizga ishonchimiz komil. Ha, o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz lozimligini bilamiz, shuning borobarida yo'nalishimiz to'g'riligiga shubha yo'q. Qolaversa, mavsum endi boshlandi.

- SHaxsan o'z harakatlaringizdan qoniqyapsizmi?


- Mavsumning start bosqichidagi o'yinlarimdan xursandman. Biroq yuqorida aytdim, barchasi endi boshlandi va oldimizda uzoq yo'l bor. SHunday ekan, hozirgi shashtni pasaytirmay, kuchli ruhda davom etishim shart.

- Doimo muhim o'yinlarda faol harakatlanasiz. O'zingizni Barsaning asosiy futbolchisi sifatida his qilasizmi?


- Bu masalada nimani his etishim uncha muhim emas. Asosiysi, barchamizda maydonga tushish ishtiyoqi o'ta baland. Xususan, men ham murabbiy va jamoadoshlarim har qanday holatda maydonda naf bera olishimga ishonishlarini xohlayman.

- Aslida alohida tanishtirishga muhtoj emassiz...

- Ha, meni ko'pchilik taniydi, yaqindan biladi. SHuningdek, o'ylaymanki, o'yinlarda doimo maksimal darajada kuch sarflashni istashim, o'z oldimga eng yuqori talablarni qo'yishim ham hammaga malum bo'lsa kerak. Zero, shunday munosabat o'laroq, har bir o'yinda tarkibdan joy olishim mumkin.

- Joriy mavsum nisbatan kam o'ynaganingizga qaramay, 2ta gol urishga ulgurdingiz...

- Ochig'i, bu borada nima deyishni ham bilmayman. Faqat, hammasi shunday davom etishini xohlayman. O'z-o'zidan tushunarli, raqib darvozasini nishonga olgancha jamoaga yordam berish - katta baxt. Lekin men avvalo, yaxshi, yani talab darajasida to'p surganimni his qilishim kerak. Mana, Barselona tobora taraqqiyotga yuz tutmoqda va shunday klubning bir bo'lagiga aylanish - asosiy maqsadim. Xullas, yildan-yilga jamoa uchun yanada qadrdonroq bo'lishni xohlayman. Kataloniyada 3-mavsumni o'tkazyapman va buyog'iga bor mahoratimni namoyish etishim kerak.

- Jamoa tarkibi tobora kuchaymoqda. Tabiiyki, barcha futbolchilar imkon qadar ko'proq o'ynashni xohlashadi. Raqobat masalasida qandaydir bosim yo'q emasmi?


- Yo'q, harqalay, bosim darajasi oshganini tasdiqlay olmayman. Biz Barselona tarkibidamiz - o'ylaymanki, boshqa gap ortiqcha, yani hammasi izohsiz ham tushunarli. SHaxsiy fikrimcha, bosim har bir insonning o'zidan kelib chiqadi. Agar sen o'z salohiyatingga ishonsang va Ko'ringlar, men yaxshi ishlayapman va faqat o'ynashni istayman, deya olsang, qandaydir muammoga o'rin qolmaydi. Xullas, professionallikka yondashuvim oddiy:  futbolchi avvalo, har kuni mashg'ulotlarga zo'r berishi va shu orqali maydonga tushishga munosib ekanligini isbotlashi zarur.

- Barselonadagi debyut mavsumingizda jamoa trebl qayd etdi. Ikkinchisida esa, faqat so'nggi pallalarda shunday imkoniyatni qo'ldan boy berdinglar. O'zi nima bo'ldi?

- Futbolda bazan shunday voqeliklar kuzatiladiki, ularga qandaydir izoh berish mushkul. Xususan, Barselona natijalari xususida ham Qaranglar, biz shu joyda adashdik, falon jihat bo'yicha oqsadik, deyin noo'rin. Demoqchimanki, ko'plab mayda jihatlar borki, ular gohida jamoa foydasiga, bazan esa zarariga ishlashi mumkin. Afsuski, 15 kun oralig'ida haddan ortiq yo'qotishlarga duch keldik, garchi yaxshiroq yakunga munosib ko'ringan bo'lsakda. Futbolda, umuman, hayotda har bir omadsizlikdan tegishli xulosa chiqarish, saboq olish muhim. SHu manoda aytsam, biz ham o'sha muvaffaqiyatsizlikdan avvalgi ajoyib oylar uchun bir-birimizga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Ha, CHLda kurashni davom ettirish niyatida edik, biroq nasib qilmagan ekan, buning uddasidan chiqolmadik. Boz ustiga, mavsum yakunida sovrinlar hisobi bo'yicha dubl qayd etish ham yomon emas, balki yaxshidir.

- Demoqchisizki, har yili CHLda g'alaba qozonish yoki treblga erishish imkonsiz ish. SHundaymi?


- Boshqa jamoalarga hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, agarda bunga qodir klub bo'lsa ham, u Barselonadir. Biz aynan shunday maqsad bilan yashayapmiz va klubimiz misolida ketma-ket g'alaba qozonish bajaralmas missiya emasligini isbotlashga salohiyatimiz etadi, deb o'ylayman. Barcha yigitlar katta ko'lamda ish bajarmoqdalar. Zero, maqsadimiz - mudom zafar quchish. Zafar quchganda ham, barchasini ishonarli darajada bajarib, qandaydir shubhaga asos qoldirmasligimiz kerak.

- Kuchli raqobat shaxsan sizga o'yin bobida pasayishdan himoyalanish uchun yordam beradimi?


- SHundan umidvorman. Klub doimiy harakatda, chunonchi, har bir yo'nalishda yanada kuchliroq bo'lishni istaydi. Bunday holatda futbolchilar ham o'z ustilarida tinmay ishlashlari tabiiy. Umuman olganda, biz ko'p gapirishni yoqtirmaymiz, aksincha, o'z zimmamizdagi ishni iloji boricha sifatli bajarishga harakat qilamiz. Buning samarasi futbol maydonida ko'rinadi. Fanatlar o'yinlarimizni kuzatib, baxtiyorlikni sezishsa, bas.

- Xo'sh, Barsa nimaning hisobiga yanada kuchayishi mumkin?


- Mashg'ulotlar jarayonida eng mayda jihatlar ustida ham ish olib boryapmiz. Misol uchun, jamoamiz darvozasi ishg'ol etilgan vaziyatni qayta-qayta ko'rib chiqamiz. To'g'rirog'i, goldan oldingi holatni: raqib hujumni qanday boshladi, qanday rivojlantirdi va hokazo... SHu taxlit barchasini muhokama qilib, harakatlarni amalda sinab ko'ramiz. Balki ko'pchilikka erish tuyular, lekin haqiqat shuki, jamoamiz bu orqali ham kuchayadi. Bilamizki, futbolda jamoaviy harakat va fikrlash hammasidan muhimroq sanaladi.

- Barselona Messi bilan va usiz: ikki holatdagi o'yinlarda farq sezilyaptimi?


- Juda (kuladi). Tushunarliki, Leo o'ta muhim ijrochi, lekin biz uningsiz o'ynashni ham qoyillatishimiz zarur.

- Jamoangizning asosiy raqiblari sifatida qaysi klublarni tilga olasiz?

- Angliya jamoalarida ishtiyoq katta, Bavariyada ham doimgidek shunday. Yana Sevilya bor. Umuman olganda, har bir raqibga jiddiy yondashishimiz kerak, axir deylik, CHLda finalga chiqishni maqsad qilganmiz.

- O'zi sizga qaysi turnir ko'proq yoqadi - Ispaniya chempionatimi yoki CHempionlar Ligasi?

- Bularni qo'ya turing, hattoki, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish ham jonu-dilim.

- Unda futboldagi eng maqul holatni aytarsiz...

- Hammasi. Maysalar hidi, jamoadoshlar, g'alabalar...

 

H. MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика