Keyingi hafta "Barselona" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi
03 iyu 12:09
Yangiliklar


Keyingi hafta "Barselona" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi
"Barselona" "Espanol" darvozaboni oan Garsiya bilan shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda Sport.es.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi 25 million evro evaziga Xans-Diter Flik jamoasiga o'tadi. Transfer kelasi haftadayoq rasman elon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq Garsiyaga "Nyukasl" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo darvozabon "Barselona"ning taklifini sport va moliyaviy jihatdan eng yaxshisi deb topdi.
Eslatib o'tamiz, Garsiya 24 yoshda. O'tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan. Garsiya sakkizta uchrashuvni "quruq" o'tkazdi. Joan Primeraning o'tgan mavsumida seyvlar soni bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
14:00
Pep Gvardiola: "Matbuotga ko'ra, "Siti" 500 kishiga qiziqmoqda, lekin Ederson va Ortega qoladi" 0

Fikrlar