So’nggi yangiliklar

11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  34 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16

Ivan Nagaev: Buxorodagi o'yinlarim bilan terma jamoaga qaytmoqchiman Yangiliklar

Ivan Nagaev: Buxorodagi o'yinlarim bilan terma jamoaga qaytmoqchiman

Teglar :  Ivan NagaevBuxoro
Ko'p sonli mushtariylarimizning talablariga binoan Ivan Nagaevdan intervyu olishga oshiqdik.

U bilan suhbatlashish uchun Buxoro shahridagi Umid stadioniga tashrif buyurganimizda futbolchi va Buxoro jamoasini qizg'in mashg'ulot ustida ko'rdik. O'z navbatida, futbolchi mashg'ulot tugaganidan so'ng Erudit Sport gazetasiga intervyu berdi.

BUXORODAN TASHQARI, QIZILQUMDAN HAM TAKLIF OLGANDIM

- Ivan, Buxorodagi ilk o'yiningizda Olmaliq ustidan g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandingiz. O'sha onda nimalarni his etdingiz?

- Ancha payt maydonda rohat qilib o'ynay olmaganligim uchunmi katta ruhiy zavq oldim. Rostini aytsam men uchun bu oddiy yoki navbatdagi g'alaba, darvozaga bir gol urish emas edi! Ixtiyorisiz tanaffusdan keyingi o'zini namoyon eta olish fursati desam to'g'riroq bo'ladi.

- Avvalo mavsum oldidan Lokomotivdan Buxoro safiga kelib qo'shilganingiz haqida gapirib bersangiz. Buxoroga kelishingiz qay taqlid ro'y berdi?


- Lokomotivda faoliyat yuritar ekanman maydonda ko'p ham o'zimni namoyon eta olmaganim uchun ham erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishim to'g'riroq bo'ladi degan qarorga keldim. Hujjatlarimni olib, erkin agent sifatida o'zim uchun jamoa izlashni boshladim. Keyinchalik menga Ulug'bek Baqoev bog'landi va meni Buxoroga taklif qildi. Baqoev bilan O'zbekiston milliy terma jamoasida ham birga to'p so'rganmiz, shu bois taklifni ham bajonidil qabul qildim. Va bu qarorimdan afsuslanmanmayman.

- Buxorodan tashqari sizda boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lganmi?

- Bo'lgan, tabiiyki. Navoiyning Qizilqum va boshqa bir qator jamoalardan takliflar bor edi. Ulug'bek akani oddiy inson sifatida ham yaxshi taniganim uchun ham uning taklifini rad etishni istamadim.

- Tushunishim bo'yicha, Ulug'bek Baqoev siz uchun ustoz kabi qiymatgan ham ega…

- Qanday aytsam ekan, u terma jamoa tarkibida hujumchi bo'lib o'ynagan. Undan ko'p narsani o'rganish mumkin.

- Aytganingizdek, Buxoro bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z vaqtida mohir hujumchi bo'lgan. Hujumchi sifatida sizga u bilan ishlash nisbatan osondir?


- Xuddi shunday. Biz bir-birimizni yarim gapdan tushunib olamiz.


LOKOMOTIVDA ANCHA VAQTNI YO'QOTDIM…

- Buxorodagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?


- Yomon emas. Toshkentda Lokomotiv tarkibida 4 yil davomida to'p surdim, sharoitlar tubdan farq qilishi tabiiy. Ammo Buxoroda men katta zavq bilan maydonda to'p surish imkoniyatiga ega bo'ldim. Lokomativda unchalik maydonga tushish imkoni bo'lmadi, ancha vaqtni yo'qotdim, amaliyotda o'zimni sinab ko'ra olmadim. Asta-sekinlik bilan formaga kira boshladim. O'z ustimdan ko'proq ishlashga harakat qilayapman. Buxorolik minglab muxlislar qo'llab-quvvatlashini doim his qilib turibmiz.

- Buxoro dastlab Olmaliqni mag'lub etgan bo'lsada, keyin Nasaf va Obodga mag'lub bo'ldi. Kuni kecha esa Navoiyda Qizilqumni mag'lub etishga erishdi. CHempionat startidan qoniqdingizmi?


- Rostini aytsam, bundan ham yaxshiroq natijani ko'rsatishni istagandik. Ammo jamoamizda Oliy Ligida endigina o'ynashni boshlayotgan yigitlardan ham tashkil topganligini inobatga olsak, natija yomon emas. O'z ustimizda yana va yana ishlashni davom ettirishimiz kerak.

- CHempionatning dastlabki 4 turi yakuniga etdi. Bu yilgi Oliy Ligada sizni qanday natijalar yoki qaysi jamoalar ajablantirmoqda?

- Menimcha, ayni damda barcha terma jamoalar tengdir. Birini o'ta kuchli deb ayta olmayman. Lokomativ va Nasaf nisbatan kuchli, ammo ular bilan ham o'ynaysa bo'ladi.

- Yani Oliy Ligada sizni hech qaysi natija yoki jamoa hayratlantirmadi?


- Yo'q. Men shunday futbolchimanki, raqibim kim ekanligiga ham qaramayman. Bu Messi bo'ladimi, farqi yo'q. Maydonga tushganimda faqat va faqat g'alabani ko'zlayman! Muhimi maydonga jangovar holatda, ishonch bilan tushish! Ko'zlar yonib tursin!

2016 YILGI TARKIB KUCHLI EDI…

- Yana qanday marralarni zabt etishni istar edingiz?


- Albatta har bir futbolchi eng yuqori cho'qqilarni zabt etishni istaydi. Barchasi o'yinchining o'ziga bog'liq, eng avvalo maqsadni o'z oldiga aniq qo'yib unga intilish kerak! Bizga qo'yilgan maqsadlarga albatta etishga harakat qilamiz, ammo kamchiliklarimiz ham etarli…

- Yil boshida Buxoro jamoasi deyarli yangilandi. Ammo bu yilgi tarkib ham o'tgan yilgidek kuchli. Jamoa o'tgan yilgidek 4-o'rin natijasini takrorlay olishi mumkinmi?


- So'zsiz, 2016 yilgi tarkib kuchli edi. Ammo 2017 yildagi tarkib ham yomon emas! Albatta bu yil ham nasib qilsa, yaxshi natijalarni ko'rsatamiz. Imkonsiz narsani o'zi yo'q.

- Xorvatiyalik Vaycer haqida qanday fikrdasiz?


- O'yin va o'yindan tashqari hayotda u bilan yaxshi kelishamiz. So'zlashuvda oz-moz bir-birimizni tushunmay qolishimiz mumkin. Har holda boshqa-boshqa tilda gaplashamiz. Ingliz tilini unchalik mukammal bilmayman, ammo Vaycer nima deyayotganligini juda yaxshi tushunaman.



TERMA JAMOAGA QAYTMOQCHIMAN

- Bugungi kunda terma jamoamizning og'riqli nuqtalaridan biri hujum chizig'idir. Aytingchi, sizni yaqin orada O'zbekiston terma jamoasida ko'rishimiz mumkinmi?


- Uzoq muddat deyarli maydonda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmadim. Men formaga kirishni boshladim. Nasib qilsa, Buxorodagi o'yinlarim bilan terma jamoaga qaytmoqchiman. Nafaqat Buxoro jamoasi ishqibozlarini balkim milliy terma jamoa muxlislarini chiroyli gollar bilan ham xursand qilishni ko'nglimga tugib qo'yganman.

- Joriy yilgi maqsad va rejalaringiz nimalardan iborat?

- Jamoamga yordam berib, kamida 10 ta gol urish! Umuman olganda, hujumchi yarimhimoyachilarga tobe bo'ladi. Qancha gol urishim jamoamizga ham bog'liq.

- Keyingi o'yinda Buxoro Neftchiga qarshi maydonga tushadi. O'yin oson bo'lmasligi aniq…


- SHubhasiz. Neftchi bilan bahsda ham faqat oldinga intilamiz. G'alabadan boshqasi bizni qanoatlantirmaydi.

- Suhbatimiz so'nggida oilangiz haqida ham to'xtalsangiz…


- Rafiqam bilan oila qurganimizga 7 yil bo'ldi. 5 yashar o'g'ilcham Arturni voyaga etkazayapmiz. Ayolim ham futbolni sevadi, o'yinlarimni kuzatib, ishqibozlik qiladi, men uchun qayg'urdi. O'g'lim ham hozirdan to'p bilan oshno tutingan. Kelajakda balki futbolchi bo'lib etishar.

Sarvinoz DONIYOROVA suhbatlashdi, Erudit SPORT gazetasi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика