So’nggi yangiliklar

00:56"Манчестер Сити" спорт директори: "Ёш ҳимоячи бўлишига қарамай, Абдуқодир жуда ақлли"  9 00:33Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти...  21 23:54Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги биринчи интервьюси  19 23:17"Ланс"нинг бир бўлаги бўлганимдан фахрланаман. Абдуқодир Ҳусанов "Ланс" ва унинг мухлислари билан хайрлашди  15 23:14Абдуқодир Ҳусанов: "Мен бу ерга соврин ютиш учун келдим"  11 23:02Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити" футболчиси!  78 22:49Виталий Денисов фаолиятини Россияда давом эттиради  3 22:30"Сени ва оилангни ўлдирамиз, каламуш". Ижтимоий тармоқда мураббийга таҳдид қилишди  2 21:34Футзал. Олий лиганинг 5-тур баҳсларига старт берилди  0 21:01"Қўқон-1912" икки 20 ёшли футболчини ўз сафига қўшиб олди  2 20:44Неймар ва "Ал Ҳилол" шартномани бекор қилишни хоҳлаяпти, аммо бразилиялик 65 млн. доллардан воз кечмоқчи эмас  5 19:59Карло Анчелотти мавсум охирида кетади  16 19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   46 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  7

Italiyalik xayolparast APLni yondirmoqda Yangiliklar

Italiyalik xayolparast APLni yondirmoqda

De Zerbi "Brayton"ni tarixda ilk bor Evropa Ligasiga olib chiqdi.

Roberto De Zerbi doim orzumandligi bilan ajralib turardi. U "Sassuolo" bosh murabbiyligi vaqtlarida krovati yonida bloknot va ruchka bo'lardi. Roberto uxlaganda ham futbol "ko'radi" va agar biror g'oya unga qiziq tuyulsa, darhol yozib qo'yadi. Tabiiyki vaqt va tajriba orttirish natijasida jarayonga yondashuv takomillashib boradi, lekin De Zerbini hali ham xayolparast romantik deyish mumkin. Murabbiy "ESPN"ga bergan intervyusida shunday degandi:

"Menga to'pga egalik qilish yoqadi, bundan zavq olish, sening jamoang maydondagi asosiy qaxramon bo'lishi, ehtiros va ishtiyoq bilan ishlash, orzu sari intilishni xohlayman.

"Brayton"ning De Zerbi qo'l ostidagi muvaffaqiyati Angliyada 2022/23-yilgi mavsumning eng asosiy mavzularidan biri bo'ldi. Statistik tarixda "Manchester Siti"ning chempionligi va APLdan tushib ketgan uchta klub nomi qoladi. Biroq Premer-Ligani diqqat bilan kuzatganlar uchun mavsum yana "Brayton"ning ishonchli o'yini bilan yodda qoladi. Jamoaga kelganidan keyin sakkiz oy o'tib, De Zerbi "chaykalar"ga tarixda ilk bor evrokubok yo'llanmasini "sovg'a" qildi.

Natija tomon yo'l

Tez harakatlanishga o'rgangan inson uchun, De Zerbi hayron qolarli darajada sekin start oldi. Uning "Braytonda"gi faoliyati ikki durang va uch mag'lubiyatdan boshlandi. Keyin esa "CHelsi" 4:1 hisobida taslim etildi. De Zerbining qarashlari o'zini oqlay boshladi. Jamoa yana bir qator ijobiy natijalarga erishdi. Jumladan, "Manchester Yunayted", "Liverpul" va yaqinda "Arsenal" ustidan (3:0) qozonilgan g'alaba. Aynan o'sha o'yin "kanonir"lar nima uchun chempion nomiga hali loyiq emasliklarini  ko'rsatib qo'ygandek. Keyin rasman chempion bo'lgan "Manchester Siti" bilan durang qayd etildi. Malum bir bosqichda "Brayton" hattoki ECHL zonasi uchun kurashda faol ishtirok etdi. Har holda o'sha turlarda jamoa imkoniyatlariga jiddiy munosabatda bo'la boshlangandi.

Janubliklarning De Zerbi qo'l ostida ko'rsatayotgan o'yini haqida ko'plab mutaxassislar fikr bildirishdi, jamoa manziligi maqtovlar aytildi va hatto hayratlanishdi ham. Mart oyida Gvardiola "De Zerbi ingliz futbolini o'zgartirmoqda va ajoyib o'yin ko'rsata olyapti", degandi. Aprel oxirida Lopetegi: "Brayton" hozir dunyodagi eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan jamoa, degan, oradan ikki kun o'tib uning "Vulverxemptoni" aynan shu klubga 0:6 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Ushbu o'yin haqida keyin Klopp ham fikr bildirdi: "Brayton" men ko'rgan o'yinlar ichida eng yaxshilaridan birini ko'rsatdi". "Brentford" ustozi Tomas Frank: "De Zerbi oliy darajadagi ishni bajarmoqda", Arteta esa "Brayton" o'yinlarini ko'rish yoqishini tan oldi. Bu narsani ispaniyalik murabbiy italiyalik murabbiy jamoasiga 0:3 hisobida yutqazishdan avval gapirib o'tgandi.

Roberto De Zerbining o'zi bu maqtovlarni ancha kamtarlik bilan qabul qiladi: 

"Odamlar o'yinimiz haqida gapirganda, De Zerbi deb aytishadi. Lekin maydonda men o'ynamayman. Ular bunday deyishiga, qo'l ostimdagi ajoyib futbolchilar sababchi. Men o'zim futbolchi bo'lganman va maqtovlarga qanday munosabatda bo'lish kerakligini bilaman. Va men bilamanki, bularning barchasi – futbolchilarning mehnati samarasi".


Murabbiylik yo'li

De Zerbining futbolchilik faoliyatida ham zerikishga vaqti bo'lmagan. 15 yillik faoliyatida u Italiyaning o'nlab klublaridan o'tgan, hatto Ruminiyaga ham borib kelgan. 2013 yilda esa D Seriyada "Darfo Boario" klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan. Keyin S Seriyada "Fodju", undan esa 2016 yil sentyabrida A Seriyadagi "Palermo"ga yo'l oladi. Lekin bu omadsiz tajriba edi. Murabbiy klubda 13 tagina o'yin ishladi.

Keyinroq De Zerbi bunday imkoniyatga juda erta ega bo'lgani va juda asabiylashganini, chunki bu elitada o'z o'rnini topib olish uchun yagona imkoniyat deb o'ylardim, deb tan oldi. "Benevento"da u xotirjamroq ishlagan, lekin A Seriyadan chiqib ketmaslikka yordam bera olmadi. SHunga qaramay, u o'shandayoq chiroyli futbol quradigan murabbiy reputaciyasiga ega bo'lgan. 2018 yil De Zerbiga "Sassuolo" murojaat qiladi. 

Kevin-Prins Boateng tasdiqlaydi: "Men De Zerbi bilan ishlashni juda istaganman. O'ylashimcha, uning futbol borasidagi qarashlari unikal. Hamma u haqida yaxshi fikr bildiradi. Odatda 50 kishi men haqimda juda yaxshi, yana 50 kishi men haqimda juda yomon gapiradi. Agarda 100 nafar odamning barchasi yaxshi gapirsa, bu o'ziga xos natija.

"Sassuolo"dagi uch mavsumda De Zerbi, 4-2-3-1 va 4-3-3 taktikalaridan foydalangan holda, o'z falsafasi va uslubini rivojlantirdi. Klubdagi ikkinchi va uchinchi mavsumda De Zerbi 8-o'rinni egallagan. 2021 yilda italiyalik Donecning "SHaxtyor" klubini qabul qilib oldi va 2022 yilgacha ishladi.

Qiziq tomoni, o'tgan yil yozda u "Bolonya" taklifini rad etdi. Bunga sabab esa o'zi qattiq hurmat qiladigan Sinisha Mixaylovichni o'rnini egallashni istamagan. Leykemiya bilan kurashayotgan Mixaylovich "Bolonya"dan sentyabr oyida ketdi, dekabrda esa... Bu olamni ham tark etdi. De Zerbi "Brayton" taklifini qabul qildi. Angliya klubiga kelgach, murabbiy shunday degandi:

"Sen begona mamlakatda ishlasang, etiboringni faqatgina o'z klubing va futbolchilaringga qaratasan. Lekin ligani yaxshiroq tushunish zarur. Barchasini tushunish uchun inglizchada gapirishni istayman. Bu boshqa mamlakat, boshqa o'yinchilar, o'yin uslubi ham boshqa, murabbiylar boshqacha. Barchasini tushunib olish uchun bu erda 100 ta o'yin o'tkazish zarur.


Barcha narsada ehtiros

Ehtiros? Agar futbolda ehtirossiz ishlasangiz, hech nimaga erisha olmaysiz. Muxlislar barchasini tushunadi, ular baribir tushunadi, siz ishingizni ehtiros bilan bajaryapsizmi yoki yo'q.



De Zerbi hissiyotlari bazida chegaradan chiqib ketardi. Bu mavsum u 2 marta qizil va 4 marta sariq kartochka oldi. Uning fikriga ko'ra, bu yomon natija emas. Italiyalik bu borada shunday deydi:

"O'tgan mavsum men bundan ham yomonroq edim! Hozir ancha xotirjam odamga aylanganman. Darajangizni ushlab turish uchun o'zingizni erkinroq tutishingiz zarurligini bilaman". 

Tanaffus paytida yoki o'yindan keyin, kiyinish xonasida De Zerbining emocional nutqlari aks etgan materiallar matbuotda muntazam ravishda uchrab turadi. Ularni citatalarga bo'lish yoki motivacion ruhdagi jumlalar sifatida ishlatish mumkin. Angliya Kubogi chorak finali "Grimsbi"ga qarshi bellashuv tanaffus vaqtida murabbiy jamoasi bor yo'g'i 1:0 hisobida oldinda borayotganidan qattiq jaxli chiqqandi. Robertoning fikricha, hisob 5:0 yoki 6:0, lekin hech qanaqasiga 1:0 bo'lmasligi kerak edi. O'sha bellashuv 5:0 hisobida yakunlangan. 

O'yindan keyin Denni Uelbek quyidagicha fikr bildirgan:

Birinchi kundanoq u o'z xarizmasi va o'yinga bo'lgan ehtirosi bilan barchamizda iliq taassurot uyg'otdi. U juda kichik detallarni ham etiborsiz qoldirmaydi. Har bir uzatma, har bir harakatingiz uning diqqatidan chetda qolmaydi. Uning qo'l ostida har bir futbolchi o'sishga erishgan, chunki Roberto bizga maydonga tushish va imkoniyatlarimizni maksimum darajada ko'rsatish imkonini beradi.

Yuqori baho

CHindan, De Zerbini hamma maqtaydi, futbolchilar ham, murabbiylar ham, mutaxassislar ham, muxlislar ham uning ishidan hayratlanishadi. Italiyalikning o'zi esa bunday munosabatning sababi birgina, ammo asosiy sifat– haqqoniylik. Mutaxassis fikri:

Ishonamanki, muhimi doimo o'zingizni aldamang. Doim haqqoniy va atrofimdagilar uchun tushunarli bo'lishni istayman. Har qanday vaziyatda ham qanday bo'lsam, shunday ko'rinishni istayman. Biz g'alaba qozonganda ham, biz mag'lubiyatga uchraganda ham.

259 uchrashuvda 103 ta gol urgan "Brayton" afsonasi Glenn Myurrey shunday fikr bildirdi:

"Menga uning shafqatsizligi yoqadi, uning energiyasi, o'ylashimcha, unda klub o'z murabbiyida ko'rishni istaydigan barcha sifat mavjud. Uning qo'l ostidagi jamoada o'ynab ko'rishni istardim. Bu jamoa o'yin uslubi kishini hayratga soladi. Uning uslubi hujumchi uchun ham juda qulay, shunday ekan bunday jamoada o'ynashni istashingiz tabiiy".

Uelbek qo'shimcha qildi:

"U o'yinga juda katta tasir ko'rsatdi. Bu unchalik oson emasdi, chunki bizda ungacha ham yaxshi murabbiy ishlagan. Biroq Roberto aqlbovar qilmas darajada. Sizlar maydonda u bajarayotgan ishlarning 20 foizini ko'rasiz. Hamma narsada uning hissasi bor. Biz barchamiz maydonda sinxron harakat qilishimiz kerak. U xato qilishimizni xohlamaydi, lekin xato qilsak tushunadi, sababi har kim xato qilishi mumkin. Har bir futboli o'z vazifasini tushunadi. U barchaga yoqadigan juda chiroyli futbol uslubini qurmoqda. Biroq bu hali maksimumimiz emas. Mashg'ulotlarda uslubimizni yaxshilash ustida ishlayapmiz".

De Zerbi o'z imkoniyatlarini sovuqqonlik bilan baholab, maksimal vazifalarga intilishni maqul ko'radi. U jamoa Evropa Ligasi darajasigacha chiqa olishini ko'rdi va yo'llanmani qo'lga kiritishda yordam berdi. O'yin uslubini takomillashtirish va aniq natijalarga intilish zarur. 

De Zerbi esa bu mavzuda shunday fikrda:

Ideallik mavjud. Biz unga makismal ravishda yaqinlashishimiz zarur. Mening orzum esa, klub men ketayotganimda, kelganimdan ko'ra, kuchliroq bo'lishini istayman.


Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика