So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  9 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1

Italiya Vengriyaning ertagini yakunladi, Germaniya va Angliya shou uyushtirdi, Xvicha esa yana gol urdi. Millatlar ligasidagi voqealar Yangiliklar

Italiya Vengriyaning ertagini yakunladi, Germaniya va Angliya shou uyushtirdi, Xvicha esa yana gol urdi. Millatlar ligasidagi voqealar

Yangi seriya.

Millatlar ligasining navbatdagi o'yin kuni yakunlandi: shov-shovli vaziyatlar ko'p bo'lmadi, ammo baribir qiziqarli holatlar yo'q emas.


Vengerlar Italiyaga birinchi o'rinni berishdi



Vengriya o'tgan tur mehmonda Germaniya (1:0)dan ustun keldi va Italiyaga qarshi o'yinda muvaffaqiyatga umid qilgandi. Durang bo'lgan taqdirda vengerlar pley-offga chiqqan bo'lishardi, ammo Manchini ertak ro'y berishiga yo'l qo'ymadi — 2:0.


Italiyaliklarga 22 yoshli Jakomo Raspadori yordam berdi — u 27-daqiqada vengerlar jarima maydonchasi ichidagi eng chaqqon o'yinchi bo'ldi va Peter Gulachidan tushunarsiz harakatdan so'ng to'pga ega chiqdi. Italiyaliklar Vengriya oxirigacha kurashgan bo'lsa ham, o'yinni o'zlarini scenariylari bo'yicha o'tkazishdi va o'z shartlarini o'tkazishdi.


52-daqiqada mezbonlar o'z jarima maydonchalari ichida "uxlab qolishdi" va himoyachi Federiko Dimarko ikkinchi golni urdi. Manchini jamoasi birinchi o'rinni egalladi, Vengriyaga esa musobaqa uchun respekt.


Angliya xayrlashuvda shou uyushtirdi



Angliya terma jamoasi musobaqada dahshatli darajada muvaffaqiyatsizlikka uchradi — olti turda biror marta g'alaba qozona olishmadi va B Ligaga ravona bo'lishdi.


Ammo, angliyaliklar Germaniyaga qarshi o'yinda nihoyat uyg'onishdi — garchi 70-daqiqada 0:2 hisobida yutqazayotgan bo'lsalar ham. Jamoa 20 daqiqa ichida Xarri Maguayrning o'z jarima maydonchasi ichidagi yomon o'yini sabab penaltidan o'tkazishdi, so'ngra 68-daqiqada Kay Xaverc katta sahnaga chiqdi.


Germaniya g'alaba qozonadigandek ko'rindi, ammo mezbonlar uyg'onishdi. Sautgeyt jamoasi 5 daqiqa ichida ikkita gol urdi: ularga Lyuk SHou va Meyson Maunt mualliflik qildi. Mezbonlar 83-daqiqada oldinga ham chiqib olishdi — Temmi Abraxam penalti ishladi va Xarri Keyn 11 metrlik nuqtadan gol urdi.


Ammo, kambekni darvozabonning xatosi barbod qildi: Nik Poup darvozaga yo'naltirilgan to'pni, o'zining oldiga qaytardi, Xaverc esa to'pga ulgurdi va gol urdi.


Angliya deyarli 30 yildan beri ilk bor 6 o'yindan beri g'alaba qozonmaydi, to'plar nisbati esa 4-10. Ammo, Sautgeyt qoladi va aniq termani Qatarga boshlab boradi.


Xvichna yana gol urdi — Xolandgacha atigi bitta to'p



Gruziya terma jamoasi o'tgan turda yuqori ko'tarilishni kafolatlab qo'ygandi, bunga yana bitta g'alaba qo'shildi — 2:1 hisobida Gibraltar mag'lub etildi. Ammo, asosiysi Xvicha Kvaracxeliya penaltidan gol urdi va bu uning uchun Millatlar ligasidagi beshinchisi.


Xvicha — musobaqaning eng yaxshi to'purarlaridan biri. Hozirda u ikkinchi o'rinni latviyalik Vladislav Gutkovskiy va Aleksandar Mitrovich (5tadan to'p) bilan bo'lib turibdi. Birinchi o'rinni esa oltita gol bilan Erling Xoland band etib turibdi.


Yana nima? Ruminiya Bosniyani mag'lub etdi



Qolgan o'yinlar haqida qisqacha.


• Finlyandiya CHernogoriyaga qarshi o'yinda qiynalmadi — 2:0. Teemu Pukki hisobida assist.


• Estoniya o'tgan turdayoq C Ligaga chiqqandi — so'nggi turda esa San-Marinoni 4:0 hisobida taslim etdi. D Ligadan yana Latviya terma jamoasi yuqoriga ko'tarildi — ularni kelasi mavsumda D Ligada Belarus va Gibraltan to'ldiradi.


• Ruminiya Bosniya va Gercegovina darvozasiga to'rtta to'p kiritdi. "Jenoa" o'yinchisi Jorje Pushkash boshqalardan ajralib turdi, hujumchi o'z hisobiga dubl yozdirib qo'ydi.


• SHimoliy Makedoniya va Bolgariya endi hech nima uchun davogarlik qilishmayotgandi — ammo, ular baribir dushanbaning eng qo'pol o'yinini o'tkazib berishdi: ular birgalikda 34ta fol va 9ta sariq kartochka ishlashdi. CHetlatishsiz ham tura olishmadi — himoyachi Todoroski 14-daqiqada o'yindan olindi. Bolgariya esa 1:0 hisobida g'alaba qozondi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика