So’nggi yangiliklar

09:25Неймарнинг кейинги манзили аниқ?  0 08:48Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20МЛС. "Интер Майами" сафарда қийин ғалабага эришди, Месси жарима зарбасидан гол урди  11 08:15"Брест" иккинчи, "Барселона" ва "Реал Мадрид" ёнма-ён кетмоқда. EЧЛ иккинчи туридан сўнг турнир жадвали қандай ҳолатда?   7 07:40Про лига. Бугун 22-турга старт берилади  0 02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  48 00:50"Атлетико" жазоланди  6 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   4 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  2 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  16 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9

Italiya - Urugvay 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Italiya - Urugvay 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Italiya - Urugvay o'yini matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. “D” guruhi. 3-tur

ITALIYA – URUGVAY 0:1

Natal. “Das Dunas” stadioni


Bosh hakam:
Marko Rodriges (Meksika)

Gol: Diego Godin (81)

Italiya: Buffon, De SHilo, Kellini, Darmian, Markizio, Balotelli (Parolo, 46), Bardzali, Immobile (Kassano, 71), Bonuchchi, Pirlo, Verratti (Tiago Motta, 75).

Urugvay: Muslera, Godin, Pereyra (Stuani, 63), Rodriges (Ramirez, 77), Suares, Himenes, Lodeyro (Pereyra, 46), Arevalo, Gonsales, Kavani, Kaseres.

Ogohlantirish
: Balotelli (22), De SHilo (77)

CHetlatish: Markizio (59) 

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! URUGVAY KEYINGI BOSQICHDA!

Buffon hujumda yuribdi...

90+4` So'nggi daqiqalar. Urugvayda qarshi hujumda imkoniyatlar paydo bo'lmoqda.

90+3` Urugvay himoyaga zich joylashgan. Italiyaga ushbu qo'rg'onni yorib o'tish qiyinchilik tug'dirmoqda...

Uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90`
De SHilo jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilishda adashdi.

89`
Urugvayning qarshi hujumi. Suarez so'nggi palada xatoga yo'l qo'ydi.

88` Italiya katta kuch bilan oldinga qarab bormoqda. Lekin endi kechmasmikin...

86`
Italiya zaxira o'rindig'idan yana bir kishi chetlatildi.... Meksikalik hakam imkon qadar Urugvayni qulog'idan ushlab kelmoqda...

85` PIRLOOOOOO! Birozgina noaniq...

LUIS SUAREZ MAYDONDAN CHETLATILISHI KERAK EDI!!!!!!!

83`
Italiya endi oldinga boradi... Lekin buyog'iga gol ura olarmikin...

81` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GODIN! Diego Godin boshi bilan darvozani ishg'ol etmoqda.

81` Hakam bu vaziyatga ko'z yumdi...

80` SUAREZ FUTBOLNI YIG'ISHTIR UKA! Itni ishini futbolchi qilmaydi... Eski odatlar boshlandi. O'rgangan ko'nggil o'rnatsa qo'ymas deb bekorga aytilmas ekan. Suarez Kellinini tishlab oldi. JIRKANCHLIK!

78`
Urugvay jarima to'pidan samarali tarzda foydalana olmadi.

77`
De SHiloga sariq kartochka. Jarima to'pini urugvayliklar amalga oshirishadi.

75`
Veratti o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Tiago Motta tushirildi.

73`
Verattiga qarshi Kavani qo'pol o'ynadi. "O'zingni bosib ol, Suarez. Veratti bu sen emaski simulyaciya ishlatsa" deydigan odam yo'q...

71`
CHiro Immobile o'z o'rinini Antonio Kassanoga bo'shatib berdi.

70`
Pirlo boshlagan hujum yaxshi rivojlandi. Lekin so'nggi palada Immobile o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

69`
Italiya ham jonlandi! Boshqacha bo'lishi mumkin emas! Pirlo ajoyib pasi bilan Immobileni qulay vaziyatga chiqardi. Lekin CHironing zarbasiga himoyachilar to'sqinlik qilib qoldi.

67`
Luis Suarez hammasini to'g'ri bajardi. Jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va ajoyib tarzda zarba yo'lladi. Lekin kechirasizlar, buni BUFFONISHE deydi!

66` Jiji nimalar qilmoqda???????? So'zsiz dunyoning eng zo'r darvozaboni!!!!

65` SUAREZZZZZ!!!!!!!!!!!! BUFFFFFFFFFFONNNNNNNNNNNNNNNN!


63`
Italiyaga buyog'iga chinakamiga qiyin bo'ladi. Guruh bosqichlarida hali Italiya hech ham oson bo'lmagan aslida...

61` Markizio oyog'ini raqib oyog'iga qo'ygani takroriy lavhada qo'rindi. Markizioda ham ayb bor. Lekin o'yin darajasini his etgan holda, sariq kartochka bilan ham cheklansa bo'larmidi...

59` IYEEEEE! Hakam o'zidami ishqilib??????????  TUSHUNARSIZ! Markizio chetlatilmoqda.

58` RODRIGES!!!!!!!!! XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!!!

57`
Xavfli vaziyatlarsiz o'tayotgan o'yinda yaqin daqiqalar ichida "bomba" portlaydi. Qaysidir jamoa bu ishni amalga oshiradi.

54`
Italiya asosiy etiborni himoyaga qaratmoqchi shekilli.

52`
Urugvay "start" olgandek. Italiyaga himoyada qiyin bo'ladi buyog'iga. Bosim yuqori.

50`
Urugvay hujumkorlikni oshirdi.

Italiya tarkibida ham o'zgarish. Mario Balotelli o'rniga Parolo tushdi.

Urugvay tarkibida o'zgarish. Lodeyro o'rniga Pereyra tushdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz...

Balotelli: "CHezare tog'ajon, raqib darvozasi qaerda joylashgan?"

Bardzali: "Suarez, aktyorlik qilma uka..."

Balotellini "qizchasi" ham tinmadi lekin. Marioga laqabni boplap tanlabdi-a?

Birinchi taym tugadi! TANAFFUS! Ovqatlanmaganlarga yoqimli ishtaha. 15 daqiqadan so'ng yana qaytamiz.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45`
Urugvay standart vaziyatlaridan naf chiqara olmadi.

45`
Urugvay jarima to'pidan so'ng burchak to'pi ishlab olmoqda. Birinchi bo'limdagi so'nggi imkoniyatlardan biri.

43`
Italiya va Urugvay himoyachilar hozircha hujumchilarga ortiqcha imkoniyat berishmayapti. Hujumchilar ham hozircha u qadar faol emas.

41` Veratti-Pirlo-Balotelli-Immobile
kombinaciya yakunlanmay qoldi. Immobiledan urugvaylik himoyachi to'pni o'z vaqtida olib qo'ydi. Aks holda Musleraga oson bo'lmasdi.

40`
Darmianning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini Muslera egallab oldi.

38`
Italiya oldinga qarab bormoqda. Jamoalar birinchi bo'limni istasak, istamasak ancha ehtiyotkorlik bilan o'tkazishmoqda. Ikkinchi bo'limda esa bu jihat ikkinchi darajaga tushib qoladi. Ishonavering, ikkinchi  taym umuman boshqacha tus oladi!

35`
Urugvay uchrashuvdagi eng xavfli vaziyatni yaratdi. Lekin Buffon jamoasi joniga oro kirdi.

33` BUFFFFFFFFFFOOOOOOON!!!!!!!!!!!!!!
Suarez ajoyib vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, lekin JIJI BUFFON mahoratini ishga soldi. Qaytgan to'pga yana zarba berildi va yana Buffon o'zini ko'rsatdi. QOYIL! TASANNO!

31`
Xavfli vaziyatlar kuzatilmayapti. Lekin bunday darajadagi o'yinlarda hammasi bir necha soniyalar ichida o'zgarib ketishi mumkin. Kegachi Xorvatiya - Meksika o'yinini eslang, nimalar ruy bermadi.

29` Immobile!
De SHilo to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Immobile esa to'pga to'xtatmasdan zara berdi. Lekin noaniq.

28`
Veratti maydonda raqiblarni ko'rmasdan o'tib ketmoqda. Urugvay futbolchilari ushbu futbolchidan to'pni olib qo'yishni uddalay olishmayapti.

27`
Pirloni qo'riqlashni Kavani o'z zimmasiga olgan ko'rinadi. Kavani Pirlo oldida yuribdi. Urugvay Pirloni "yopib" qo'yish evaziga Italiya hujumlarini buzib qo'ymoqchi.

25` UH!
Markizio darvozaga kuli zarba yo'llagandi, lekin to'p yo'liga himoyachi chiqib keldi va yo'nalishni o'zgartirib yubordi.

24`
Urugvay asta-sekinliklik bilan tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda.

22`
Boshlandi! Ha, Mario Balotelli boshladi. Gollarni emas, qoida buzishlarni. Ogohlantirish.

21`
CHiro Immobile Italiyaning hujumi paytida o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

19`
Bugun Mario Balotelli gol uradimi? Yoki Luis Suarezmi? Bu ikki "urushqoq", ammo juda kuchli iqtidor sohiblarining bir-biriga o'xshash joylari ko'p. Kuchli zarbalar, nozik tabiat va yana bir necha jihatlar...

18` Italiyaning navbatdagi hujumi yakuniga etmasdan qoldi. Markizio to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.

16`
Urugvay hujumkorlikni oshirmoqda. Kavani hozir yaxshi o'ynadi. Lekin uning boshi bilan tashlamoqchi bo'lgan to'pini himoyachi qaytarib yubordi.

15`
Italiyaning hujumi. Mario Balotelli uzatilgan to'pga etib kelolmadi. Mario o'z o'rnida jamoadoshiga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

14`
O'tgan daqiqalar ichida Italiya yaxshiroq va mazmunliroq o'yin ko'rsatmoqda. Luis Suarez boshchiligidagi Urugvay esa hozircha "jim". Lekin yaqin daqiqalar ichida ushbu sokinlik shovqinga aylanishi mumkin.

13` PIRLOOOOOO! Muslera!!! Jarima to'pidan kelgan to'pni urugvay posboni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. XAVFLI!


12`
Italiya standart vaziyatiga ega bo'ldi. Lekin Pirlo amalga oshirgan ushbu standart vaziyatini yana bir bor urugvaylik himoyachilar bartaraf etishdi.

10`
Darmian o'ng qanotdan hujum tashkil etdi. Lekin jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishga erishishdi.

7`
Urugvay sekin-asta oldinga bormoqda. Jarima to'pi. Suarezning oshirib bergan to'pini Buffon bartaraf etdi.

6`
Italiya jamoasi pozicion hujum tashkil etmoqda. Urugvay hozircha o'z jarima maydonchasi oldida ancha zich joylashib olgan.

4`
Darmian maydon markazi oldida Kavaniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

3`
Italiya ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda. O'yinning ichki dajasi juda yuqori. Jamoalar ancha ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! DAHSHATLI JANG START OLDI! "FORZA ITALY"! "FORZA URUGUAY"!


Dahshatli jang yana bir necha soniyalardan start oladi! Qaysi jamoa bugun omadliroq bo'larkin? Qaysi jamoa mundialni erta yakunlashga majbur bo'ladi? Bu savollarga yaqin vaqt ichida javob olamiz! SUPER O'YIN bizni kutmoqda!

"Das Dunas" stadionida ajoyib muhit hukm surmoqda!

Endi navbat Urugvay davlati madhiyasiga!

Ananaga ko'ra, har ikkala davlat madhiyalari jarang soladi. Italiya futbolchilari birinchi bo'lib ushbu ishni boshlab berishmoqda. Ajoyib ijro, Bravo italiyalik futbolchilarga! Ayniqsa Jiji Buffonga!

Bu o'yinda Italiyani durang natijasi ham keyingi bosqichga olib chiqadi. Urugvayga esa faqat g'alaba zarur! Demak bizni juda katta bahs kutib turibdi!

Italiya - Urugvay uchrashuvini meksikalik Marko Rodriges boshqarib boradi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Jahon chempionati  "D" guruhi hal qiluvchi bahsi Italiya - Urugvay jamoalari o'rtasidagi markaziy bellashuv bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin sharhida SHahboz Beg'amov ishlaydi.

- O'yin soat 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика