Italiya top-klubi Mudrik uchun kurashga qo'shildi
17 sen 2022 12:55
Yangiliklar
Italiya top-klubi Mudrik uchun kurashga qo'shildi
"Milan" "SHaxtyor" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Mixail Mudrikka qiziqish bildirmoqda.
"Todofichajes" xabariga ko'ra, Italiya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq futbolchini xarid qilish oson bo'lmaydi, chunki "konchilar" uning uchun 50 million evrodan ko'proq pul talab qilishmoqda. Oldinroq yarim himoyachiga "Real", "Arsenal", "Brentford", "Nyukasl" va "Everton" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
21 yoshli Mudrik joriy mavsum "SHaxtyor" safida 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan bitimi 2026 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Fikrlar