Italiya Superkubogi. "Inter" "Milan"ga etib oldi, eng ko'pi esa "Yuve"da
19 jan 2023 08:58
Yangiliklar


Italiya Superkubogi. "Inter" "Milan"ga etib oldi, eng ko'pi esa "Yuve"da
"Inter" ketma-ket ikkinchi yil Italiya Superkubogi g'olibiga aylandi.
Simone Inzagi shogirdlari Saudiya Arabistonida o'tkazilgan o'yinda "Milan"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Inter" Italiya Superkubogida g'alaba qozonish bo'yicha "Milan"ga etib oldi. Hamshaharlarning har ikkisida ham 7 tadan bunday sovrin bor.
Faqatgina "Yuventus" bu borada ulardan yaxshiroq natija qayd etgan. Turinliklar ushbu sovrinni 9 marotaba qo'lga kiritishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar