So’nggi yangiliklar

11:20"Барселона" Мартинес билан шартномани узайтиради ва Кристенсенни қўйиб юборади  0 10:54Виктор Осимхен ёзда АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 10:08«Арсенал»нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  2 09:30«У ўз даврининг энг яхши ярим ҳимоячиси» Зидан фаолиятидаги энг қийин рақиб номини айтди  1 08:52МЮга «Спортинг»нинг 17 ёшли футболчиси керак  2 08:17Неймарнинг агенти футболчининг келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  2 07:47Бугун ёшларимиз Ироққа қарши иккинчи ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  1 02:43Миллатлар лигаси. Франция меҳмонда Италияни мағлуб этди, Исроил Бельгиядан устун келди  8 02:16Қозоғистон терма жамоаси Черчесов қўл остида 0:15 тўплар нисбати билан Миллатлар лигаси антирекордини ўрнатди  15 01:29Кьеза қишда Италияга қайтиши мумкин?!  1 00:43Педро: "Рома"га мени Римнинг бош жамоаси бўлмиш "Лацио"га сотгани учун раҳмат"  1 00:00Миллатлар лигаси. Норвегия Қозоғистонни, Англия эса Ирландияни яксон қилди ва бошқа натижалар  24 23:26Александер-Арнольд "Реал" учун АПЛдаги энг юқори маошдан воз кечди  10 22:38Рамос "Реал"га қайтадими?  4 22:06Канте Ла Лига топ клубига ўтиши мумкин  4

Italiya qita chempionati saralashini Angliyaga qarshi boshlaydi - Evro-2020 finalidan beri nimalar o'zgardi? Yangiliklar

Italiya qita chempionati saralashini Angliyaga qarshi boshlaydi - Evro-2020 finalidan beri nimalar o'zgardi?

Bugun tunda Evropa chempionati saralashida Italiya - Angliya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Terma jamoalar o'yinlarining yangi haftasi Evro-2024 saralashi starti bilan boshlanmoqda. Uchrashuvlar ichida Italiya - Angliya to'qnashuvi ayniqsa ajralib turibdi.


Italy

Mateo Retegui - 56'

EURO Qualification Grp. C . 1-tur

24/03/2023, 00:45

2
:
1
Tugadi

England

Declan Rice - 13', Harry Kane - 44'

Stadion: Diego Armando Maradona, 44500 tomoshabin

Bosh hakam: Srdjan Jovanovic

45'
90'
53'  Giovanni Di Lorenzo
56'  Mateo Retegui
56'  Lorenzo Pellegrini
61'  Jorginho
62'  Domenico Berardi (Matteo Politano)
62'  Nicolo Barella (Bryan Cristante)
69'  Lorenzo Pellegrini (Wilfried Gnonto)
69'  Jorginho (Sandro Tonali)
88'  Marco Verratti (Gianluca Scamacca)
90'  Francesco Acerbi
13'  Declan Rice
29'  Declan Rice
44'  Harry Kane
57'  Harry Maguire
69'  Jack Grealish (Phil Foden)
71'  Kyle Walker
78'  Luke Shaw
80'  Luke Shaw
81'  Phil Foden (Kieran Trippier)
85'  Bukayo Saka (Reece James)
85'  Jude Bellingham (Conor Gallagher)


Evro-2020 finalining takrori 

Qita musobaqasiga saralash avvalgi "mavsum"ni yakunlab bergan to'qnashuv bilan boshlanishi qiziq, albatta. O'sha uchrashuvni inglizlar alam bilan yodga olishlari aniq – Evro taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'lgan va barchasi Bukayo Sakaning xatosi tufayli, Italiya foydasiga hal bo'lgan.

Londonning "Arsenal" klubi vingeri bu safar ham tarkibda. Alamli xato futbolchini "sindirolmadi". O'tgan vaqt davomida u "kanonir"lar etakchisi jamoaning 2022/23-yilgi mavsumdagi ikkinchi to'purari sifatida o'z o'rniga ega bo'la oldi. Terma jamoa safida JCH-2022ga bordi, asosiy tarkib azosi va to'purarlardan biri bo'la oldi. Endi Bukayo bir muncha tajribali futbolchi va muhim pallada o'zini osongina yo'qotib qo'ymasligi ehtimoli yuqori.

Umuman olganda Angliyaning Evro-2020 finalidagi tarkibidan faqatgina ikki futbolchi – Raxim Sterling va Jeydon Sancho. Har ikkisi o'zining eng yaxshi sport formasidan ancha yiroq. Qolgan hamma safda, tarkibda.

SHu o'rinda takidlash lozim, Garet Sautgeyt jamoasi avvalgi "Evro" pley-offida to'qnash kelgan yana bir raqib – Ukraina termasi bilan ham kuch sinashadi. SHunday ekan "uch sher"lar bosib o'tgan yo'lini qaysidir manoda takrorlayapti.

Italiya terma jamoasidagi ishlar biroz boshqacharoq. Eng oxirgi va juda og'riqli zarba – qatorasiga ikkinchi jahon chempionatini o'tkazib yuborish. Keyingi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati hali beri bo'lmaydi, ungacha esa nima qilib bo'lsa ham "Evro"ga chiqish zarur. Aks holda "Manchini metodlarining davri o'tibdi" qabilidagi gaplardan qochib qutilib bo'lmay qoladi.


Inglizlarning yangi etakchilari 

"Eski" etakchilar esa yanada o'sishga erishgandek. Vinger Markus Reshford Evro-2020 oldidan qatorasiga ikkinchi yuqori darajadagi mavsum "fonida" terma ixtiyoriga kelgandi. Deyarli ikki yil davomida futbolchi "keskin sho'ng'ish va baland parvozlar"ni boshdan o'tkazdi. Jarohatlar unga o'tgan mavsumni yanada yuqori darajada o'tkazishga imkon bermadi, bunga klubning muammolari qo'shildi – Ralf Rangnik qo'l ostida mankunianlar o'yini unchalik qovushmadi.

2022 yil yozida Markus nihoyat to'liq tuzaldi. Erik ten Xag talablariga moslashish uchun malum vaqt talab qilindi va natijada u asosiy tarkibga qayta oldi. Hozir Reshford hujum qanotida ham, markazda, eng oldinda ham birdek foydali o'yin ko'rsata olmoqda. Bu esa Sautgeytga qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Afsuski, aynan bu safar uning xizmatlaridan foydalana olmaydi – futbolchi jarohatlangan.

MYU futbolchisi bilan birga terma o'yinida "Arsenal" vingeri Bukayo Saka ham muhim rol o'ynaydi. Maqola avvalida aytib o'tganimizdek, londonliklar tarbiyalanuvchisi "operaciyasi" milliy terma asosiy tarkibiga kirish bilan yakunlandi. Bukayo juda katta tezlikka chiqishi, bunga qaramay, to'pni yaxshi nazorat qilib, uni osonlikcha yo'qotib qo'ymasligi mumkin. Sautgeyt markazdagi qiyin tuzilmalardan ko'ra, qanotlar orqali o'yin qurishni yoqtirishini hisobga olsak, "kanonir"ning imkoniyatlari juda as qotishi mumkin.

Asosiy darvozabon kim bo'ladi? Bu nuqtada ham ancha kuchli raqobat yuzaga kelgan. Pikford tajribaliroq bo'lgani uchun asosiy kiper nomini saqlab qolishga yaqinroqdek. APLning eng ko'p gol o'tkazib yuboradigan jamoalaridan biri posboni termada o'rnini yo'qotmaganini boshqachasiga izohlab bo'lmaydi. Ammo Aaron Ramsdeylda ham o'zini ko'rsatish uchun imkon bo'ladi. "Arsenal" tarkibda u bilan har o'yin o'rtacha bittadan kamroq gol o'tkazib yuboradi. Statistika bo'yicha faqat Nik Poup undan yaxshiroq – "Nyukasl" darvozaboni ham tarkibda bor.


Italiyaning hujumdagi asosiy yulduzi yana safda emas

"Skuadra adzurra" SHimoliy Makedoniyaga mag'lub bo'lib, JCH-2022ga chiqa olmagach, forvard CHiro Immobile termadagi faoliyatini yakunlashga tayyorligi haqida insaydlar tarqaldi. Tajribali italiyalik qatorasiga ikkinchi marta mundial saralashidagi omadsizlikdan keyin milliy jamoa safidagi faoliyati borasida ikkilanib qolgandi. Hozir "Lacio" hujumchisi safda yo'q, lekin sabab sifatida uning jarohati aytilmoqda.

Italiyada hujum chizig'i vakillari etishmovchiligi bor, buni Manchini ham tan oladi:

Bizda, Italiya termasida, ishlar Sautgeytnikidan ham yomonroq. Nima uchun hujumchilar bunchalik kamligini tushunolmayapman. Uchta jamoamiz CHempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi, ammo ularning tarkibida umumiy hisobda 7-8 nafar italiyalik bor. Vaziyat shunday. Avval biz ko'chalarda 3-4 soat futbol o'ynab, keyin mashg'ulotga borardik. Hozir unday emas. SHu sababli ham yangi nomlar Urugvay, Argentina va Braziliya singari mamlakatlarda chiqayotgani tasodif emas. U erlarda haligacha ko'chalarda ko'p futbol o'ynashadi".

Katta ehtimol shuning uchun termaga Argentinadan Italiya pasportiga ega markaziy hujumchi chaqirildi. 23 yoshli Mateo Retegi hozircha mahalliy chempionatdan tashqariga chiqmagan va ijarada "Tigre" safida ("Boka Xuniors"dan kelgan) to'p tepmoqda. Argentina chempionati darajasida u yomon o'yin ko'rsatmayapti, lekin Mateo nimalarga qodirligi hozircha top-chempionatlarda sinovdan o'tmagan. SHunga qaramay, Manchini tanlaydigan ahvolda emas va Mateoni Angliyaga qarshi maydonda ko'rsak kerak.

Aynan hozirgi holatdan kelib chiqsak, ustunlik Sautgeyt jamoasi tomonida. Biroq italiyaliklar himoyaviy o'yin ko'rsatishni qoyillatishlarini va shu yo'l bilan hujumdagi kamchiliklarni yopib ketishlari mumkinligini unutmaslik lozim. Inglizlar bu kecha aniq 3 ochkolik bo'lishini   takidlashga shoshilmagan maqul.


Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика