Italiya nashri SHomurodovni "o'zbek Messisi" deb atadi
20 avg 2021 19:02
Yangiliklar
Italiya nashri SHomurodovni "o'zbek Messisi" deb atadi
Italiyaning mashhur Gazzetta dello Sport nashri Eldor SHomurodovga bag'ishlangan maqola tayyorladi.
Italiyaliklar yozgi transfer oynasida "Jenoa"dan "Roma"ga ko'chib o'tgan hujumchi Eldor SHomurodovning iqtidoriga yuqori baho berishmoqda. "Bo'rilar"ning ilk uchrashuvlarida o'zbekistonlik forvard o'zining to'purarlik salohiyatini namoyish qila oldi.
Gazzetta dello Sport nashrining jurnalistlari 26 yoshli futbolchiga bag'ishlangan material elon qilishdi. Maqola "SHomurodov — o'zbek Messisi" sarlavhasi ostida chop etildi.
Eldor rimliklar tarkibida bitta rasmiy va ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Hujumchi ushbu uchrashuvlarda jami uchta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, uning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar