Italiya Kubogi reglamentiga biroz o'zgartirish kiritildi
10 iyu 2020 19:45
Yangiliklar


Italiya Kubogi reglamentiga biroz o'zgartirish kiritildi
Musobaqaning qolgan bahslarida qo'shimcha taymlar bo'lmaydi.
Mazkur qaror futbolchilarning qo'shimcha bosim va jarohatlardan saqlanishi uchun qabul qilingan. Agar uchrashuvda durang qayd etiladigan bo'lsa, g'olib nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi. SHuningdek, mehmonda urilgan gol qoidasi o'z kuchida qoladi. Futbol lotereyasi ikkala o'yin natijasi bir xil bo'lgan taqdirda o'tkaziladi.
Kubok 12 iyun kuni “Yuventus” – “Milan” o'rtasidagi yarim finalning javob bahsi (ilk o'yin – 1:1) bilan restart oladi. Ertasiga esa “Napoli” uyda “Inter”ni qabul (1:0) qiladi. Final uchrashuvi 17 iyunga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar