Italiya ketma-ket 4-marta Evroda pley-offga chiqdi. 2004 yilda jamoani kimlar guruhda qoldirib ketgandi?
17 iyu 2021 07:05
Yangiliklar


Italiya ketma-ket 4-marta Evroda pley-offga chiqdi. 2004 yilda jamoani kimlar guruhda qoldirib ketgandi?
Italiya terma jamoasi kecha SHveycariyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Skuadra adzurra" olti ochko to'plab, pley-off bosqichiga yo'l oldi. Bu orqali endi italiyaliklar ushbu musobaqada ketma-ket 4-marotaba pley-off bosqichida qatnashadilar.
Oxirgi marta Italiya Evro-2004 musobaqasida guruhda qolib ketishgandi. O'shanda jamoa 5 ochko to'plagandi. Jamoa qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga so'nggi turda o'zaro durang o'ynagan SHveciya va Daniya (2:2) terma jamoalaridan keyin uchinchi o'rinda qolgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar