Italiya FF argentinalik yana 10 futbolchini mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. Oldinroq "Boka Xuniors" tarbiyalanuvchisi fuqaroligini o'zgartirgandi
28 mar 2023 09:55
Yangiliklar
Italiya FF argentinalik yana 10 futbolchini mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. Oldinroq "Boka Xuniors" tarbiyalanuvchisi fuqaroligini o'zgartirgandi
Bu haqda “TuttoMercato” nashri “Tuttosport”ga tayanib xabar bermoqda.
Unga ko'ra, Italiya futbol federaciyasi “Tigre” forvardi Mateo Retegini mahallishtirganidan keyin yana 10 argentinalik futbolchiga o'z fuqaroligini bermoqchi. Asosiy nomzod sifatida “RB Zalcburg” xavbeki Nikolas Kapaldoning nomi tilga olinmoqda.
SHuningdek, ro'yxatdagilar ichida himoyachi Nikolas Valentini (“Boka Xuniors”), yarim himoyachilar Ignasio Puch (“Atletiko Tukuman”), Tomas Pocco (“Independente”), Jino Infantino (“Rosario Sentral”), Xuan Sforca va Xusto Jani (ikkisi – “Nyuells Old Boyz”), Janluka Prestianni (“Veles Sarsfild”), hujumchilar Pedro de la Vega (“Lanus”), Lukas Beltran (“River Pleyt”)ning nomlari bor.
Fikrlar