So’nggi yangiliklar

09:25Неймарнинг кейинги манзили аниқ?  0 08:48Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20МЛС. "Интер Майами" сафарда қийин ғалабага эришди, Месси жарима зарбасидан гол урди  11 08:15"Брест" иккинчи, "Барселона" ва "Реал Мадрид" ёнма-ён кетмоқда. EЧЛ иккинчи туридан сўнг турнир жадвали қандай ҳолатда?   6 07:40Про лига. Бугун 22-турга старт берилади  0 02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  48 00:50"Атлетико" жазоланди  6 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   4 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  2 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  16 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9

“Istiqlol” bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tanlov elon qiladi Yangiliklar

“Istiqlol” bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tanlov elon qiladi

“Istiqlol” futbol klubi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Istiqlol” bolalar va o'smirlar futbol maktabini tashkil qildi.
Futbol maktabida 2002 yildan 2008 yilgacha bo'lgan bolalar tahsil olishlari mumkin.

Ushbu maktabga bolalarni saralab olish jarayoni davom etmoqda. Farzandlarini maktabga olib kelishni istaganlar shanba va yakshanbadan tashqari, har kuni soat 08:00 da “To'qimachi” stadioniga olib borishlari mumkin. Futbol maktabiga yoshlarni saralash jarayoni bir oy davom etadi, saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan va maktabga qabul qilingan bolalar maxsus sport ekipirovkalari bilan taminlanadi. Maktab tarbiyalanuvchilari mashg'ulotlarni “To'qimachi” stadionida olib borishadi. 2002 yildan 2008 yilgacha bo'lgan bolalar o'z yosh toifalarida Toshkent shahar birinchiligida 2-bosqichdan boshlab norasmiy tarzda ishtirok etadi. Toshkent shahar birinchiligi ikkinchi bosqichi iyul oyidan boshlanadi.
 
Mashg'ulotlarni uzoq yillar davomida birinchi liga jamoalarida faoliyat olib borgan va hozirgi kunda "Istiqlol" FK bosh murabbiyi hisoblangan Kamol Jo'nashev boshchiligidagi murabbiylar olib borishadi.

Farzandini ko'rikka olib borishni xohlovchilar 086 hajmdagi tibbiy malumotnoma, tug'ilganlik haqida guvohnoma hamda sport kiyimi olib borishlari lozim bo'ladi.

Murabbiylar:
Kamol Jo'nashev – Katta murabbiy (“A” licenziyaga ega)
Axror Rustamov – Murabbiy (“S” licenziyaga ega)
Otabek Xoldorov – Darvozabonlar murabbiyi (“S” licenziyaga ega)
Farxod Sultonov – Murabbiy

Malumot uchun +99890 6343716 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика