So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Istedodni yo'q qilishning 13 usuli... (Yosh futbolchilar o'qimasin!) Yangiliklar

Istedodni yo'q qilishning 13 usuli... (Yosh futbolchilar o'qimasin!)

O'z vaqtida umidli va istedodli futbolchi bo'lib etishishi kutilgan futbolchilar nima sababdan futbolchilik faoliyatini yakunlaganlar?


Bu borada 13 xil misolni etiboringizga taqdim etamiz. Demak boshladik!



Psixodelik musiqaga qiziqish

SHveciyalik Martin Bengtsson Stokgolmdan 200 km uzoqlikdagi Erebru shaharchasida tug'ilgan. Otasi - rassom va qo'shiqchi, doimiy safarlarda yuradigan odam. Onasi esa raqs to'garagi rahbari. "Ayaks" akademiyasi haqidagi filmni tomosha qilgan Martin kuniga 5 mahal ko'chada yugurib, mashg'ulotlar o'tkazishni boshlaydi. 16 yoshidayoq SHveciya oliy ligasidagi "Erebru" jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushishni boshlaydi. Biroq, jamoa veteranlarining hazil va kamsitishlaridan bezigan futbolchi millionlar o'yinidan bezib ketadi va pank-musiqaga qiziqib qoladi.



SHu bilan birga o'sha vaqtda SHveciya o'smirlar terma jamoasi sardori hisoblangan yosh futbolchini "Ayaks", "CHelsi" va "Inter" kabi jamoalar ko'rikka taklif qilgandilar. Milandagi ilk mashg'ulotdayoq Marko Materaccini aldab o'tishga muvaffaq bo'lgan futbolchi "Inter" murabbiyi Zakkeronining maqtoviga sazovor bo'ladi. "Inter"dagi maoshiga u yangi mashina sotib oladi, garchi haydovchilik guvohnomasi bo'lmasada...

2004 yili SHveciyadagi musiqa festivalida Jim Morissi bilan tanishib qoladi. Martin "Inter" haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmagan qizaloqqa shu qadar bog'lanib qoladiki, keyinchalik u intervyularidan birida quyidagi so'zlarni aytgan: "Men gohida Roberto Badjo, gohida esa Kurt Kobeyn bo'lishni istab qolardim".

"Inter" akademiyasining bazi futbolchilari Marixuana chekkanliklari uchun jazolanishdi: "Bizni erkinlikdan mahrum qilishdi, do'konga chiqishni taqiqlashdi va hattoki kechqurun ustimizdan eshikni qulflab qo'yishdi. O'zimni huddi qamoqdagidek his qila boshladim. Ana o'sha vaqt qo'lga gitara olib musiqa chalish va sherlar yozishni boshlab yubordim. SHveciya terma jamoasining mashg'ulotlaridan qaytganimda esa farrosh kundaligim, sherlarim va suratlarimni tashlab yuborganini bildim". "Bu er juda betartib. Futbolchining xonasi bunday bo'lmasligi lozim", - degandi farrosh o'shanda.

Keyingi kuni tongda Bangtsson musiqa pleyerlarini yoqadi va vannaga kirib, tomirlarini kesib tashlaydi...

Martin bugungi kunda Berlinda yashaydi va Waldemar psixodelik guruhining qo'shiqchisi sifatida faoliyat olib boradi. Uning avtobiografiyasi asosida SHveciyada telefilm suratga olingan.

(*Psixodelik musiqa - turli giyohvand va alkogol moddalar tasirida qo'shiq kuylash)




Ichkilik

2005 yili braziliyalik chap qanot himoyachisi Sisino "San-Paulu" bilan Libertadores Kubogi g'olibiga aylanadi, klublar o'rtasidagi JCHda chempion bo'ladi. Terma jamoa bilan Konfederaciyalar kubogida g'olib chiqadi. Keyinchalik "Real", undan so'ng "Roma"ga o'tadi.



"Men kuniga bir yoki ikki stakan bilan cheklana olmayman. Odamlar menga agar shu tempda alkogol ichishni davom ettirsam o'lishim mumkinligini aytishgan.
"Roma"ning mashg'ulotidan so'ng ertangi kuni o'yin yo'qligini bilaman. SHu sabab, uyga qaytganimdan so'ng ichardim, chakardim. Menga klubga borish yoqardi. Ichkilikdan o'zimni to'xtata olmasdim. Hech qachon giyoxvand moddalar istemol qilmaganman. CHunki, doping-testlar haqida bilardim. Bo'lmasam, buni ham sinab ko'rgan bo'lardim", - deydi u.

Sisino shu yil bahorda "Sivasspor" bilan birgalikda Turkiya quyi divizioniga tushib ketdi.





Erinchoqlik, dangasalik

19 yoshida 28 million evro evaziga "Roma"ga ko'chib o'tgan Antonio Kassano 21 yoshida Italiya terma jamoasida debyut qiladi va o'sha o'yinidayoq gol kiritadi. Ikki yildan so'ng esa "Real" bilan shartnoma imzolaydi.

"So'nggi 10 yil ichida odamlar barchasiga o'zim aybdor ekanligimni aytishdi. Muammo shundaki, haqiqatdan ham bunga o'zim aybdorman. Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlamasdim. Faqatgina so'nggi yillarda men muammo murabbiyda emas, o'zimda ekanligini tushunib etdim. Agar bizga qattiqqo'l murabbiy kelsa, doim norozilik bildirardim. Men o'z potencialimdan foydalana olmadim. Lekin, buni juda kech tushundim", - degandi u o'z intervyularidan birida.



Kassano o'tgan mavsumda A Seriyada "Sampdoriya" safida ikkita gol kirita oldi.





Jamoa tanlay bilmaslik...

2003 yili Argentinalik hujumchi Roberto Nanni mamlakat chempionatida "Veles Sarsfild" safida 18 ta o'yinda 15 ta gol kiritib, chempionat to'purarlaridan biri bo'ladi va 5 million dollar evaziga "Dinamo Kiev" safiga borib qo'shiladi.



Kievliklar futbolchini chempionat uchun ro'yxatdan o'tkazishga ulgurmaydilar. SHu sababli, u dastlabki yarim yil davomida o'rinbosarlar safida o'ynagan. U o'shanda 18 ta o'yinda 17 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgandi. Transferdan bir yil vaqt o'tibgina, u Ukraina chempionatida zaxiradan maydonga tushadi va 8 daqiqadan so'ng jamoasining g'alaba to'pini kiritadi. Biroq, shundan so'ng ham u "Dinamo" asosiy tarkibida boshqa maydonga tushmadi. Oradan bir necha hafta o'tib, Nanni Ispaniyaning "Almeriya" jamoasiga ijaraga beriladi. "Afsuski, argentinalik hujumchi jamoamizga moslashib keta olmadi", - deyilgandi o'shanda "Dinamo" rasmiy saytida.

Bu yil Nanni Kolumbiya ikkinchi divizionida 5 ta o'yinda 1 ta gol kirita oldi.





Ruhiy tushkunlikka tushib qolish...

Braziliyalik hujumchi - Adriano! 2001 yilgi Konfederaciyalar kubogining ikkinchi raqamli to'purari, Amerika Kubogi - 2004 ning eng zo'r futbolchisi bo'lgan Adriano 13 million evro evaziga "Inter"ga o'tgan.

"Adrianoni doimo nazorat qiladigan inson - otasi bo'lgan. Lekin, fojea yuz berdi: Unga telefonda otasi vafot etganligini malum qilishdi. U telefon trubkasini qo'yib yig'ladi, baqirib yig'lay boshladi...", - degandi Xaver Zanetti o'z intervyularidan birida.



Biz prezident Moratti bilan birga uni qo'llab-quvvatlardik, doimo yonida bo'lishga harakat qilardik. Ivan Kordoba bilan birga esa unga Ibragimovich va Ronaldo darajasiga yaqinlashib borayotganligini, agar ozgina harakat qilsa ulardan ham o'tib ketishi mumkinligini tushuntirardik. Biroq, Adrianoni ruhiy tushkunlikdan olib chiqish bizning qo'limizdan kelmadi" - degandi u.

Futbolchining o'zi esa: "Menda depressiya bo'lgan. Robert Enke qilgan ishni - o'z jonimga qasd qilish istagi menda ham paydo bo'lgan. Deyarli barcha mashg'ulotlarga ichgan holda bora boshladim", deb eslab o'tadi.

Bu yil yana futbol qaytgan Adriano AQSH to'rtinchi divizionidagi "Mayami" jamoasida o'ynay boshladi.



Qiyomatni kutish

Argentinalik Karlos Roa Ispaniyada 1996/97 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. "Malorka" bilan Kubok egalari kubogi finaligacha etib borgan, terma jamoasi bilan JCH chorak finalida ishtirok etgan. Hattoki, Aleks Fergyuson uni Petr SHmeyxelning o'rniga "Manchester Yunayted"ga taklif qilmoqchi bo'lgan...



30 yoshga to'lganidan so'ng oilasini olib tog'u-toshlarga ravona bo'lgan Karlos 2000 yili bo'lishi lozim bo'lgan Apokalipsisga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Bir yilni diniy kitoblar o'qish bilan o'tkazgan Roa barchasini tushunib etadi va "Malorka"ga qaytadi. Lekin, uning o'rnida boshqa darvozabon paydo bo'lgandi. 2004 yilda unga saraton hastaligi tashhisi qo'yilgan. Ushbu kasallikni engib o'tishga muvaffaq bo'lgan sobiq posbon ayni paytda Meksikaning "Gvadelaxara" jamoasida Matias Almeydaga darvozabonlar murabbiyi sifatida yordam bermoqda.


Ayollarga o'ralashib qolish

Gollandiyalik futbolchi Endi van der Meyde "Ayaks" bilan ECHL chorak finaligacha chiqqan, "Inter" safida o'ynagan va "Everton" tomonidan yaxshigina summaga sotib olingan.



Liverpulda qilgan birinchi ishi yangi Ferrari sotib olish bo'ldi. Buning sharafiga "Nyus Bar"ga tashrif buyurgan futbolchi anavindan ozgina ichib olganidan so'ng, ko'ngli ayollarni tusab qoladi. U erda Liza bilan tanishgan Endi qizcha bilan uchrasha boshlaydi. Lizaning tug'ilgan kunida esa ikki bokal pivo ichgan futbolchi xushidan ketib qoladi. Kasalxonada o'ziga kelgan futbolchi unga Lizaning do'stlari pivoga giyoxvand moddalar qo'shib berishganini bilib qoladi.

30 yoshida futbol bilan xayrlashgan futbolchi ayni paytda kikbokschi bo'lishni istab qolgan.



Keragidan ortiq "kachka"ga berilib ketish

2002 yilgi MDH kubogi arafasida "Spartak" Dmitriy Sichyovni 3000 ming dollar evaziga o'z safiga qo'shib oladi. Ertasiga "Pyunik"ka qarshi o'yinda gol kiritgan futbolchi o'sha mavsumda Rossiya chempionatining birinchi davrasida 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ladi. Bir yil "Marsel"da o'ynab qaytgan futbolchi faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettirib, Rossiya chempioniga aylanadi va yilning eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritadi.



"Sichyovga tizzasidagi jarohat halal berdi. U davolandi va tosh bilan ishlashga juda qiziqib ketdi. Buning oqibatida u mushaklarini jarohatlab oldi", - degandi o'sha vaqtda murabbiy Yuriy Syomin.

O'tgan mavsumni Qozog'istonning "Okjetpes" safsida o'tkazib, 3 ta gol kiritgan futbolchi iyun oyida Malayziya ikkinchi divizioni jamoasida ko'rikda bo'lib qaytdi.


"Stavka"lar qo'yishga mukkasidan ketish

2000/01 yilgi mavsumda angliyalik hujumchi Maykl CHopra "Nyukasl"ning yoshlar jamoasida 28 ta gol kiritgan, keyinchalik Angliya yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushgan.

"Nyukasl"da o'ynashni boshlaganimda 17 yoshda edim. O'shandayoq tavakkal qiladigan qimor o'yinlariga berilib ketayotganimni sezgandim. Avtobusda jamoadoshlar bilan birgalikda 30 ming funtgacha bahs boylashardik.



Vaziyat shu darajaga etib bordiki, men kechasi soat 3 da turib, Janubiy Amerikadagi o'yinlarga pul tikishga o'rganib qolgandim. "Ipsvich"da o'ynagan vaqtimda bular natijasida 250 ming qarz bo'lib qoldim. Qarzimni uzishda menga klub yordamlashdi. Keyinchalik esa, ota-onam uylarini sotishlariga to'g'ri keldi", - deydi futbolchi.

SHu yilning mart oyida SHotlandiyaning "Alloa Atletik" klubi 8 ta o'yinda 1 ta gol kiritgan CHopra bilan shartnomani bekor qildi.



Pasportni qalbakilashtirish

2001 yili A Seriya kashfiyotlaridan biri bo'lgan 22 yoshli Eriberto yozda "Kevo"dan "Lacio"ga o'tishi kerak bo'ladi.



2002 yilning yozida Eriberto o'zining haqiqiy ismi Lusiano ekanligini, yoshi esa 4 yosh kichraytirilganini tan oladi.

SHu tariqa uning "Lacio"ga transferi amalga oshmaydi. Lusiano diskvalifikaciya sababli yarim yil futbol o'ynay olmaydi. 2013 yili Italiyaning to'rtinchi divizionida faoliyatini yakunlaydi.



Doping istemol qilish

1996 yilgi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati yarim finali oldidan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi CHezare Maldini oldida tanlov turgandi: darvozaga Janluiji Buffonni yoki Anjelo Pagottoni qo'yish... Maldini Pagottoni tanladi va u penaltilar seriyasida ikkita zarbani qaytarib Italiya bilan Evropa chempioni bo'ladi va "Milan"ga ko'chib o'tadi.




1999 yilning noyabrida darvozabonning organizmidan doping topiladi u 1,5 yilga futboldan chetlatiladi. Bu orada u "Triestina" safida o'z omadini sinab ko'rishga harakat qiladi. Oradan 6 yil o'tib esa u yana doping mojarosiga aralashib qoladi va shu tariqa umrbod futboldan chetlatiladi.



Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish

Janubiy Koreyalik Li Gen Xvan "Suvon Blvingz" safida o'ynagan. 2011 yilning iyulida mamlakat prokuraturasi mamlakat futbol ligasida 20 ga yaqin kelishilgan o'yinlar bo'lib o'tganini aniqlaydi. Avgust oyida 16 nafar futbolchi qamoq jazosiga hukm qilinadi. Yana 8 nafari - (ular orasida Li Gen Xvan ham bor) 7 million von jarimaga tortilganlar va umrbod futboldan chetlatilganlar. 300 soatlik tarbiyaviy ishlardan so'ng 24 yoshli Li Gen Xvan do'stlariga Janubiy Koreya qurolli kuchlari safiga kirish niyati borligini malum qilgan.



2012 yilning aprelida esa u Incheondagi yuqori qavatli binodan sakragan va kasalxonaga etib bormasdan joni uzilgan.



Voyaga etmaganlar bilan munosabatda bo'lish

Angliyalik futbolchi Adam Jonsonni yarim yil avval 15 yoshlik muxlisa bilan munosabatlarda bo'lgani malum bo'ldi. Mart oyida uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi.


May oyida maxbuslardan biri bilan janjallashgan Adam farroshlikdan sartaroshlik lavozimiga o'tkaziladi. Bugungi kunda uning qamoqxonadagi maoshi haftasiga 20 funtni tashkil qiladi.


Sports.ru saytidan Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика