So’nggi yangiliklar

12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  4 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  1 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  9 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  15 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  5 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Гёкерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1

Isroil Madrimov bilan bir hafta: ESPN o'zbek bokschisi haqida katta maqola tayyorladi Yangiliklar

Isroil Madrimov bilan bir hafta: ESPN o'zbek bokschisi haqida katta maqola tayyorladi

Teglar :  BoksIsroil Madrimov
Jahonga mashhur ESPN sport nashri rasmiy sayti o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov haqida katta maqola tayyorladi.

Unda bokschimizning haftalik kun tartibi va jangga tayyorgarlik jarayoni haqida hikoya qilinadi. Qayd etish lozimki, translyaciya masalasida raqobatchi kompaniya - DAZN janglarida ishtirok etuvchi bokschi haqida bunday maqolalar ESPN tomonidan har doim ham yozilavermaydi. O'zbek boksi muxlislari uchun qiziqarli bo'lishini inobatga olgan holda, O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu maqolaning o'zbek tilidagi ko'rinishini etiboringizga havola qiladi. Demak, boshladik. 

Frisko, Texas shtati. 29 fevral kuni "The Ford Center at the Star" arenasida Mayki Garsiya va Jessi Vargas o'rtasidagi jang o'tkazildi. Ushbu jang oqshomi doirasida 25 yoshli o'zbekistonlik prospekt Isroil Madrimov WBA kamari uchun eleminator jang o'tkazishi va unda CHarli Navarro bilan bahslashishi lozim edi. 

Madrimov jahon boksining kelajagi porloq prospektlaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Uni o'z vaqtida Timoti Bredli-kichik, Lukas Mattiss, Ruslan Provodnikov kabi bokschilarni tarbiyalagan Joel Diaz shug'ullantirmoqda. Diaz Madrimovni faoliyati davomida uchratgan eng zo'r tug'ma istedod sohibi deb ataydi. 

O'zbekistonlik Madrimov Navarroga qarshi jangga 4-0 rekordi bilan etib keladi (4 ta g'alaba, 0 mag'lubiyat - izoh). Ushbu jangdagi g'alaba Madrimovni IBF va WBA kamarlari sohibi Jeyson Rosario, shuningdek WBA Regular kamari sohibi Erislandi Laraga qarshi bo'ladigan chempionlik jangiga yaqinlashtirardi. 

Jang haftasi davomida ESPN bokschining tayyorgarlik jarayoni, hususan jamoaviy ovqatlanish, kechki mashg'ulotlar, vazn o'lchash va "Ford Center"dagi jangi kuzatib borildi. 


CHorshanba

15:27

Jangga bag'ishlangan media-tadbir. Madrimov chapdan ikkinchida. U o'zining ajoyib kostyumi sabab "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirndan iliq so'zlarni qabul qilib olmoqda. 




18:59

Diaz va Madrimov mashg'ulot o'tkazish uchun fitnes-markazda uchrashishdi. Bu safar vazn haydashda Madrimov u qadar qattiq ishlagani yo'q. Diazning aytishicha, bokschi ushbu haftaga kelib o'zining o'rta vazniga tushib olgan. Ushbu kechki mashg'ulotlar formani ushlab turish va tanada yig'ilgan suv massasini tushirishga mo'ljallangandi. 

Diaz Madrimovning Cybex mashinasida o'tirganida Madrimovning qo'lini ushlab olgan. Bokschining menejerlaridan biri Alik Frolov esa bu vaqtda yugurish yo'lakchasida shug'ullanardi. 




Isroil Madrimovning kuch va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Ben Ernandes unga yordam bermoqda. 


19:47

25 daqiqalik mashg'ulotdan so'ng Madrimov Diaz bilan ishlash uchun o'z qo'lqoplarini kiymoqda. Murabbiy unga jang vaqtida qay tarzda nafas olish lozimligini tushuntirmoqda. 

"Navarro uzun, u asosan chap tomondan harakatlanadi", - deydi Diaz. Ular malum kombinaciyani takror va takror ishlashardi. 

Madrimov ishlayotganida Diaz bokschini Gennadiy Golovkin va Vasiliy Lomachenkoga qiyosladi. Uning aytishicha, Madrimov...



Qiziqarli maqolaning to'liq qismini quyidagi sahifada o'qing > > > Isroil Madrimov bilan bir hafta: ESPN o'zbek bokschisi haqida katta maqola tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика