So’nggi yangiliklar

14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  1 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  4 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  39 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  25

"Ispaniyalik Messi", "Motocikl", "Spagetti", "Tank": "Milan" o'yinchilarining taxalluslarini bilasizmi? Yangiliklar

"Ispaniyalik Messi", "Motocikl", "Spagetti", "Tank": "Milan" o'yinchilarining taxalluslarini bilasizmi?

Yaqin o'tmishda "Milan"da ko'pgina ajoyib futbolchilar to'p tepgan.

Ularning bazilariga yo tanqid qilib, yoki muhabbat tufayli muxlislar va jurnalistlar tomonidan turli taxalluslar qo'yilgan. Masalan, "rossoneri"ning afsonaviy sobiq sardori Janni Riverani deyarli butun faoliyati davomida "Tilla bolakay" deb chaqirishgan. Andrea Pirlo — "Maestro", Jennaro Gattuzo — "Rino" yoki "Karkidon", Klarens Zeedorf esa — "Professor". Ammo Milan klubining hozirgi o'yinchilarini qanday chaqirishadi va bunga sabab nima? Keling bugun shu haqida gaplashamiz.


Janluijji Donnarumma — "Jijjo", "Dollarumma"

Muxlislar Donnarummaga taxallus topishda fantaziyaga berilmadilar va uni shunchaki "Jijjo" deb atay boshladilar. Bu Janluijji ismining qisqartirilgan shakli, u "Milan"da debyut qilganida 16 yoshda bo'lgandi.

Golkiperga ikkinchi taxallusni tanlash borasida esa muxlislar ishga kreativ yondashdilar, italyanning klichkasi "Dollarumma" bo'ldi. Bunga sabab u uzoq vaqt mobaynida shartnoma muddatini uzaytishni rad etgan, ammo 2017 yil yozida agenti Mino Rayola orqali maoshi sezilarli darajada oshishiga erishdi va yangi bitim imzolandi. O'shanda "rossoneri" muxlislari Italiya yoshlar termasining (o'sha paytlar Jijji o'sha erda o'ynardi) bir bahsiga atayin borishgan va tribunadan soxta dollar kupyuralarini u tomonga qarab otishgan. Bu laqab yosh kiperni hamon taqib qilmoqda.


Teo Ernandes – "Motocikl"

Teo Ernandes ispanlarning "Marca" gazetasidan, "Real Sosedad"da to'p tepishidan avvalroq "Motocikl" taxallusini olgan. Ehtimol bunga uning juda tezkorligi va epchilligi sabab bo'lgandir?!

U italyanchada "Il Motorino" deyiladi. Futbolchi o'tgan yil yozida "Milan"ga o'tganida Apennin yarim orolida uni ilk marotaba "La Gazzetta dello Sport" nashri shunday laqab bilan yozdi. "GdS" maqolalarida haligacha bu nomga ko'zingiz tushishi mumkin. Biroq bu taxallus muxlislar orasida unchalik ommalashmadi — fanatlar uni oddiygina Teo deb chaqirishni maqul ko'rishdi.


Simon Ker – "Viking"

Simon Ker Franciyaning "Lill" klubida to'p tepishidan avvalroq aniq sabablarga ko'ra "Viking" laqabini olgandi.

Bu taxallusni bugungi kunda italyan nashrlarida ham uchratish mumkin. Ha, aytgancha, "Milan"ning apenninlik muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Simonni jangovor xususiyatlari uchun ham bazida shunday atashadi.


Mateo Musakko – "Qo'pol"

Musakko "Vilyarreal"dagi agressiv o'yin uslubi tufayli ispan ommaviy axborot vositalaridan "qo'pol" laqabini olgan. Avval uni Italiyada hech ham bunday chaqirishmagan. Bundan tashqari, Mateo "Milan"ga o'tganidan so'ng hech qanday "titul" olmadi.

Etiborlisi, "rossoneri" sobiq murabbiyi Jennaro Gattuzo mashg'ulotlarda Musakkoni "hayvon" deb chaqirgan. Nega ekani chunarsiz. Ammo bir narsani takidlash lozimki, bu so'z italyan tilida haqoratli manoni anglatmaydi. SHu sababli, tarjimada "yirtqich" so'zini ishlatsak, maqsadga muvofiq bo'lsa kerak.


Ismael Bennaser – "SHayx"

Ijtimoiy tarmoqlarda Ismael Bennaserni hech ham "shayx" deb chaqirishganiga ko'zimiz tushmaydi. Ehtimol uzoq vaqtdan beri "Milan"ga muxlislik qiladigan va "rossoneri" o'yinchilariga turli laqablar topadigan jurnalist Karlo Pelegattining xizmati kattadir?!

Hozirda Bennaserning "SHayx" laqabi mashhur emas, balki qachonlardir tanilar...


Frank Kesse – "Tank", "Prezident"

Frank Kesse italiyalik muxlislar tomonidan o'zining ajoyib jismoniy kuchi va yakkakurashda engilmasligi tufayli "Tank" taxallusini olgan. Milan klubi yarim himoyachisi o'zinin jismoniy kuchi tufayli har qanday raqibga qarshi chiqib, tinimsiz harakat qila oladi.

Frankning jamoadoshlari uni "Prezident" deb chaqirishadi. Kesse bunga shunday izoh beradi: "Nega klubdoshlarim meni "Prezident" deb chaqirishadi? Bunga sabab: Frank — kiyinish xonasi prezidenti va mezboni".

Rus versiyadagi materiallarda uni kinoyali ravishda "Senator" deb ham yozishadi.


Xakan CHalxanoglu – "Kabob", "Jarimalar qiroli"

Xakan CHalxanogluni "Milan"da "Kabob" deb chaqirishlariga sabab uning kelib chiqishi turkiyalik ekanligidir. Qo'shimchasiga, yaqin vaqtlargacha futbolchining o'yini qovushmayotgani ham bunday laqabga turtki bo'lgan. Italyan forumlarida muxlislar bugungi kunda ham yarim himoyachini shunday nomlashadi. Bu "tamg'a"dan qutilish uchun Xakan ancha ter to'kishi kerak.

To'g'ri, uni "turkiyalik Ruy Koshta" deb istehzoli chaqirishlariga ham ko'zingiz tushishi mumkin. Aftidan, bunga CHalxanogluning yaqinda Instagram sahifasiga qo'ygan surati sabab bo'lgan. Unda turkiyalik futbolchi o'zini Ruy Koshtaning o'rniga qo'yib qo'ygandi.

Italiya OAV uni shunchaki "CHalxa" deb ataydi. Germaniyada esa "jarimalar qiroli" keng tarqalgan (sababini esa o'zingiz yaxshi bilasiz).


Aleksis Salemakers – "Salat meyker", "Salamandra".

Belgiyalik yarim himoyachini yuqoridagi taxalluslar bilan chaqirishlariga sabab bevosita uning familiyasi bilan bog'liq, aniqrog'i uni yozish va talaffuz qilish qiyin. Ammo belgiyalik "Milan"da to'p tepishni boshlagandanoq familiyasi buzib ko'rsatilmadi: "Salad maker" (so'zma-so'z: salat tayyorlovchi), "Salamandra", "Salam aleykum".

Salemaker bunga hazil bilan qaraydi: "Muxlislar familiyamni mazax qilishlari kulgili tuyuladi. Hammasidan ko'proq "Salamandra" nomi menga yoqadi".


Samuel Kastilexo – "Spagetti"

Kastilexoning ijtimoiy tarmoqlarda ham, OAVda ham laqabi yo'q. Ammo bazida uni "Spagetti" deb atashganiga ko'zingiz tushishi mumkin, bunga uning oyoqlari ingichkaligi sabab bo'lgan. Uni asosan Sam yoki Sem deb chaqirishadi.


Braim Dias – "Ispaniyalik Messi", "Malagalik Messi"

Ochig'i, Braim Diasning "o'z taxallusi" yo'q. Ispaniyada uni "Barselona" forvardi Lionel Messiga taqqoslab, "Ispaniyalik Messi" yoki "Malagalik Messi" deya atashgan (Braim Malaga shahrida tug'ilgan).

Dias Italiyaga o'tganidan keyin uni yana bir o'yinchi — "Atalanta"ning argentinalik forvardi Alexandro Gomes bilan solishtira boshlashdi.


Rafael Leau – "Qora pantera"

O'tgan yozda Rafael Leau "Milan" safiga o'tganidan keyin uni "qora pantera" deb chaqirishni boshlashdi. Bunga qadar esa OAVda portugaliyalikning boshqa biror laqab bilan chaqirilganiga ko'zingiz tushmaydi.

Ehtimol, Leau qachonlardir dunyo miqyosidagi o'yinchiga aylansa, boshqa biror taxallus topishar, lekin hozircha...


Ante Rebich – "Killer"

Yaqin vaqtlargacha ham Ante Rebichning biror laqabi yo'q edi. Qolaversa, hozirgi "Killer" taxallusidan ham muntazam ravishda foydalanib bo'lmaydi. Rebich o'tgan mavsum mamlakat kubogi doirasidagi bellashuvda "Yuventus" himoyachisi Daniloni "uxlatib qo'yganidan" keyin shu laqabni olgan.


Zlatan Ibragimovich – "Qirol", "Akula" va hokazo

Zlatanga kelsak, unga hech kim laqab topmagan, asosan uning o'zi taxallus topadi. Masalan: "Qirol", "SHer" "Akula", "tengsiz" va boshqalar. Ular orasiga yaqinda yana biri qo'shildi — "Benjamin Batton". OAVdagi qayd etilgan nomlardan "Ibra-kadabra" ko'pchilikning yodida qolgan.

Zlatan bu haqida shunday degan: "Raqiblarimni qo'rqitish uchun menga taxallus kerakmas — ular o'yinlarimni ko'rishining o'zi etarli".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика